2 aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” “Xalqaro bolalar kitoblari kuni ga bag‘ishlangan bayram ssenariysi
Download 22.4 Kb.
|
“Xalqaro bolalar kitoblari kuniga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- boshlovchi
- Sahnaga kitob siymosida bir o‘quvchi chiqadi va she’r o‘qiydi.
- 2- boshlovchi: Rivoyat aytadi.
2-boshlovchi: Shunday ekan, bugun ushbu dargohga 2 aprel –“Xalqaro bolalar kitoblari kuni”ni nishonlash uchun yig‘ildik.
1-boshlovchi: Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2 aprel sanasini “Xalqaro bolalar kitoblari kuni “sifatida nishonlashadi. Bu sananing ham o‘ziga xos tarixi bor albatta. 1967 yilda Xalqaro bolalar kitobi kengashi 2 aprel sanasini bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu sana o‘z-o‘zidan tanlangan emas. Hamma gap shundaki, ushbu sanada buyuk ertakchi Xans Kristian Andesen dunyoga kelgan kundir. 2- boshlovchi: Bu kun jahon miqyosida sayyoramiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodga ularning intellektual salohiyati va ma’naviy boyligini shakllantirishda kitobning mohiyati va o‘rnini anglashga da’vat qiladi. 1-boshlovchi: An’anaga ko‘ra bugun bayramimizga mashhur bolalar yozuvchilari va shoirlari taklif qilingan. Tantanamizga bolalar yozuvchilaridan tashqari mashhur bolalar rassomlari ham taklif etilgan, ular ushbu kunni targ‘ib qiluvchi plakatlarga rasmlar chizganlar. Shuningdek, tadbirimizga kitobsevar o‘quvchilar ham tashrif buyurganlar navbatni ularga beramiz. Sahnaga kitob siymosida bir o‘quvchi chiqadi va she’r o‘qiydi. Tanishaylik, men - kitob, Asl bilimlarga kon. Boylik beray behisob, Bo‘lsang agar qadrdon. Lekin yirtib, burdalab, Kamaytirma varag‘im. Sendan yana bir tālab Iflos qilma hech yog‘im. Yana bir o‘quvchi kitobni sharaflab she’r o‘qiydi. Kitobda bilim lim-lim, O‘qi qunt bilan, do‘stim. Topmoq istasang kamol, Oltin olma, duo ol. Tinmay o‘qisang agar, Ko‘p narsani o‘rgatar. Bilsang, yo‘lingda oftob, Bilim koni bu - kitob. 2- boshlovchi: Rivoyat aytadi. O‘tgan zamonda bir podsho vaziru ulamolarini yoniga chaqirib ularga «Dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?» - degan savolni beribdi. Ulamolarning biri qilich desa, ikkinchisi hamma narsadan xabar beruvchi narsa - oynai jahon, debdi. - Uch kun muhlat beraman, - debdi ulamolarining javobidan darg‘azab podsho. Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Vazir podshoning savoliga shu donishmand javob bēra olishiga aqli yetibdi va uni izlab topibdi. Unga podshoning savolini aytibdi. Donishmand hech ikkilanmay: «Kitob. Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa bilimdir», - debdi. Donishmandning vazirga bergan javobi podshoga ma’qul tushibdi. Download 22.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling