2-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: MIKROORGANIZMLARNI GRAM USULIDA BO’YASH ORQALI IDENTIFIKATSIYA QILISH
Mashg’ulotni o’tish tartibi: Ezilgan va osilgan tomchi usullaridan foydalanib preparat tayyorlanadi. Mikroorganizmlarning harakati aniqlanadi. Qattiq va suyuq oziqa muhitlaridan quruq preparat tayyorlanadi va preparatlarni mikroskop ostida ko’riladi va rasmlari chiziladi.
Oddiy va murakkab bo’yash usullari va ularni tayyorlash texnikasi ishlab chiqiladi. Mashg’ulot davomida Gramm usulida sporalarni bo’yash bilan tanishiladi, keyin mustaqil ravishda mazoklar tayyorlanadi, oddiy va murakkab usulda bo’yaladi, preparatlarni mikroskop ostida ko’riladi va rasmlari chiziladi.
Kerakli asbob va reaktivlar :Mikroskop. Buyum va qoplag’ich oynachalar. Mikrobiologik sirtmoq. Mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri likobchalari. Doimiy preparatlar. Paster naychasi. Spirt lampasi. Immersion moy. Bo’yoq eritmalari (Gentsian violet bo’yog’i, fuksin, metilen ko’ki, Lyugol). Suv va kolbalar. SHtativlar.
Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash uchun buyum oynasi bilan qoplag’ich oynalar ishlatiladi. Preparat tayyorlashdan oldin buyum oynasidagi moyni ketkazish uchun u spirtga ho’llangan latta, so’ngra toza latta bilan artib quritiladi. Suv oyna ustida tomchilar hosilqilmasdan yoyilib ketsa, bunday oyna toza hisoblanadi.
Mikroorganizmlarni buyum oynasiga surish uchun mikrobiologik sirtmoq kerak bo’ladi. Egilgan shisha tayoqcha (shpatel) tutqich va unga biriktirilgan ingichka simdan iborat. Bu sim platinadan yoki qizdirilganda havo kislorodi bilan oksidlanmaydigan va tez qizib (cho’g’ bo’lib) tez soviydigan boshqa biror metalldan yasaladi.
Mikroorganizmlarni mikroskopda tirik yoki o’lik holda ko’rish mumkin. O’lik mikroblar bo’yalgan preparatlardagina ko’rinadi. Tirik mikroblarni esa «ezilgan» va «osilgan» tomchi preparatlarida ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |