2. Amaliy mashg’ulot. Matematika va tarbiya o’qitishda innovatsiyadan foydalanish
TARBIYA FANINI O’QITISHDA YANGICHA YONDASHUVLAR
Download 45.22 Kb.
|
2 amaliy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik oʻqituvchi
- TARBIYA DARSLARIDA FOYDALANISH TAVSIYA ETILADIGAN METODLAR 3-sinf. Tarbiya fani dasturidan o’rin olgan ―Serquyosh hur o’lka‖ mavzusini o’qitishda “ Beshinchisi ortiqcha ”
- Eng yaxshi muxbir” metodi.
TARBIYA FANINI O’QITISHDA YANGICHA YONDASHUVLAR. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi ―Ma‘naviy ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g‘risidagi PQ-3160-sonli qarorida ta‘kidlanganidek, ―Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko’payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. 2019-yil 29-apreldagi ―O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g‘risida‖gi PF – 5712-son Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 23- avgust kuni o’tkazilgan videoselektorda ―Maktab ta‘limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur‖ mavzusida so’zlagan nutqi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g‘risida‖gi VM – 1059-son hamda 2020-yil 6-iyuldagi ―Umumiy o’rta ta‘lim muassasalarida ―Tarbiya‖ fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g‘risida‖gi VM–422-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo’lib, u zamonaviy talablar asosida Tarbiya 5 fani o’qituvchilari dars jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi. Tarbiya fanini o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o’qitishning metod va usullari, natijalari) o’rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon bo’ladi: ta‘lim tizimi maqsadi, ta‘lim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o’qitishning mazmuniga, g‘oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo’lishiga bog‘liq bo’lganidek, o’quvchilarning tarbiya fanini o’zlashtirish darajasi ham o’z navbatida o’qitishning o’rganiladigan mavzuning maqsadi, ta‘lim-tarbiya vazifalari, mazmuniga mos keladigan ta‘lim shakllari, o’qitish metod va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog‘liqdir. Shuningdek, o’qitishni natijalari o’qituvchining o’qitishdan ko’zlagan maqsadi, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va usullardan ilmiy asosda foydalana bilishiga bog‘liqdir. Tarbiya fanini o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari o’rtasidagi bu o’zaro dialektik bog‘lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta‘sir ko’rsatib boradi. Tarbiya fanini o’qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e‘tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. Tarbiya fanini o’qitish deganda, o’quv material vositasida o’quvchilarga bilim berish, ularni milliylik va zamonaviylik ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo’lgan jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy (ichki) hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Tarbiya fanining mazmuni deganda, tarbiya dasturida belgilab berilgan bilimlar ko’lami, o’quv materiali, uning mazmuni, o’quvchilarning o’quv materiallarni o’zlashtirishi natijasida olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o’quv usullari, ko’nikma va malakalari tizimi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining shakllarini egallashni ko’zda tutadi. 6 Tarbiya fanini o’qitishni tashkil qilish deganda, tarbiya fanini o’qitish va o’quvchilarni uni o’rganishni tashkil etish, ularning o’rganish faoliyatini o’qituvchi tomonidan boshqarilishiga yordam beradigan metod va metodik usullar, o’quvchilardagi mavjud bilimlari ishga solish, ularni ijodiy bilishga yo’naltiradigan topshiriqlar tizimini hamda ta‘limning turli xil ko’rinishlari (dars, seminar mashg’ulotlari va boshqalar) tushuniladi. O’qitishning natijalari deganda, tarbiya fanini o’qitishning maqsad va vazifalarini, mazmunini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilishi – o’quvchilarning tarbiya fani asoslarini, o’quv materialga mos samarali metod va usullarni bilishlari va bilimlardan foydalana olish malakalarini puxta o’zlashtirishlari, shu asosda o’quvchilarning tafakkurini, tasavvuri va nutqini, maxsus va umumiy qobiliyatlarini o’stirish ko’zda tutiladi. Shunday qilib, ta‘lim tizimida tarbiya ta‘limi jarayonining yuqoridagi umumiy qonuniyatlari quyidagi ob‘ektiv va qat‘iy takrorlanadigan aloqalarda namoyon bo’ladi: o’qitishning maqsadi uning mazmuni bilan belgilanadi; maqsad va mazmuniga mos keladigan o’qitish metodi va usullari tanlanadi; o’qitishning samarasi esa o’qitishda erishilgan ijobiy natijalar bilan tekshiriladi, ya‘ni bilimlarning sifati, o’quvchilarning kamol topish darajasi bilan o’lchanadi. Ta‘limni muayyan pedagogik maqsadga yo’naltirmoq uchun o’qituvchi ta‘lim tizimida tarbiya fanini o’qitishning maqsadini, uning asosini tashkil qilgan ta‘lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishi kerak. Biroq, tarbiya fanini o’qitish oldida turgan umumiy maqsad bilan ta‘lim-tarbiya vazifalarini bilib olishning o’zi kifoya qilmaydi. Shu bilan birga, umumiy vazifalarni amalga oshirishda har bir sinfda o’qitiladgan tarbiya fanining o’rni, vazifalari, o’z navbatida mazkur kursni o’qitishning ta‘lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishda uning har bir bo’limi, bo’limdagi mavzular, hatto har bir darsda o’tiladigan mavzuning ham juz‘iy vazifalari oldindan belgilab olinishi kerak. Chunki, har bir tarbiya darsining butun tarbiya kursining umumiy darslar tizimida tutgan o’rni bor, bu darsda tarbiya fanini o’qitish oldiga qo’yilgan umumiy vazifaning qandaydir elementi yoki bo’lagi hal etiladi. 7 Tarbiya fanini o’qitish maqsadlarini belgilashda, avvalo ta‘lim va tarbiyaning uzviy birligini, o’qitish davomida o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy saviyasi muttasil o’sib borishini, jamiyatni anglashi, ularda ko’nikma va malakalar hosil qilishni hamda ijodiy faoliyatga tayyorlanishlarini nazarda tutmoq kerak. Ta‘limdan kuzatilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshmog’i uchun, ular ilmiy asosda belgilanganligi lozim. Bu maqsadlar tarbiya ta‘limining mazmuni va vazifalari bilan belgilanadi. Shuningdek, bunda ta‘limning boshqa shart-sharoitlari: o’quvchilarning saviyasi, bilimi, ko’nikma va malakalari; dars uchun ajratilgan vaqt, darsni o’tish imkoniyatlari va boshqalar ham nazarda tutiladi. Ta‘lim maqsadlarining ilmiy asosda belgilanishi ularning realligini ta‘minlaydi. Ta‘limdan ko’zlangan maqsadlarni o’qituvchi qanchalik chuqur anglab olgan bo’lsa, tarbiya fanini o’qitish mazmunan shunchalik g’oyaviy va tarbiyaviy natija beradi. Binobarin, tarbiya DTS asosida o’quvchilarga o’rgatiladigan tarbiya ta‘limidan ko’zda tutilgan maqsad, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalar oldindan aniq belgilanishi o’quvchilar bilimining rivojlanib, chuqurlashib borishiga, voqealarning mohiyatini puxta tushunib olishlariga yordam beradi, zarur ko’nikma va malakalarni yuzaga keltiradi, o’quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini o’stiradi. Tarbiya fanini o’qitishning samarali bo’lishida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish muhim rol o’ynaydi. Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilish faoliyatining faol bo’lishligi juda ko’p millarga, avvalo, mashg’ulot mazmunining g’oyaviy va ilmiy-nazariy jihatdan yuqori saviyada bo’lishiga, o’qituvchining eng muhim jonli va ishonarli tarzda ochib bera olishiga va bu voqealarni chuqurroq o’rganib olishning muhimligini o’quvchilarning tushunib olishi hamda ularda o’rganishga ishtiyoq uyg’otishga bog’liqdir. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilarni mashg’ulot mazmunini o’zlashtirib borishi ustidan qilgan nazorati, o’quvchilar o’rganishini boshqara bilishi, shunigdek, ularning yangi bilimlarini o’zlashtirish uchun o’zlaridagi mavjud bilim va malakalardan foydalana bilishi, 8 ya‘ni o’zlashtirilgan bilim va egallangan malakalarini aktuallashtirilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Tarbiya fani mazmunan juda boy va xilma-xildir. Tarbiya fanini o’qitish va o’quvchilarning o’rganish faoliyati orqali ularning ongiga, tarbiyasi va tafakkuriga ta‘sir ko’rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi. Demak, mashg’ulotning mazmuni ta‘lim tizimida tarbiya fanini o’qitishning sifati va samaradorligini oshirish hamda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishning ham asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun, o’qituvchi bilish faoliyatini faollashtirishga ijobiy ta‘sir etuvchi va umuman o’qitishning samaradorligini ta‘minlovchi metodik usul va vositalarni tanlashda ham o’rganilayotgan tarixiy materialning mazmunini nazarda tutmog’i lozim. Innovatsion faoliyat – pedagogning oʻz kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta‘limdagi innovatsiyalar va innovatsion faoliyat haqida barqaror, hammaga ma‘qul boʻlgan ilmiy tasavvurlar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma‘qul boʻlgan ilmiy tasavvurlar tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e‘tirof etish lozim. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda oʻqituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, oʻzgartirishlar kiritish boʻlib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta‘lim jarayonida qatnashayotgan har bir oʻquvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish oʻquvchi uchun qiziqarli mashgʻulotga aylanadi. Interfaol usullar qoʻllanilganda oʻquvchilar oʻqituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash koʻnikma va malakalariga ega boʻladilar. Oʻquvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar oʻtkazish asosida oʻzlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta‘lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga boʻlingan holda ishlaydilar. Oʻquv topshiriqlari alohida bir oʻquvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a‘zolariga beriladi. Oʻqitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda 9 darsning xilma xil noan‘anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar oʻquvchining ijodiy qobiliyatini oʻstirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va toʻla qabul qila olish koʻnikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash oʻquvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uygʻotadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, koʻnikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, oʻzlashtirish sifati oshadi. Buning uchun oʻqituvchi mahoratli boʻlishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni toʻgʻri rejalashtirishi, mashgʻulot davomida barcha oʻquvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmogʻi lozim. Zero, oʻqituvchi ta‘lim islohotining bosh ijrochisidir. Bunda har bir oʻqituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot toʻplamini oʻzlashtirish, qayta ishlash va amalda qoʻllay olishga oʻrgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda oʻqituvchiga oʻqitishning an‘anaviy usullari bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan kompyuterlardan foydalanish yordam beradi. Pedagogik innovatsiya bu pedagogik faoliyatdagi yangilik, oʻqitish va tarbiya mazmuni va texnologiyasidagi oʻzgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Innovatsiya - innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion jarayon uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: gʻoyani yaratish (ma'lum bir holatda, ilmiy kashfiyot), amaliy jihatlarda gʻoyalarni rivojlantirish va yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish. Pedagogik innovatsiyalar samaradorligining oʻlchovi sifatida optimallik oʻqituvchi va oʻquvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat sarflashlarini taqozo etadi. Turli oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻzlarining shaxsiy pedagogik hamda oʻquv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka erishadilar. Xuddi mana shuning oʻzi pedagogik innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik oʻqituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon boʻladi. Oʻlchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd 10 etilganligi oʻqitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon boʻladi. Innovatsiya jarayoni rivojlanish bosqichlarining yana bir oʻziga xos xususiyati mavjud. Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qoʻllash alohida oʻqituvchilar ish faoliyatining boshlangʻich bosqichida namoyon boʻladi. Mazkur innovatsiyalar tajribasi sinovdan oʻtkazilib, ob‘ektiv baholangandan soʻng ommaviy tarzda qoʻllash uchun taqdim etiladi. Keng ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda oʻqituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish oʻqituvchining pedagogik ijodning rang-barang shakllarini oʻzlashtirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni takrorlash shaklidan boshlab, ilmiy pedagogik jamoatchilikka ma‟lum boʻlgan gʻoyalar, konsepsiyalar, texnologiyalarni oʻz shaxsiy faoliyatiga singdirishdan ularni evristik, kreativ ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qadar boʻlajak pedagoglarning kundalik harakati mazmunini tashkil etishi lozim. Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qoʻllash metodlarini boʻlajak oʻqituvchilar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ta‘lim muassasasi hayotiga pedagogik innovatsiyalarni keng koʻlamda olib kirish uchun unda yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi chora-tadbirlarni qo’llash talab etiladi. Shu maqsadda boʻlajak oʻqituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, ularni pedagogik innovatsiyalar bilan izchil qurollantirib borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq qilishga oʻrgatish vazifasini qo’yish lozim[2]. Pedagogika fanida ta'lim tizimidagi yangilik masalalari muttasil mutaxassislar tomonidan oʻrganilib kelinmoqda. Biroq, ijtimoiy-pedagogik yangiliklar mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida, bir tomondan, nisbatan yaqinda tez rivojlanayotgan ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida nisbatan yaqinda paydo boʻlganligi sababli, boshqa tomondan, ta'limni markazsizlashtirish va mintaqalashtirishning ijtimoiy tendensiyasining nisbiy yangiligi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, xususiy, toʻgʻri pedagogik (masalan, uslubiy) yangiliklarning 11 samaradorligi, agar ular ijtimoiy pedagogik rejada qoʻllab-quvvatlanmasa, qoʻllab-quvvatlanmasa, ancha past boʻladi. Shunday qilib, xususiy innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni qoʻllab-quvvatlovchi ijtimoiy-pedagogik kontekstni yaratish ham, ma'lum hajm, miqyos va daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin. Bugungi kunda barcha sohalarga innovatsion g’oyalar, fikrlar kirib kelmoqda. Bu jarayon ta‘lim sohasini ham chetlab o’tmagan holda, barcha fanlar tizimida yangiliklar, dars o’tishning yangi usullari, yangi pedagogik tehnologiyalar orqali darsning sifati, mazmuni va jozibadorligi o’quvchini ham o’ziga jalb etmoqda. Hozirda mamlakatimizning barcha maktablarida o’z ish faoliyatini olib borayotgan ustoz va murabbiylar zamonaviy o’qitish usullarini bosqichma-bosqich yaratib bormoqdalar, shuningdek, Tarbiya fanida ham hozirda darslarni tashkil etishda turli xil metodlar yaratilmoqda. TARBIYA DARSLARIDA FOYDALANISH TAVSIYA ETILADIGAN METODLAR
3-sinf. Tarbiya fani dasturidan o’rin olgan ―Serquyosh hur o’lka‖ mavzusini o’qitishda “ Beshinchisi ortiqcha ” usulini qo’llash tavsiya etiladi. Ushbu mavzuni o’qitish jarayonida Beshinchisi ortiqcha usulidan quyidagi tarzda foydalanish mumkin. Bunda o’qituvchi doskaga mavzuga oid to’rtta so’z va mavzuga oid bo’lmagan beshinchi so’zni yozadi. Masalan: Istiqlol, hurriyat, farzand, ozodlik, obodlik – o’quvchilar mavzuga oid bo’lmagan, ya‘ni ortiqcha bo’lgan beshinchi so’zni topadilar. O’qituvchi shu tariqa so’zlar ketma-ketligini yozishda, o’quvchilar esa ortiqcha so’zni topishda davom etadilar. Bu usul 3-sinf o’quvchilarining o’zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llashlariga imkon yaratadi. Ushbu ierarxik diagrammasini qo’llash o’quvchilarda muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. “Eng yaxshi muxbir” metodi. Ushb u metod barcha sinflarda qo’llaniladi. Darsning asosan tashkiliy qismida foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. 12 O’quvchilar media axborot orqali eshitgan yangiliklarni to’plab, darsning kirish qismida aytib beriladi. O’qituvchi kimning axboroti serqirra va qiziqarli bo’lsa, o’sha o’quvchi ―Eng yaxshi muxbir‖ nominatsiyasini oladi. Bu belgi har bir darsda qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Doskaga o’sha o’quvchining ism va familiyasi doskaga namuna sifatida yoziladi. Psixologik jihatdan ham o’quvchiga motivatsiya beradi. Download 45.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling