2-amaliy mashg’ulot. Otlar eksteryerini o’rganish va uni aniqlash uchun o’lchamlar olish. Eksteryer


Download 63.77 Kb.
bet1/5
Sana04.10.2023
Hajmi63.77 Kb.
#1691547
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 laboratoriya harbiy xizmat hayvonlari



2-amaliy mashg’ulot. OTLAR EKSTERYERINI O’RGANISH VA UNI ANIQLASH
UCHUN O’LCHAMLAR OLISH.
Eksteryer – hayvon konstitusiyasining tashqi tomondan ifodalanishi va organizmning tashqi tuzilishi degan ma’noni anglatadi.
Organizmning tashqi tuzilishi esa xozirgi zamon fanining nuqtai nazaridan hayvonning ish qobiliyati va nasldorlik kiymatini xarakterlaydi.
Ot eksteryerini aniqlash uchun o’lchamlar olish Ot eksteryerini aniqlashni u ozuqa qabul qilganda boshlash lozim.
Bunda uning odamlarga munosabatini, ozuqani qabul qilish sifatini, adadlarini ko’rish mumkin. Undan keyin ot otxonadan chiqarilib uning ko’zi, burun kataklari, og’iz burchaklari, tishlari, tili, ganashlarini va ensasini ko’zdan kechiradilar. Otning umumiy ko’rinishini 6-7 qadam keladigan masofadan kuzatish lozim. Otlarning tana qismlariga to’liq va malakali baho berish – tana qismlarning nomlarini, shakl va funksiyasini, jinsi va yoshini, boqilish sharoitiga qarab rivojlanish xususiyatlarini aniq bilishni taqozo etadi. Shuningdek, tana qismlarida uchraydigan nuqson va kamchiliklarni har xil tipga mansub bo’lgan otlarda ham baholay bilish kerak.
Yosh otlarning o’sishini va rivojlanishini kuzatib borishda hamda bonitirovka vaqtida hayvondan 4 ta o’lchamlar: balandligi, tanasining uzunligi, ko’krak qafasi aylanasi va kaft aylanasi olinadi.
Ot tanasining tuzilishini to’liq tavsiflash uchun bir o’lchov ikkinchi o’lchovga nisbatan chiqariladi va bunga indeks deyiladi. Ko’pincha quyidagi indekslar ishlatiladi: 1. Uzunlik 2. Ko’krak qafasi aylanasi. 3. To’lishganlik. 4. Suyakdorlik. 5. Salmoqdorlik. 6. Uzunoyoqlik. 7. Kaft kuchliligi. 8. Ko’krak chuqurligi. 9. Balandlik. 10. Kattaboshlik va boshk.Kamchilik deb tana qismlarining maqsadga muvofiq rivojlanmasligiga aytiladi. Organizmdagi a’zo va to’qimlarning o’zgarishi natijasida nuqsonlar yuzaga keladi. Ot tana qismlarining ko’rsatkichlari:
Bosh. Otlarning boshi ularning zoti, jinsi va tanasining umumiy tuzilishiga qarab baholanishi kerak. Bosh yengil, o’rtacha, qo’pol; peshonaning va yuzning nisbatiga qarab – keng peshonali, tor peshonali; shakliga qarab – to’g’ri, botiq va do’ng burunli (qo’y burunli) bo’lishi mumkin. Aravaga qo’shiladigan otlarning boshi to’g’ri shaklli va do’ng burunli buladi. Botiqlik shakli salt miniladigan, o’pkasi yaxshi rivojlangan otlarda uchraydi (arab, axaltaka, sof qonli salt miniluvchi zot otlari)
Ko’zlar harakatchan, ochiq va toza bo’lishi kerak. Salt miniluvchi otlarnig ko’zlari katta
bo’ladi va chaqnab turadi.

Download 63.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling