2-amaliy mashg’ulot. Mavzu


Download 25.29 Kb.
bet2/3
Sana10.10.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1697217
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashgulot

Paypaslash usuli
Bunda qo’l va barmoqlar yordamida paypaslab, sezish yo’li bilan tekshiriladi.
Paypaslash usuli bilan tekshirganda ehtiyot bo’lish kerak. Chunki qo’lni hayvonnng tanasiga birdan tekkizganda hayvon cho’chib, hurkib yoki qitig’i kelib tepishi, tekshiruvchiga jarohat yetkazishi mumkin.
Palpasiya sog’ joydan boshlanib, keyin kasal joyga o’tiladi va sog’ joy bilan kasal joyning ko’rsatkich natijalari taqqoslanadi. Tananing ikki tomoni yoki juft organlar tekshirilganda ham xuddi shunday taqqoslanib xulosa chiqariladi.
Paypaslash usuli bilan tekshirganda organlarning:
1.Yuza xususiyati 5.Konsistensiyasi
2.Kattaligi 6.Qon tomirlar pulsi
3.Og’riq sezishi 7.Katta qorin harakati
4.Mahalliy harorati 8.Suyaklarning butunligi
va boshqa ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Paypaslash usuli 2 ta katta gruhga bo’linadi:
1.Yuzaki paypaslash
2.Chuqur paypaslash
1.Yuzaki paypaslash usuli – bunda bitta yoki ikkita qo’lning barmoqlari va kafti tekshiriladigan organ yuzasiga sekin qo’yilib, bosim bermasdan, siypalash yo’li bilan o’tkaziladi va yurak turtkisining kuchi, ko’krak qafasining harakati, terining namligi, mahalliy harorati, sezuvchanligi, og’riq sezishi aniqlanadi.
2.Chuqur paypaslash usuli – tekshiriladigan yuzaga bosim berish yo’li bilan tekshiriladi. Chuqur paypaslash usulining o’zi 3 ga bo’linadi:
1.Botuvchi (pronikayushaya) palpasiya – bunda 2,3 barmoqning uchi bilan tekshirilayotgan organ bosib ko’riladi va asosan og’riq bor – yo’qligi aniqlanadi.
2.Bimanual palpasiya – bunda organlar ikki qo’l yordamida paypaslanadi, ya’ni chap qo’l bilan organ ushlab turiladi, o’ng qo’l bilan paypaslanadi. Bu usul bilan organlarning kattaligi, konsistensiyasi, joylashishi va boshqa ko’rsatkichlari aniqlanadi.
3.Musht yordamida turtib paypaslash – bu qo’l mushti yordamida o’tkazilib, katta qorin va ichaklarning konsistensiyasi hamda to’r qorinning og’riq sezishi aniqlanadi (travmatik retikulitda).
Vrach kuch yordamida tinch turgan hujayralarni harakatga keltirib, sun’iy ravishda tovush hosil qilib, organlardan eshitiladigan shu tovushlarga qarab quyidagilarni aniqlaydi:
1.Organlarning chegarasi
2.Organlarning fizik holati

Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling