2-amaliy mashg’ulot. Otlar eksteryerini o’rganish va uni aniqlash uchun o’lchamlar olish. Eksteryer


Tirsak. Normal tirsak uzun bo’lib kurakka tegmasdan orqaga chiqib turadi. Bilaknig uzun


Download 63.77 Kb.
bet4/5
Sana04.10.2023
Hajmi63.77 Kb.
#1691547
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 laboratoriya harbiy xizmat hayvonlari

Tirsak. Normal tirsak uzun bo’lib kurakka tegmasdan orqaga chiqib turadi.
Bilaknig uzun, sermuskul va vertikal joylashgan bo’lishi maqsadga muvofiq. Bilak bo’g’imi murakkab tuzilgan. U chayir, keng, uzun bo’lib, tik joylashishi kerak. Kaft bilakuzuk bo’g’imi va baqay o’rtasida joylashgan. Yuguruvchi va yo’rtoqi otlarning kafti yo’g’on (25-26 sm), paylari yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Baqay (tushoq, tushov) bo’g’imi kaft va baqay oraligida joylashadi. U quruq, keng, toza bo’lib mustahkam paylardan tashkil topgan bo’lishi lozim.
Baqay – baqay bo’g’imi va chocha oraligida joylashgan barmoq suyagi. Baqay oldingi oyoqda 50-55o, orqa oyoqda 55 – 60o qiya joylashgan. Baqay uzun, qisqa, tikka va bo’sh bo’lishi mumkin. Uzun baqay chopqir otlarga hos bo’ladi. Baqay qiya (“yumshoq”) bo’lsa otning yurishi yumshoq, tik bo’lsa, lo’kki bo’ladi. Chocha baqay bilan tuyoq suyagi oralig’ida joylashadi. Ba’zan otlarning fe’lini bilish uchun chochasini bosib ko’radilar.
Tuyoq. Tuzilishiga qarab tuyoqlar normal, yassi, tor, silindrsimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Orqa oyoqlar son, tizza, boldir, sakrash bo’g’imi (to’piq), tovon, baqay bo’g’imi, baqay, chocha, tuyoqdan tashkil topgan. Orqa oyoqlarning muskullari oldingi oyoq muskullariga nisbatan yaxshi rivojlangan. Tez yuguruvchi otlarda son va boldirning uzun muskullari yaxshi rivojlangan. Sonning asosini son suyagi tashkil qiladi. U qancha uzun bo’lsa, ot oyog’ini shuncha keng tashlaydi. Chopkir otlarda son suyagi boldirga nisbatan uzunroq bo’lib, yo’rtoqi otlarda buning aksini ko’rish mumkin.
Boldir qancha uzun bo’lsa, ot shuncha keng qadam tashlaydi. Odimlab yuradigan otlarning
boldir muskullari chopqir otlarnikiga nisbatan kalta va yo’g’on bo’ladi. Boldir bilan tovonning tutashgan joyidagi to’piq burchagi odimlab yuradigan otlarda 150 – 155o, chopqir otlarda 148 – 155o atrofida bo’ladi.
Tizza son va boldir suyaklarnig tutashgan joyida joylashadi.
Sakrash bo’g’imi (to’piq) serpay, quruq, baquvvat bo’lishi kerak. Uning uzun tovon suyagi barcha tipdagi otlar uchun normal hisoblanadi.

Download 63.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling