2. Amaliy mashg’ulot. Matematika va tarbiya o’qitishda innovatsiyadan foydalanish
Tarbiya fanini o’qitishda innovatsion yondashuv
Download 45.22 Kb.
|
2 amaliy (2)
Tarbiya fanini o’qitishda innovatsion yondashuv.
Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ―Tarbiya‖ fanini yaratish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilishi ham ana shu hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, ―Milliy gʻoya‖, ―Odobnoma‖, ―Dinlar tarixi‖, ―Vatan tuygʻusi‖ kabi fanlarni birlashtirgan holda, ―Tarbiya‖ fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda ―Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ―Tarbiya‖ fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti. Maʼlumki, tarbiya oʻz mohiyat-eʼtibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida butun ijobiy, oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Zero, Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek, ―Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan ―Turkiy Guliston‖ yoxud ―axloq‖ asari sharqona tarbiyaning noyob qoʻllanmasi sifatida bugungi kunda ham oʻzining qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas. Biz ―Tarbiya‖ fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur‖. 4 Demak anglashiladiki, biz ―Tarbiya‖ fanini yaratishda uzoq-yaqin oʻtmishimizda yashab oʻtgan ulugʻ zotlar merosidan, qolaversa, umuminsoniy qadriyatlardan unumli foydalanishimiz kerak boʻladi. Ana shular asosida yaratilgan yangi fan farzandlarimiz tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz. Barkamol avlodni tarbiyalash orqali esa oldimizga qoʻygan ulkan maqsadga erishamiz — mamlakatimizda uchinchi uygʻonish koʻz ochadi. Darhaqiqat, hamma zamonlarda yoshlarning taʼlim-tarbiyasi dolzarb masala boʻlib kelgan. Bugun bizning davrimizda ham yoshlarimizga nihoyatda yuksak eʼtibor bilan qaralmoqda. Hukumatimiz tomonidan yoshlarimizga oʻqish va mehnat qilish borasida hamma shart-sharoitlar muhayo qilingan. Endigi vazifamiz mana shu gʻamxoʻrliklarga munosib saʼy-harakatda boʻlishdir. Download 45.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling