2-amaliy mashg’ulot Mavzu: O‘z o‘lkasidagi geoekologik muammolarni tavsiflash 1-Topshiriq
Download 56.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 amaliy mashg\'uot 220222074624
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Topshiriq.
- Tayanch atamalar va iboralar
2-amaliy mashg’ulot Mavzu: O‘z o‘lkasidagi geoekologik muammolarni tavsiflash 1-Topshiriq. O‘zbekistondagi lokal geoekologik muammolarni ko‘rib chiqish hamda ularni yozib olish xaritada belgilsh muammo sabalarini aniqlash yechim topish 2-Topshiriq. Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining ro’yxati bo’yicha o’z hududi bo’ylab mavjud obyektlarni aniqlash 3- topshiriq. Hududagi geoekologik muammolarni jadval , sxema tarzida bayon eting. Ishning maqsadi Quyidagi amaliy mashg‘ulotning maqsadi talabalarda o’z o’lkasi dorasida ekologik holatlarni o’rganish, hududga xos muammolar bilan ishlash va ko’nikmalar hosil qilishdan va shu asosda talabalar bilimini mustahkamlashshdan iboratdir. Tayanch atamalar va iboralar: ekologik ekspertiza, lokal geoekologik muammolar, Geoekologik vaziyat Mavzu bo’yicha adabiyaotlar ro’yxati 1. Rafiqov A. A., Sharipov Sh. M., Geoekologiya. -T.; Adib. 2014. 2. Sharipov Sh. M., R.X.Allaberdiyev, N.Y.Kuchkarov, X.K.Ro’zimova. Geoekologiya. –T.; Universitet.2017 3. Rafikov A.A,Geoekologiya asoslari.T.Universitet.2000. 4. Rafikov A.A,Geoekologik muammolar.T.O‘qituvchi.1997. 5. Nigmatov A. Musayev J. “Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish” Toshkent 2017 6. Nigmatov A. “Tabiiy geografiya va geoekologiya nazariyasi” Toshkent 2018 Mamlakatimizda ishlab chiqarishning jadallashuvi tufayli inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlar murakkablashmoqda, ekologik va sotsialiqtisodiy salbiy oqibatlar miqyosi ortmoqda. Bu borada Orolbo’yi, Orol dengizi, Qizilqum, Qarshi cho’li, Chirchiq-Ohangaron vodiysi, yirik sanoat shaharlari va ularning atrofida ancha jiddiy, joylarda tang geoekologik vaziyatlar tarkib topmoqda. Bu sharoitda kelajakda geoekologik vaziyatning qanday bo’lishligini ko’z oldiga keltira bilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Butun respublika hududi bo’yicha tabiiy muhitning kelajakda (aytaylik, yaqin 5-10 yil davomida) o’zgarishini bashorat qilish lozim, lekin bu vazifa o’ta murakkab va qiyinligini e‘tiborga olib uning ayrim hududlari bo’yicha prognoz ishlarini amalga oshirish ham katta ahamiyatga ega. Bu jihatdan hozirda O’rta Osiyoda eng dolzarb muammo bo’lib turgan Orol dengizi muammosini keyingi yillarda rivojini bilish muhimdir. Orol dengizining kelajakdagi holati eng avvalo unga quyiladigan Amudaryo suvi miqdoriga bog’liq. 1995 yildan boshlab Orol havzasida nisbatan kam suvlik davri boshlandi, natijada keyingi vaqtlarda dengizga suv juda kam quyilmoqda (1995 yilda Sirdaryo bilan birgalikda 10,3; 1996 yilda-7,5; 1997 yilda-6,7 km3). Bu holat dengiz sathinng keskin tushib ketishiga ta‘sir etdi. Orolning gidrorejim holatining prognozi Amudaryo oqimining hajmiga to’ g’ridan-to’g’ri bog’liq. Agarda dengizga Amudaryo orqali yiliga muntazam ravishda 20-30 km3 gacha suv quyilsa, uning sathi 33 m dan 36 m mutlaq balandlik orasida bo’ladi, agarda oqim 20 km3 dan kam bo’lsa, (bunda suv sathidan bo’ladigan bug’lanish miqdori yiliga 0,86 m ni tashkil qiladi) u holda (sathi 24 m ga pasayganda Katta dengiz ikki qismga ajraladi). Bunda g’arbiy (eng chuqur) qismi ancha vaqtgacha mavjud bo’ladi, sharqiy (eng sayoz qismi borgan sari sho’rlanib boradi (1 bosqichda 60-70 g gacha), keyinchalik sho’rlanish sekinlashadi. Sharqiy ko’lning atrofi oppoq hayotsiz tuz mintaqasi bilan qoplanadi, avvaliga sulfat, keyinchalik xlorid tarkibidagi sho’rxoklar ustun bo’ladi. Daryo suvining borgan sari barqaror kamayib borishi natijasida sharqiy ko’lning markazida ulkan sho’r ko’l tarkib topadi, uning atrofi xalqasimon mintaqalardan iborat bo’lib, ular turli sho’rxoklar bilan band bo’ladi. Orol sho’rko’l Katta dengizning g’arbiy bo’lagini egallaydi, bunda u orollar bo’yicha o’tgan submeridional o’q (Mo’ynoq yarim Orolining Uzunquyruq burnidan to Qulanda yarim oroligacha) ni sharqida joylashadi, hozirda bu mintaqa dengiz suvidan ozod bo’lmoqda. Dengiz suvining sho’rligi xar litrda 120 g dan ortganda (I.V.Rubanov bo’yicha) qishda mirabilit tarkib topa boshlaydi, bu hol Orolbo’yi tabiiy muhiti uchun eng xavfli hisoblanadi. Suvning sho’rligi xar litrda 320-425 g bo’lganda astraxanit osh tuzi bilan aralash holda vujudga kela boshlaydi. Dengizning qurigan qismidagi sho’rxokli tekisliklarning katta qismi deyarli o’simliksiz bo’ladi, chunki tuproqlarning tarkibida (ildiz o’sadigan qismi) juda katta miqdorda tuzlarning mavjud bo’lishi hatto supergalofitlarning ham vegetatsiyasiga ta‘sir etadi. Faol sho’rxoklar mintaqasidan so’ng qoldiq, ulardan keyin taqirli sho’rxoklar joylashadi. Shu tariqa O’zbekistonning boshqa hududlarining tabiiy muhitini o’zgarishini prognoz qilish mumkin. Qizilqum cho’li landshaftlari hozirda mol boqish, texnogen, dov-daraxtlarni qirqish va boshqa shakldagi antropogen omillar ta‘sirida o’zgarib bormoqda. Bularning oqibatida yalang qumlik-harakatdagi qumlar areallari maydoni kengayib bormoqda. Chorva mollari iste‘mol qiladigan giyohlarning maydoni kamayib, begona o’tlar egallagan maydonlar kengayib bormoqda. Texnogen omillar (og’ir avtomobillar, traktorlar, burg’ulash mashinalarining faoliyati, shuningdek karerlar, portlashlar) natijasida cho’l ekotizimi buzilib bormoqda. Vohalar bilan ular atrofidagi cho’l landshaftlari orasida murakkab o’zaro ta‘sir natijasida nomatlub hodisalarning rivojlanishi kuzatilmoqda. Berk botiqlarga kollektor-zovur va tashlama suvlarning tashlanishi tufayli subakval va akvatorial komplekslarning maydoni keskin tarzda kengayib bormoqda (Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi, Katta Sho’rko’l, Qoraxotin ko’li va h.k.). Prognozlashtirishda juda ko’p usullardan foydalaniladi. Shulardan eng ko’p foydalaniladiganlari landshaft va geoekologik tahlil, o’xshatish, ekspertlar baholashi, landshaft indikatsiyasi, strukturali dinamik qatorlar va boshqalar. 1-jadval
Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling