2-Amaliy mashg’uloti Mavzu: Berilgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlarning orientirlash burchaklarini o’lchash, qiyalik burchagi va nishabligini aniqlash, yo’nalish profilini chizish


Download 389.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2023
Hajmi389.73 Kb.
#1094854
Bog'liq
2-Amaliy



2-Amaliy mashg’uloti
Mavzu: Berilgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlarning orientirlash
burchaklarini o’lchash, qiyalik burchagi va nishabligini aniqlash, yo’nalish
profilini chizish.
 
Maqsad:Orientirlash burchaklarini o’lchash, qiyalik burchagi va nishabligini 
aniqlash hamda yo’nalish profilini chizishni o’rgatish. 
Kerakli jihozlar: daftar, ruchka, qalam, chizg’ich. 
 
Ishning bajarilish tartibi: 
Orientirlash burchaklari 
Boshlang’ich deb qabul qilingan yo’nalishga nisbatan joydagi chiziqni
yo’nalishini aniqlashga orientirlash deyiladi.
Boshlang’ich deb qabul qilingan yo’nalish bilan orientirlanayotgan joydagi 
yo’nalish orasidagi burchakka orientirlash burchagi deyiladi.
Orientirlash burchagi boshlang’ich yo’nalishning shimolidan soat strelkasi
yo’nalishida orientirlanayotgan yo’nalishgacha o’lchanadi.
Orientirlash burchagi 0° dan 360° gacha bo’lgan kattalikni olish mumkin.
Masalan: OX - boshlang’ich yo’nalish. OS chizig’ining OX ga nisbatan 
yo’nalishi α orientirlash burchagi yordamida aniqlanadi.
2.1-shakl. 
 
Qiyalikning yotiqlik nishabligi va qiyalik burchagini topish 
Qiyalikning yotiqlik nishabligi va qiyalik burchagi (3.1), (3.2) formulalardan 
yoki grafik usulda quyilish masshtablari grafiklaridan foydalanib 3.3-§ da bayon 
qilingan usullarda topiladi 2.1-rasmdagi kartaning janubi sharq qismida quyilish
masshtabi keltirilgan, undan foydalanishda kartadan o’lchagich qadamiga B va S 
nuqtalar orasidagi (6511) s masofa olinib, uni quyilish grafigiga qo’yiladi va egri 
chiziq bilan kesishish nuqtasi topiladi.
Masalan, quyilish grafigidan olingani v
bc
=2,4°, (3.1) formula bo’yicha 
hisoblangani esa v
bc
=2,3° yoki (3.2) formulaga ko’ra i = 41%. 
Kartada berilgan yo’nalish bo’yicha joy profilini yasash 
Malinovka sh (6411) shamol dvigateli (6412) chiziq bo’yicha planli profilni 
yasash uchun to’g’ri chiziq o’tkazilib, unda karta masshtabida K, 1, 2, 3, 4, 5, 6, E 
va q.k. nuqtalar, ya’ni gorizontallarning KE to’g’ri chiziq bilan kesishish nuqtalari 
orasidagi gorizontallar yoki interpolyatsiyalashdan topilgan belgilarga teng. 
Bu nuqgalar belgilari profil asosiga perpendikulyarlarga gorizontal 
masshtabdan 10 marta yirikroq masshtabda qo’yiladi.


Hosil bo’lgan nuqtalar silliq egri chiziq orqali tutashtiriladi. (2.2-rasm). 
Profil’ yordamida joy nuqtalari orasidagi o’zaro ko’rinishni bilish mumkin, 
buning uchun ularni to’g’ri chizik bilan tutashtirish kerak. Agar nuqtalar orasida 
ko’rinish bo’lmasa, ulardan birini qanday miqdorda ko’tarish kerakligini aniqyaash 
mumkin. Agar bir nuqtadan bir necha yo’nalishlar bo’yicha profillar yasalsa, unda 
kartaga shu nuqtadan ko’rinmaydigan (ko’rinmaslik maydoni) joy uchastkalarini 
kartaga tushirish mumkin.
 
 
2.2-rasm. KE bo’yicha bo’ylama profil’. Masshtablar: gorizontal:25 000; 
vertikal: 5000. 
 

Download 389.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling