2-amaliy mashg’ulot. Mavzu


Perkussiya tinch, begona shovqinlar bo’lmagan joyda o’tkaziladi va uning 8 xili mavjud


Download 25.29 Kb.
bet3/3
Sana10.10.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1697217
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashgulot

Perkussiya tinch, begona shovqinlar bo’lmagan joyda o’tkaziladi va uning 8 xili mavjud:
1.Digitalperkussiya – barmoqlar yordamida urib ko’rish usuli
2.Instrumental perkussiya – asboblar, ya’ni plessimetr va perkussion bolg’acha yordamida o’tkaziladi.
3.Vositali perkussiya – bunda tekshirilayotgan organ yuzasiga barmoq yoki plessimetr qo’yilib, keyin barmoq yoki bolg’acha bilan uriladi.
4.Vositasiz perkussiya – bunda barmoq yoki bolg’acha bilan tekshirilayotgan organ yuzasiga bevosita urib ko’riladi.
5.Yuzaki perkussiya – tekshirilayotgan yuzaga barmoq yoki bolg’acha bilan sekin uriladi, bunda urish kuchi 2-3 sm chuqurlikkacha tarqaladi.
6.Chuqur perkussiya – kuchli uriladi, urish kuchi 7-8 sm chuqurlikkacha tarqaladi.
7.Stakkato perkussiyasi – bunda har urilganda bolg’acha plessimetr yuzasidan darhol ko’tariladi va organlardagi patologik o’zgarishlarni aniqlashda qo’llaniladi.
8.Legato perkussiyasi – bunda har urilganda bolg’acha plessimetr yuzasida ma’lum vaqt ushlab turiladi va bu usul organlar chegarasini aniqlashda qo’llaniladi.
Yuqoridagi perkussiya turlarini qo’llaganda hayvonlarning nozik yoki qo’polligi, oriq – semizligi, teri va junlarining qalin yoki siyrakligi, yoshi, organlarning joylashganligi, chegarasi yoki fizik holati aniqlanayotganligi hisobga olinadi. Masalan: vrachga kichkina it yoki mushukni olib kelsa bevosita digital perkussiya qo’llaniladi.
Normada har xil organlarni urib ko’rganimizda quyidagi tovushlar eshitiladi.
1.O’tmas tovush (tupoy zvuk) – havo, suyuqlik yoki oziqa saqlanmaydigan organlardan eshitiladi (yurak, jigar, buyrak, taloq va muskullardan).
2.O’tmasroq tovush (prituplennыy) – havo, subqlik va oziqa moddalar saqlaydigan organlardan eshitiladi (oshqozon – ichak sistemasidan).
3.O’pkaga xos tovush (atimpanik) – bu o’pkani perkussiya qilganda eshitiladi.
4 .Nog’orasimon yoki timpanik tovush – havo bilan to’lgan organlardan eshitiladi (peshona va yuqori jag’ bo’shlig’idan, havo xaltasidan, katta qorinning yuqori qismidan).5.Jarangdor tovush (gromkiy zvuk) – suyaklarni perkussiya qilganda eshitiladi.
Plessimetr va perkussion bolg’acha yordamida perkussiya qilganda quyidagi uslubga rioya qilish kerak. Plessimetr tekshiriladigan joy yuzasiga zich tegizib ushlanadi. Ko’krak qafasi tekshirilayotgan bo’lsa, qovurg’alar orasiga qo’yiladi. Bolg’acha o’ng qo’lga olinadi. Bunda bolg’achani barmoqlar bilan qattiq qisib ushlamaslik kerak, bolg’acha barmoqlar orasida erkin harakat qilishi kerak. Shunda to’g’ri perkussiya o’tkazish imkoniyatiga ega bo’linadi. Bolg’acha bilan urganda to’g’ri urish kerak, plessimetr yuzasiga bolg’achaning rezina yostiqchasi tegishi kerak. Bolg’achani qiyshiq ushlab ursangiz temir – temirga tegib noto’g’ri tovush hosil qiladi. Bolg’acha bilan urganda ketma- ket 2 marta urib pauza beriladi va urish yana takrorlanadi. Bir joyga shunday 1-2 marta urilib, plessimetr joyi o’zgartiriladi. Bitta organni tekshirayotganda urish kuchi bir xil bo’lishi kerak. Goh sekin, goh kuchli urish mumkin emas. Bolg’acha urish kuchi organlarning joylashishiga va ko’krak – qorin devorlarining qalinligiga bog’liq. Urib tekshirganda vrachning qulog’i plessimetr bilan bir balandlikda bo’lishi kerak.
Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling