2-amaliy mashg’ulot. Mavzu: omixta yem korxonasidagi jarayonlarni o’rganish


Download 208.47 Kb.
bet2/6
Sana28.09.2023
Hajmi208.47 Kb.
#1689561
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-Omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi

Texnologik jarayonlar: Sxema asosida alohida xom ashyo turlariga ishlov berish qiyin kechib, samaradorlik kam bo‘ladi. CHunki xom ashyoga navbat bilan ishlov berish ko‘p vaqtni talab etadi. Vaqtni iloji boricha qisqartirish uchun xar bir xom ashyoni tayyorlashda kerakli uskunalarni to‘g‘ri tanlash lozim.
Har bir omixta em zavodi uchun texnologik sxema qonunlarga asosan tuziladi. Jihozlanganlik darajasiga ko‘ra, korxonaning texnologik jarayoni oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
Xom –ashyolarni xavo- elakli separatorda tozalanadi .Quyida turli engil va kattaligiga ko‘ra farq qiladigan aralashmalarni tozalash uchun A1-BIS-12 separatorini texnologik tavsifi va tuzilishi rasmda ko‘rsatilgan.



1-rasm. A1-BIS-12 separatori .


1 - G‘alvirli korpus; 2 - sinch; 3 - kuzatish tuynugi; 4 - qabul moslamasi; 5- saralash g‘alviri; 6 - elash g‘alviri; 7 - elektrodvigatel; 8 - ponasimon tasmali uzatma; 9 - rezina sharik; 10 - shkiv; 11 - yirik aralashmalar uchun tarnov; 12 - mayda aralashmalar uchun tarnov; 13 - titratgich; 14 - ta’minlagich; 15, 21 - shturvallar; 16 - jalyuzlar; 17 - rezina osgich; 18 - prujina; 19 - pnevmosaralash kanali; 20 - qo‘zg‘aluvchan devorcha; 22 -dastak; 23 - klapan; 24 - aspiratsiya moslamasi; 25 - elastik eng; 26 - egiluvchan osgich; 27 - yoritgich.

Barcha komponentlar tarada standart massada, tayyorlangan holatda, ya’ni tozalash va maydalashni talab qilmaydigan holatda qabul qilinsa, omixta em tayyorlashning eng oddiy jarayoni qo‘llaniladi. Bunda har bir komponent davriy ishlovchi aralashtirgichga konveyer orqali uzatiladi. YUklatilgandan keyin aralashtirgich ishga tushiriladi, natijada tayyor omixta em olinadi. Amalda buni bajarib bo‘lmaydi, chunki don, kepak va shrot kabi xomashyolar faqat sochma holda qabul qilinadi. Don, kunjara va boshqa komponentlarning yirik fraksiyalari maydalashni talab qiladi, donlar esa tozalashga muhtoj. SHuning uchun ham oddiy ko‘rinishdagi texnologik jarayon xomashyoni tozalash, uni maydalash, dozalash va aralashtirish bosqichlarini o‘z ichiga olishi kerak.


Texnologiya-grek. Techne-san’at, mahorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bu esa o‘z navbatida jarayondir. Jarayon, bu-maqsadga erishish uchun ma’lum harakatlar majmuasidir.

Download 208.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling