2-amaliy mashg’ulot mavzu: mikroorganizmlarni gram usulida bo’yash orqali identifikatsiya qilish mashg’ulotni o’tish tartibi


AKTINOMISETLARDAN PREPARAT TAYYORLASH


Download 34.4 Kb.
bet6/6
Sana28.10.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1729127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SANOAT MIKROBIOLOGIYASI 2-AMALIY MASHG\'ULOT 2023

AKTINOMISETLARDAN PREPARAT TAYYORLASH.
Kerakli jixozlar: mikroskop, buyum oynasi, bakterial ilmoq, spirt lampa, to’xtab qolgan suv yoki,ozuqa muhitda o’stirilgan aktinomisetlar kulturasi, filtr qog’oz, lyoffler sinkasi yoki fuksin bo’yogi.
O’rganish ob’ektlari: aktinomisetlarni (nursimon zamburug’lar) o’rganish.
Aktinomitsetlar
Aktinomitsetlar so’zi lotincha actis-nur, myces-zamburug’, ya’ni nursimon zamburug’lar degan ma’noni bildiradi. Aktinomitsetlar bakteriyalar bilan zamburug’lar o’rtasida turgan mikroorganizmlar guruhidir. Ular bakteriyalar singari bir hujayrali va zamburug’larga o’xshab mitseliylar hosil qiladi va ular singari sporalar yordamida ko’paya oladi.
Aktinomitsetlar oziqa muhitlarida po’kaksimon, barxitsimon, unsimon, etli, zich, substrat bilan birlashib ketgan ayrim holda yer isini tarqatuvchi koloniyalarni hosil qiladi. Oziqa muhitlarida hosil bo’lgan aktinomitsetlarning mitseliylari differentsiallashgan bo’lib, bir qismi substratga botgan (substrat mitseliylari) bir qismi esa substrat ustida (havoyi mitseliylar) bo’ladi. Mitseliysi avval kristalli keyin havoli bo’lib, koloniyalar baxmalga o’xshash mayin bo’ladi. Koloniya zich konsistensiyali, oziq muhitga mustaxkam kirgani uchun substrat bilan birga olinadi.
Aktinomitsetlarning ko’pchilik vakillari pigmentlar hosil qiladi. SHu sababli, ularning mitseliylari moviy, to’q moviy, binafsha rang, pushti, qo’ng’ir, jigar rang va qora tusda bo’lishi mumkin. Aktinomitsetlarni hosil qilgan pigmentlari o’zi o’sgan oziqa muhitlarni ham shu rangga bo’yaydi. Aktinomitsetlar aerob, kraxmal - ammiakli agarda 30-350 S da o’sadi.
Aktinomitsetlar koloniyalarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda ularni Petri likobchalarida yoki probirkalarga hosil qilgan koloniyalarini mikroskopning kichik ob’ektivi orqali kuzatish kerak. Bu holatda aktinomitsetning mitseliylari giflarini bir qismi oziqa muhitiga kirib borganligini, bir qismini oziqa sirti bo’ylab rivojlanib tepaga ko’tarilganligini kuzatish mumkin. Oziqa muhiti sirtidan ko’tarilgan mitseliylarning uchki qismida sporani o’zida saqlagan sporanoslarni ko’rish mumkin. Sporanoslar tuzilishiga ko’ra to’g’ri, to’lqinsimon, spiralsimon va mutovkali bo’ladi.
Undan fuksin bilan bo’yalgan fiksatsiyalangan preparatlar tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasiga aktinomitsetning koloniyasidan olingan juda kichkina bo’lak (oziqa muhit bilan olingan bu bo’lakda substrat ichida va uning ustida rivojlanayotgan mitseliy bo’ladi) qo’yiladi. Ikkinchi buyum oynasini esa uning ustiga qo’yib mahkam zichlab, ob’ektni eziladi va suv bilan yoyiladi. Keyin quritiladi, fiksatsiyalanadi va bo’yaladi. Fiksatsiyalangan hamda bo’yalgan preparatda differentsiallangan mitseliy ham, sporalar ham kuzatilmaydi. Lekin aktinomitsetning bir hujayrali mitseliylari yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ishni bajarish tartibi: Preparat tayyorlash uchun buyum oynasiga ilmoq bilan kultura koloniyasi olinadi va ustiga ikkinchi shunday oynani qo’yib eziladi, ikki yoniga tortiladi. Natijada ikkita surtma paydo bo’ladi. Suyuq muxitda o’stirilgan kulturadan ilmoq bilan olib, surtma tayyorlanadi. Qotirilgan surtma lyoffler fuksini bilan bo’yaladi.
Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling