2-amaliy mashg’ulot Mavzu: Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlashni avtomatlashtirish Wordda grafik obyektlarni hosil qilish va tahrirlash. Wordda jadval yaratish va tahrirlash. Matnli hujjat tuzilishini o’zgartirish


Download 39.5 Kb.
bet2/4
Sana11.11.2021
Hajmi39.5 Kb.
#173641
1   2   3   4
6-topshiriq

TALABALAR NUTQI

Umuman, talaba “Ona tili” darslarida, “Bolalar adabiyoti” saboqlarida, “Nutq madaniyati asoslari” o’quvlarida axloqiy kamolat uchun poydevor bo’ladigan maqollarni imkon qadar ko’p va o’quvli o’zlashtirib olsa, juda katta ma’naviy xazinaga ega bo’ladi.

Birinchi o’qituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga Vatan, ota-ona, urf-odat, qadriyat, haqiqat, ozodlik, demokratiya, buyuklik haqida ilk saboqlarni beradi. Bu muqaddas tushunchalar esa, xalq maqollarida, ayniqsa, o’zining yorqin ifodasini ta’bir joiz bo’lsa, “obraz”ini to’la topgan. Bu maqollar bilan qurollangan talabalar-bo’lajak o’qituvchilar, avvalo, o’z yuragiga buyuklik kalitini joylaydi, so’ngra, shogirdlari ong-u shuuriga komillik “urug`”ini ekadi.

Bulbul chamanni sevar,

Odam Vatanni.

********************************

Ona yurting oltin beshiging

********************************

Vatan uydan boshlanadi.

Qo’shiq kuydan boshlanadi.

********************************

Avval onangga salom ber.

********************************

O’z erkingga ega bo’l.

********************************

Kitob – aqlli do’st.

********************************

Bilimi zo’r mingni yiqar,

Bilagi zo’r birni.

********************************

So’ziga boqma,

Ishiga boqma.

Qisqasi, talabalar nutqini xalq maqollari bilan qanchalik boyitib borsa, uning biyronligi, chechanligi, kamolati shuncha takomillashib boradi va tom ma’noda vatanparvar shogirdlar yetishtira oladigan Ustozlikning oydin yo’liga chiqadi hamda el-u yurt duosini oladi.




Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling