2-amaliy mashg’ulot Texnologik jarayonlarni tanlash ba tahlil qilish


Download 23.7 Kb.
bet2/5
Sana18.10.2023
Hajmi23.7 Kb.
#1708050
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ameliy

Xayoliy modellashtirish. Xayoliy modellashtirish ba’zi hollarda vaqtning berilgan oralig‘ida amalga oshirib bo‘lmaydigan yoki ularni jismoniy shartlaridan tashqarida yotganligi uchun obyektlami modellashtirishning yagona usuli hisoblanadi. Masalan, xayoliy modellashtirish asosida mikroolamdagi fizik tajriba o‘tkazishga imkon bermaydigan ko‘p vaziyatlarni tahlillash mumkin. Xayoliy modellashtirish ayoniy, belgili va matematik ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin. Obyektni (S tizimni) taqdim etish shakliga muvofiq xayoliy va real modellashtirishni ajratish mumkin. Ayoniy modellashtirish. Ayoniy modellashtirishda, obyektda o‘tadigan hodisalar va jarayonlami aks ettiruvchi real obyektlar haqida turli ayoniy modellar inson tushunchalari asosida yaratiladi. Gipotetik modellashti kutubxonasi rish asosida real obyektda jarayonlar o‘tish qonuniyatlari haqida tadqiqotchi qandaydir gipotezani asos qilib oladi. Bu gipoteza obyekt haqida tadqiqotchining bilim darajasini aks ettiradi va o‘rganilayotgan obyektning kirish va chiqish orasidagi sabab - oqibat aloqalarga asoslanadi. Gipotetik modellashtirish formal modellami qurish uchun obyekt haqidagi bilimlar yetishmayotganda ishlatiladi.

1.3-rasm. Tizimlarning modellashtirish turlarining tasnifi


Analogli modellashtirish. Analogli modellashtirish turli darajadagi anologiyalarni qo‘llashga asoslanadi. Faqat oddiy obyektlar uchun o‘rinli bo’lgan eng yuqori darajalilari to’liq analogiya hisoblanadi. Obyektni murakkablashishi bilan keyingi darajalardagi analogiyalardan foydalaniladi, bunda, analogli model obyektni ishlashining bir nechta yoki faqat bir tarafini aks ettiradi. Xayoliy ayoniy modellashtirishda maketlash muhim o‘ringa ega. Xayoliy maket real obyektda o'tadigan jarayonlar fizikaviy model kutubxonasi lashtirishga imkoni bo‘lmagan yoki modellashtirishning boshqa turlarini o‘tkazishdan oldin qo‘llanilishi mumkin bo'lgan hollarda qo‘llaniladi. Xayoliy maketlarni qurish asosida analogiyalar yotadi, biroq odatda obyektdagi hodisalar va jarayonlar orasidagi sabab - oqibat bog‘lanishlarga asoslanadi. Agar ba’zi tushunchalar, ya’ni alomatlarni belgilashni hamda alomatlar orasida ma’lum amallarni kiritsak, unda alomatli modellashtirishni amalga oshirish mumkin va alomatlar yordamida tushunchalar to‘plamini aks ettirish mumkin, ya’ni so‘zlardan ayrim gaplar va zanjirlar tuzish mumkin. Ko‘plik nazariyasining birlashtirish, kesishish va to'ldirish amallarini qo‘llab, ayrim belgilar orqali real obyektlarga tavsiflar berish mumkin.

Download 23.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling