2-amaliy mashg’ulot. Mavzu: omixta yem korxonasidagi jarayonlarni o’rganish
Download 208.47 Kb.
|
portal.guldu.uz-Omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saralash va maydalash
Fizik-mexanik xossalari bir-biriga yaqin xom ashyolar va uni tayyorlash uchun kerakli uskunalar oldindan tanlab olinadi, bunda xom ashyoni tayyorlashning bir necha oqimlari hosil qilinadi. Bu oqimlar texnologik liniyalar deyiladi. Omixta em zavodlariga turli xil xom ashyolar keladi. Ularda iflos aralashmalar mavjud. Ular tozalanishi kerak. Turli xil aralashmalarni tarkibiga ko‘ra standartlar mavjud. Masalan: donli xom ashyolarda iflos aralashmalar 5...8 %, mineral aralashmalar 1 %, zaxarli aralashmalar 0,2 % va xokazo. Bug‘doy kepagida 5 g dan ko‘p bo‘lmasligi kerak 1 kg mahsulotda, baliq suyagida 100 g, suyak unida 100...200 g va xokazo. Donli xom ashyolar odatda begona aralashmalardan havo separatori va magnit separatorida, unli xom ashyolar elakli va magnitli separatorida tozalanadi. Havo separatorida xom ashyolar yirik, engil qumdan tozalanadi. Mineral aralashmalar toshajratkichlardan tozalanadi. Suyuqlik ko‘rinishidagi aralashmalar iflos aralashmalardan setkali filtrlar yordamida tozalanadi. Omixta em ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: qabul qilish, joylashtirish, saqlash xom-ashyoni qayta ishlash, yuborish, elash, metallomagnit chiqindilardan tozalash, qobig‘idan ajratish (oqlash), komponentlarni maydalash, maydalangan komponentlarni elash, miqdoriy taqsimlash va aralashtirish, granulalash va qadoqlash. Presslangan va yirik hajmli xom ashyolarni tayyorlash liniyasi (rasm 2) B u liniyada yirik xom ashyolar avval sterjenli maydalagichda 20-30 mm gacha maydalanib keyin magnit kolonkadan o‘tib, bolg‘ali maydalagichda kerakli o‘lchamgacha maydalanadi. -Oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash liniyasi. Bu liniya hayvonlardan olingan xom ashyolarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Hayvon xom ashyolariga quyidagilar kiradi: suyak, mol qoni, baliq uni, suyak uni va boshqalar. Bu liniyada xom ashyolar begona aralashmalar va metallomagnit aralashmalardan tozalanadi. Bu liniyada xom yirik xom ashyolarni maydalab, elab bunkerga uzatiladi. Download 208.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling