2-amaliy mashg‘ulot windows otda ishlash ko’nikmalarini takomillashtirish. Reja
Ma’lumotlar tizimidan foydalanish
Download 3.25 Mb.
|
2-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Dasturlarni o’rnatish va o’chirish
5.Ma’lumotlar tizimidan foydalanish
Agar Windows XP dan foydalanishda sizda biron-bir savol yoki qiynchiliklar yuzaga keladigan bo’lsa, tizim sizning savollaringiza tez va oson javob topishingizga yordam beradi. Bundan tashqari har bir dastur o’zining ma’lumotlar tizimiga egaligidan tashqari Windows XP uchun umumiy ma’lumotlar tizimi mavjuddir. Ushbu yo’riqnomadan foydalanish uchun asosiy menyu komandalaridan Spravka i podderjka buyrug‘i tanlanadi. Windows XP OT ining ma’lumotlar xizmati ochiladi.Ushbu oyna Web-sahifa ko’rinishini eslatadi. Rasm.7.12. Ma’lumotlar tizimining asosiy oynasi Ma’lumotlar tizimi ishga tushgandan so’ng olinishi mumkin bo’lgan axborotlar ro’yxati aks etadi. 6. Operatsion tizimlarning tizimli sozlamalari Tizimli parametrlarni sozlash uchun “Moy kompyuter” papkasining kontekst menyusida “Svoystva sistemы” bo’limini tanlang. Windows OT i oilasining boshqa versiyalaridagi kabi Obщie dialog bo’limi Svoystva sistemы oynasida siz tizim haqida umumiy ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin. Rasm. 7.13 “Imya kompyutera” bo’limi kompyuterning tizimli nomini o’zgartirishga yordam beradi. Shu bilan birga kompyuterning ishchi guruh yoki domenga a’zoligini boshqarish mumkin. Rasm. 7.13 “Oborudovanie” bo’limida Windows ni kompyuterning apparat ta’minoti bilan ishlashiga javob beradigan parametrlar to’plangan. Rasm. 7.14 Dispetcher ustroystv tugmasi qurilmalar parametrlarini sozlash va drayverlarni o’rnatish oynasini aks ettiradi. Ustanovka oborudovaniya tugmasi PnP ni o’rnatish va ular uchun eskirgan qurilma (legacy) va drayverlarni o’rnatish va qidirishni tez amalga oshirishga imkon beradi. Profili oborudovaniya tugmasi kompyuterning apparat konfiguratsiyasini sozlashning bir nechta turli parametrlariga ega bo’lish imkonini beradi. Rasm. 7.15 Birinchi bo’lib bu mexanizm Windows NT da paydo bo’ldi. Profil o’z ichiga qurilmaning apparat parametrlari (uzilishi nomerlari, kirish-chiqish portlari va x.k.), u yoki bu qurilmalar faolligi, qurilmaning dasturiy parametrlari (COM-port maksimal tezligi yoki “sichqoncha” yordamida o’tkaziladigan qatorlar soni va boshqalar). Profildan foydalanishning namunaviy misoli bo’lib, bog‘lanish tuguniga ulanadigan va undan uziladigan portativ kompyuter uchun alohida profillarni yaratishga xizmat qiladi. Standart bo’yicha faqat bitta profil - "Profile 1" mavjud. Yangi profilni “noldan” boshlab yoki ixtiyoriy mavjud profildan nus’ha olish yo’li bilan yaratish mumkin. Agar profillar ro’yxatidan bir nechta profillar mavjud bo’lsa “yuklanish” vaqtida Windows XP ulardan birini tanlashni taklif qiladi. 7.Dasturlarni o’rnatish va o’chirish |
ma'muriyatiga murojaat qiling