2-amaliy mashgʻulot mavzu: Marmar konlarini qazib olish va kmx-2 tosh kesuvchi mashinaning unumdorligini hisoblash. Marmar


Download 0.55 Mb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1335315
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy ish noruda

1-rasm. Baroviy mashinalar yordamida qazib olish sxemasi

Baroviy tosh kesuvchi mashinalaridan foydalanganda yangi blokli qazib olish va yangi gorizontlarni tayyorlashda hech qanday qiyinchiliklar boʻlmaydi. Baroviy tosh kesish mashinalari texnik xizmat koʻrsatishda juda oddiy va past haroratlarda ham qoʻllash imkoni mavjud, bu qish yiliga 4-6 oy davom etadigan iqlim zonalarida muhimdir.


Gorizontal kesish Vertikal kesish


Olmos-arqonli mashinalar bilan qazib olish arralash nuqtai nazaridan samaraliroq, ammo tayyorlash uzoqroq va yordamchi uskunalarsiz amalga oshirilmaydi - kuchli kompressorlar va yuqori havo oqimi boʻlgan maxsus burgʻulash qurilmalari talab qilinadi. Olmosli-arqonni zaxiralash uchun 3 ta oʻzaro kesishgan skvajinalar burgʻulanishi talab qilinadi. Ularning kesishishini ta'minlash uchun diametri 85-90 mm boʻlgan burgʻulash dastgohlaridan qo’llaniladi. Pogʻonalarni burgʻilashdan va ulardagi arqonni zaxiralashdan soʻng, avval 1 gorizontal kesish, soʻngra 2 vertikal kesish amalga oshiriladi. Massivdan ajratilgan blok gidro, havo yostiqchalari, gidrodomkrat uskunalari yoki ekskavator yordamida massivdan tushiriladi.
Olmos-arqonli mashinalar mustaxkamligi yuqori va yuqori-kvartslangan togʻ jinslarini qazib olishda ajralmas hisoblanadi.

2-rasm. Olmos-arqonli mashinalar yordamida qazib olish sxemasi


Olmos-arqon va baroviy mashinalar bilan qazib olishning birlashtirilgan usuli. So'nggi vaqtlarda baroviy va olmos-arqonli mashinalardan foydalangan holda blokli toshni qazib olishning birlashtirilgan usullari keng tarqalgan:
a) birinchi holda, vertikal kesmalar baroviy mashinalar yordamida, gorizontal kesmalar esa olmos-arqonlari mashinalar bilan amalga oshiriladi.



b) ikkinchi holda, gorizontal kesish baroviy mashina yordamida, vertikal kesishlar esa olmos-arqonli mashinalar yordamida amalga oshiriladi.

Gorizontal kesish ishlab chiqish uchun tayyorlangan pogʻonaning butun uzunligi uchun amalga oshiriladi. Shundan soʻng vertikal skvajina yoki shpur burgʻulashadi. Olmos-arqonli mashinalar bilan qazib olishdan farqli oʻlaroq, diametri 40 mm boʻlgan 1 ta shpurni burgʻulash kifoya, shunda ajratilgan blokning uzunligi 10-12 metrni tashkil qiladi. Burgʻulangan shpurga olmos-arqonli mashinaning arrasi oʻtkaziladi soʻngra blokning uzunligi boʻyicha va blokning kengligi boʻyicha kesish ketma-ket amalga oshiriladi.
Blokning uzunligi boʻyicha hosil boʻlgan kesilishga gidro yoki havo yostigʻi oʻrnatiladi, u bilan monolit blok yetarlicha egilib, gidrodomkratlarni ishga tushirish mumkin, ular bilan blok massivdan butunlay ajralib chiqadi va oldindan tayyorlangan qum yoki mayda shagʻal yostiqqa quyiladi.
Yiqilishdan blok tabiiy yoriqlar boʻylab boʻlinadi. Agʻdarilishdan soʻng, olingan katta bloklar tovarlarga kesiladi. Bu baroviy yoki olmos-arqonli mashinalar yordamida amalga oshiriladi.


Berilgan:
1. Blok balandligi h=1,8 m
2. Blok uzunligi l=4 m
3. Blok kengligi b=2 m
4. Yil davomida qazib olinadigan marmar bloklar hajmi Vblok.yil. = 3500 m3/yil.
5. KMХ-2 mashinasining ekspluatatsion unimdorligi Qsoat = 5 m3/soat.
6. Smena davomiyligi Tsm = 8 soat.
7. Kundagi smenalar soni nsm = 1
8. Yildagi ishchi kunlar soni Nyil = 200÷250 kun.
9. Kompleksdagi mashinalar soni nmash = 2 dona.
10. Foydali qazilma zichligi γ = 2,7 t/m3.


Yechim:

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling