2-Amaliy mashg’ulot Piroliz va kreking jarayonlarini o‘rganish Peja
Download 326.3 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Амалий ОМС
- Bu sahifa navigatsiya:
- Piroliz va kreking jarayonlari texnologiyasi Piroliz jarayoni.
2-Amaliy mashg’ulot
Peja: 1. Piroliz jarayoni va texnologiyasi. 2. Kreking jarayoni va texnologiyasi. 3. Etan asosida etilen ishlab chiqarish piroliz texnologiyasi. 4. Tеrmik krеking. Piroliz va kreking jarayonlari texnologiyasi Piroliz jarayoni. Piroliz - grekcha so'zdan olingan bo‘lib, “pur”- olov va “lysis” - parchalanish, - degan ma’noni bildiradi, ya’ni kimyoviy birikmalarni qizdirish natijasida parchalanish jarayonini ifodalaydi. Organik kimyoda “piroliz” so’zining ma’nosi - organik birikmalarni yuqori haroratda parchanishi natijasida kichik molekulyar massaga ega bo‘lgan mahsulotlar hosil bo‘lishidir. Piroliz yo‘li bilan yoqilg‘i va moylar yoki asosiy organik va neftkimyosi sintezi uchun xomashyolar olinadi. Piroliz jarayoni XlX-asr oxiridan boshlab qo'llanila boshlandi. Bunda neftni kerosin fraksiyasidan gaz olindi. XX-asrning 50-yillaridan esa, piroliz natijasida etilen, propilen, butenlar, butadien, siklopentadien, benzol, toluol ksilollar va boshqa birikmalar olina boshlandi. 1980 yilga kelib piroliz yo‘li bilan dunyo miqyosida olinadigan neft va gazning 6%, 2000 yilga kelib 20%-dan ortiq turli xil uglevodorodlar olina boshlandi. Piroliz jarayonining asosiy xomashyosi neftni qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan gazlar, neftning benzin va gazoyl fraksiyalari hisoblanadi. Uglevodorod xomashyosining termik parchalanish jarayoni past molekulali olefinlar - etilen va propilen olishdagi asosiy usul bo‘lib qolmoqda. Etilen va propilen ishlab chiqarish bilan bir qatorda piroliz jarayoni bilan dunyo bo‘yicha 80% ga yaqin divinil olinadiPiroliz jarayonida vodorod, metan, etilen, propilen va boshqa olefmlar bilan birga parafinlar, dienlar, atsetilen va uning hosilalari, aromatik uglevodorodlar va boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi. Shartli ravishda piroliz jarayonida sodir bo‘luvchi barcha reaksiyalarni ikkiga: birlamchi va ikqilamchi reaksiyalarga ajratish mumkin. Birlamchi reaksiyalar vaqtida asosan, parafm uglevodorodlarining parchalanishi natijasida kichik molekulyar massali uglevodorodlar hosil bo‘ladi. Reaksiya issiqlik yutilishi va hajmning ortishi bilan boradi. Ikqilamchi reaksiyalar pirolizning keyingi bosqichlarida issiqlik chiqishi va hajmning kamayishi bilan boradi. Demak, piroliz jarayonida asosiy reaksiya, ya’ni parchalanish bilan birga, qo'shimcha reaksiyalar olefinlarni gidrirlash va degidrirlash, kondensatsiya, sikllanish va zichlanish, polimerlanish ham sodir boiadi. Birlamchi reaksiyalar, ya’ni parafmlarni parchalanishi ikki xil yo‘nalishda borishi mumkin: a) C-C bog‘ning uzilishi hisobiga to'yingan va to‘yinmagan uglevodorodlar hosil bo‘ladi: CH 3 -CH 2 -CH 3
→CH 2 =CH
2 + CH
4 (1)
b) C-H bog‘ning uzilishi hisobiga (degidrirlash reaksiyasi):
CH
-CH 2 -CH 3
→CH 2 =CH-CH
3 + H
2 (2)
Termodinamik jihatdan olganda birinchi reaksiyaning borish ehtimoli ko‘proq, chunki C-C bog‘ning uzilish energiyasi C-H bog‘nikiga nisbatan kamroq. Etanni pirolizida esa buning aksi, degidrirlash reaksiyasi borish ehtimoli ko'proq:
CH 3 -CH
3
→ CH 2 =CH
2 + H
2
Yuqorida ko'rilgan ikkita reaksiya ham issiqlik yutilishi bilan, ya’ni endotermik tarzda sodir bo‘Iadi. Demak, jarayon borishi uchun yuqori harorat va past bosim talab etiladi. Butan pirolizi natijasida quyidagi mahsulotlar hosil bolishi mumkin:
Download 326.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling