2-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kriptografik himoyalashda: rsa shifrlash tizimida shifrlash va deshifrlash
Download 17.97 Kb.
|
2-amaliy mashg\'ulot
2-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kriptografik himoyalashda:RSA shifrlash tizimida shifrlash va deshifrlash Ishdan maqsad: Assimmetrik kriptotizmlarda RSA shifrlash tizimida shifrlash va deshifrlash mexanizmini ko’rib chiqish. Qisqacha nazariy ma’lumot: Ochiq kaliti shifrlash tizimlarida ikkita kalit ishlatiladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlansa, maxfiy kalit yordamida deshifrlash qilinadi. Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko;tarish amalidan foydalanishga aoslangan. Algoritmni quyidagi qadamlar ketma_ketligi ko’rinishida ifodalash mumkin. 1-qadam. Ikkita 200dan katta bo'lgan tub son p va q tanlanadi. 2-qadam. Kalitning ochiq tashkil etuvchisi n hosil qilinadi n=p q. 3-qadam. Quyidagi formula bo'yicha Eyler funksiyasi hisoblanadi: f(p,q)=(p-1)(q-1). Eyler funksiyasi n bilan o'zaro tub, 1 dan n gacha bo'lgan butun musbat sonlar sonini ko'rsatadi. O'zaro tub sonlar deganda 1 dan boshqa birorta umumiy bo'luvchisiga ega bo'lmagan sonlar tushuniladi. 4-qadam. f(p,q) qiymati bilan o'zaro tub bo'lgan katta tub son d tanlab olinadi. 5-qadam. Quyidagi shartni qanoatlantiruvchi e soni aniqlanadi e d=1(modf(p,q)) . Bu shartga binoan ko'paytmaning f(p,q) funksiyaga bo'lishdan qolgan qoldiq 1ga teng. e soni ochiq kalitning ikkinchi tashkil etuvchisi sifatida qabul qilinadi. Maxfiy kalit sifatida d va n sonlari ishlatiladi. 6-qadam. Dastlabki axborot uning fizik tabiatidan qat'iy nazar raqamli ikkili ko'rinishda ifodalanadi. Bitlar ketma-ketligi L bit uzunlikdagi bloklarga ajratiladi, bu erda L – L log2(n+1) shartini qanoatlantiruvchi eng kichik butun son. Har bir blok [0, n-1] oraliqka taalluqli butun musbat son kabi ko'riladi. Shunday qilib, dastlabki axborot X(i), i= sonlarning ketma-ketligi orqali ifodalanadi. I ning qiymati shifrlanuvchi ketma-ketlikning uzunligi orqali aniqlanadi. 7-qadam. Shifrlangan axborot quyidagi formula bo'yicha aniqlanuvchi Y(i) sonlarning ketma-ketligi ko'rinishida olinadi: Axborotni deshifrlash qilishda quyidagi munosabatdan foydalaniladi: X(i)=(Y(i))d (mod n). .
1-qadam. p=3 va q=11 tanlab olinadi. 2-qadam. n=3*11=33 3-qadam. Eyler funksiyasi aniqlanadi. F(p,q)=(p-1) (q-1)=20 4-qadam. d=7 5-qadam 3*7=(mod 20)=1 shartni qanoatlantiruvchi e soni tanlanadi. E=3. Son tanladik. K=11, i=9, b=2, e=5, r=18, x=24, a=1,v=22, f=6 Yuqoridagi axborot ikkilik kodda quyidagi ko’rinishga ega boladi. 01011 01001 00010 00101 10010 11000 00001 10110 00110 Blok uzunligi L butun sonlar ichidan L>= log2(33+1) shartini qanoatlantiruvchi minimal son sifatida aniqlanadi. N=33 bo’lganligi sababli L=6. Demak dastlabki matn X(i)<11,9,2,5,18,24,1,22,6> ketma_ketlik ko’rinishida ifodalanadi. 7-qadam. Y(i) = (X(i)e(mod n) Y(1)=(113)(mod33)=11 Y(2)=(93)(mod33)=3 Y(3)=(23)(mod33)=8 Y(4)=(53)(mod33)=26 Y(5)=(183)(mod33)=24 Y(6)=(243)(mod33)=30 Y(7)=(13)(mod33)=33 Y(8)=(223)(mod33)=22 Y(9)=(63)(mod33)=18 Shifrlangan so’z Y(i)=<11,3,8,26,24,30,33,22,18> X(i)=(Y(i))d(mod n) X(1)=(117)(mod 33)=11 X(1)=(37)(mod 33)=9 X(1)=(87)(mod 33)=2 X(1)=(267)(mod 33)=5 X(1)=(247)(mod 33)=18 X(1)=(307)(mod 33)=24 X(1)=(337)(mod 33)=1 X(1)=(227)(mod 33)=22 X(1)=(187)(mod 33)=6 Shifrlangan so’z Y(i)=<11,9,2,5,18,24,1,22,6> Download 17.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling