Didaktika tushunchasi mohiyati


Download 74.07 Kb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi74.07 Kb.
#1420131
  1   2   3
Bog'liq
DIDAKTIKA TUSHUNCHASI MOHIYATI.


DIDAKTIKA TUSHUNCHASI MOHIYATI.
Reja:

Kirish.
1.Didaktika tushunchasi


2. Didaktikaning asosiy tamoyil va kategoriyalari.
3.Axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari.

4. Didaktika tamoyillarining tarixi


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Didaktika tushunchasi


Didaktikaning asosiy tushunchalariga ta‘lim, ta‘lim jarayoni, ta‘lim tamoyillari,ta‘lim metodlari, ta‘lim shakllari, ta‘lim vositalari, bilim, kо’nikma, malaka, о’qitish,о’qish va shu kabilar kiradi.
Didaktikaning bir birga o’xshash quyidagi ma’nolari ko’p ishlatiladi.
1.Didaktika so’zi yunoncha “didaktikos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘qitish, o‘rganish ma’nosini bildiradi.
2.Didaktika (ta’lim nazariyasi) - (yunoncha “didaktikos” “o‘r gatuvchi”, “didasko” - “o'rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolari)ni o‘rganuvchi fan.
3) Didaktika - pedagogikaning ta‘lim nazariyasi bilan shug’ullanadigan tarmog’i;
4) Didaktika bu - ta‘lim nazariyasi.
Ma’lumot – shaxsning о’qish, о’rganish natijasida о’zlashtirgan bilim, kо’nikmalari hajmi, yо’nalishi va darajasi
Bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
Bilim – о’quvchi va talabalarning tabiat, jamiyat, fan-texnika yutuqlari haqida hosil qilgan ma‘lumotlari. o’quvchi yoki talabalarga taqdim etiladigan nazariy ma‘lumot.
Ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
Kо’nikma – о’quvchi yoki talabaning о’zlashtirgan bilimlari asosida muayyan amaliy harakatni bajara olish faoliyati.
Malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
Malaka – о’quvchi yoki talabada muayyan о’quv materiali va kasbni chuqur о’zlashtirish natijasida hosil bо’lgan avtomatlashgan mahorat.
Kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
Usul - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish uchun qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasi.
Ta’lim – о’quvchi va talabalarga bilim berish, ularni tarbiyalash,rivojlantirish kо’nikma va malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
Ta’lim axboroti – muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda qо’llashi uchun ta‘lim oluvchiga taqdim etiladigan bilim.
Ta’lim berish, o’qitish – 1) ta‘lim jarayonining asosiy tomonlaridan biri, О’quvchining tezkor faoliyati, bilimlar zahirasini о’zlashtirishi, ularni mustaqil egallash usullarini о’rganishi hamda amalda qо’llashni bilishiga yо’naltiriladi; 2)о’qituvchi tomonidan о’quvchi va talabalarga bilim berish, rivojlantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayoni
Ta`lim vositasi – muayyan о’qitish metodi yoki usullaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun zarur bо’lgan yordamchi о’quv materiallari
Ta’lim mazmuni – о’quvchilarni haqqoniy, ilmiy dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar bilan tanishtirishga qaratilgan bilimlar tizimi
Ta’lim metodikasi – muayyan о’quv predmetini о’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi
Ta’lim metodi – voqelikni amaliy va nazariy egallash, о’zlashtirish, о’rganish, bilish uchun yо’l-yо’riqlar, usullar majmuasi, pedagogik bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Ta’lim monitoringi – ta‘limdagi biror jarayonni baholash maqsadida maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatuv va nazorat qilish.
Ta’lim prinsiplari – yoshlarga ta‘lim-tarbiya berishda ta‘lim maqsadlariga muvofiq о’qitishning asosiy xarakterini belgilab beruvchi tayanch qoidalar.
Ta’lim standarti – muayyan ta‘lim jarayonining modeli, namunasi, etoloni, meyorlari, qoidalari, talablari davlat tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjat.
Ta’lim texnologiyalari
1) ta‘limning yanada samaraliroq shakliga erishish uchun, inson zahiralarini va ular о’rtasida о’zaro ta‘sirni hisobga olgan holda bilimlarni о’zlashtirish, ta‘lim jarayonini baholash, amalga oshirish, tizimli rejalashtirish metodi;
2) ta‘limning texnik vositalari va kompyuterlarni shunchaki qо’llash emas, balki ta‘lim samaradorligini oshirishga qaratilgan omillarni tahlil etish asosida loyihalash usuli,material (о’quv metodik) va maqbul metodlar yordamida ta‘lim jarayonini qulaylashtirish usullarini ishlab chiqish va uning tamoyillarini aniqlash;
3)aniq maqsadga kо’ra о’quv jarayonini boshqarishga oid didaktik muammolarni hal qilish, bunda erishiladigan yutuqlar aniq tavsif va ta‘riflarga asoslanishiga erishish metodi.
Kasbiy mahorat – ta‘lim jarayonida pedagogik strategiya, strategik maqsad va vazifalarni tо’g’ri belgilash, qarorlar qabul qilish, ta‘lim jarayonini loyihalashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish, ta‘limni boshqarish jarayoniga tizimli yondashuvlarni loyihalash texnologiyalarini joriy etish hamda boshqaruv usullari, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanishdan iborat kasbiy texnika darajasi.
Didaktik qobiliyat: o'quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o'zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Didaktik material – о’quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishga yо’naltirilgan maxsus о’quv materiallari.
Didaktik tashxis maqsadi - о‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish. Didaktik tizim (yunoncha “sy stema” - yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) - ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit hoiatini belgilash, ajratib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchinmg bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Didaktikaning predmeti ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitidapedagog rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmog‘idir.
Yaqin va O‘rta Sharqda Al-Xorazmiy, Kindiy, Abu Nasir Forobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom kabi mutafakkirlar ilmiy didaktikaga asos solgan bo‘lsalar, Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog I. G. Pestalossi, nemis pedagogi A. Disterveglar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
Al-Xorazmiy, Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy va ularning izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga mana shu predmetning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish sodir bo‘lishi hamda shakllanishiga e’tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar.
Al-Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi.
Kindiy substansiyani barcha ilmiy bilimlarning bosh predmeti sifatida ko‘rib chiqishda, eng avvalo, miqdor va sifatni hissiy idrok etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substansiyani bilishdan ham mahrumligim uqtirdi. Olim o‘zining didaktik g‘oyalarida hissiy va ratsional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish yakka narsalami bilishdan iborat boisa, oqilona bilish umumiy narsalami bilish ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat aql uchun material beradi. Sabablar haqiqatni bilishda va o‘zining anashu haqiqatga muvofiq xatti-harakatlarini anglashda insonning aqliga ko‘maklashadi. “Haqiqat, - deb yozgan edi Kindiy, har qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir, binobarin, hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi bilan mavjuddir. Haqiqatni bilish zarur va shunga ko‘ra mavjud narsalami bilish mumkin”.
Abu Nasr Forobiy o‘qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ulami amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o‘qitishning amaliy yo‘nalishi va kishilaming hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bogiiqligi g‘oyalarini olg‘a surgan. Olim o‘qitishning tajriba ko‘rsatmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e’tibor bergan. Barcha metodlami o‘quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan talablami ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo‘yib, o‘quvchilarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida e’tibor berish haqida, eng muhim narsalami fanga ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hokazolar bo‘yicha o‘qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan.
Abu Nasr Forobiy matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayoni va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomil- lashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolaming oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali amalga oshadi. Mantiq, obyekti anglashga qaratilgan va aql yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘g‘riligini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalami aniq bilishga yordam beradi.
Abu Nasr Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha ham anchagina mufassal tavsiyalami ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun nazariy a qaysi fanga taalluqli bo‘lsa-da, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart:
1. Mazkur fan asosidagi hamma prinsiplami to‘liq bilish.
2. Mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma’lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish.
3. Noto‘g‘ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan farqlash, xatolarni to‘g‘rilash uchun boshqa mualliflaming fikrlarini tahlil qila bilish. Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala bilishning manbalari masalasi doimo Beruniy nazariy bilish faoliyatining diqqat markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida tahlil va talqin qildi. U o‘zidan oldingi olimlar ishlab chiqqan bilishning ilmiy metodlarini rivojlantirib, didaktik yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi: “O‘qish va takrorlash orqali, - deb yozgan edi Beruniy, dunyoning tuzilishini, osmonning va yerning shakllarini bilish astronomiya fani uchun g‘oyatda foydalidir.
Binobarin, ana shu tariqa ta’lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san’at ahli ishlatadigan so‘zlami o‘rganadi, bu so‘zlaming ma’nosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya fanidagi turli sabablar va isbotlami o‘rganishda ana shunday so‘ziar uchrasa, ularni bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalami o‘zlashtirishda charchamaydi”.
Abu Rayhon Beruniy ta’kidlaganidek, o‘qitish izchil, ko‘rsatmali, maqsadga muvofiq bo‘lishi va ma’lum tizimda olib borilishi lozim. Binobarin, ko‘rsatmalilik ta’limning tushunarliroq, muayyanroq va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, tafakkumi rivojlantiradi.
Ibn Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta’limoti o‘qitish nazariyasida alohida o‘rin egalladi. Uning fikricha, buyumlami chinakam bilishga tashqi ko‘rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi.Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalami tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikmi idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi. Olim aqliy faoliyatni bosqichlarga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, siyoh va qalamni ham bilmaydigan bolaning aqlini nazarda tutgan; ikkinchi bosqichda tayoqchalami chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan bolaning aqli tasawur qilinadi; uchinchi bosqichda inson aqliy shakllami va ularga muvofiq hissiy obrazlami egallagan bo‘ladi. Ibn Sino aql deganda insonning tug‘ma iste’dodini, shuningdek, tajriba asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Aqlni insonning birlamchi tug‘ma sog‘lom fikrlashi, yaxshi va yomon ishlami vujudga keltiradigan, ularni farqlantiradigan kuch, deb ta’riflaydi. Aql insonning xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson aql yordamida narsalar va hodisalami tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda ulaming eng yaxshilarini tanlaydi, deb uqtiradi. Shuningdek, aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ulaming biri nazariy aql bo‘lib, borliqdagi umumiy narsalaming mohiyatini idrok etishdir, ikkinchisi esa amaliy aql bo‘lib, buyumlami tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatdir.
Abdulla Avloniy o‘zining barcha tadqiqotlarida ilm muam- mosini birinchi o‘ringa qo‘ygan. “Alhosil, - deb yozgan edi u, butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilm bilan bog‘liqdur... Shuning uchun o‘qimak, bilmak zamonlarini qo‘ldan bermay, vujudimizning dushmani bo‘lgan jaholatdan qutulmakka jonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur”. Abdulla Avloniy ilm tarbiya jarayonida o‘zlashtiriladi va u yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi, deb hisoblaydi. U tarbiya bilan ta’limning birligi muammosini ishlab chiqdi. Garchi Avloniy ta’lim bilan tarbiya o‘rtasida ozgina farq borligini aytgan bo’lsa ham, ular tana va jon singari bir-biriga chambarchas bog’liqdir, deydi.Yuqoridagi asarlaming nomlaridan va pedagogik fikrlardan ayon boiadiki, mazkur mualliflar didaktikaga o‘qitish san’ati sifatida, shuningdek, o‘ziga xos amaliy ko‘nikma sifatida qaraganlar.
Didaktika tushunchasini Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ham ana shu yo‘sinda sharhlagan. Kelajak avlodga tizimli taiim berish jarayoni va o‘qitishning xususiyatlari va qonuniyatlarini mantiqiy va izchil o‘rganadigan, uning o‘ziga xos jihatlarini belgilab beradigan, inson sivilizatsiyasining rivojlanish jarayonida shakllangan ilmiy soha didaktikadir. Mazkur termin yunon tilidan olingan boiib ( didaktikos), “o‘rgatuvchi”, didasko esa “o‘rganuvchi” ma’noni anglatadi. Ushbu tushuncha pedagogik atama sifatida nemis olimi Ratke (Ratixiem) (1571-1635) tomonidan kiritilgan boiib, u didaktikani taiim berish sanhati, yahni amaliy ko‘nikma sifatida ko‘rgan.
Mazkur tushuncha turli tarixiy davrda turlicha talqin qilib kelingan:
YA.A. Komenskiy (1592-1670) o‘zining “Buyuk didaktika” asarida didaktika “barchani barcha narsaga o‘qitishning universal sanhati”, “ma’naviy qadriyatlami shakllantirish” vazifasini bajaradi, degan g‘oyani ilgari surgan;
I.F.Gerbart (1762-1841) didaktikaning nazariy asoslarini ishlab chiqishda taiim va tarbiya, o‘qitish va o‘qish jarayonlarini birlashtirgan holda “tarbiyalovchi ta’lim” deb tushungan;
D.Dyui (1859-1952) taiim jarayonida asosiy e’tibomi o‘quvchining faolligiga, shaxsiy tajriba va aqliy faoliyat qobiliyatini shakllantirish asosidagi amaliy faoliyat tamoyillariga qaratgan.
Mazkur pedagogik yondashuvlar va konsepsiyalar didaktikani o‘qitish va o‘rganishning nazariyasini tavsif qiluvchi fan sifatida tushunishga o‘zining jiddiy ta’sirini o‘tkazdi. Bir vaqtning o‘zida didaktika umumlashgan ijtimoiy va madaniy tajribani keyingi avlodga tizimli yetkazish bilan bogiiq fan sifatida shakllanganligiga e’tibor qaratish mumkin. Shu bilan birga, taniqli bolgar faylasufi va pedagog olimi I.Marev didaktikaning tarixiy rivojlanish davriarini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratgan.
Birinchi bosqich - YA.A.Komenskiygacha bo‘lgan davr.
Ushbu bosqich o‘rta asr sxolastikasi hukmronlik qilgan sharoitda ilmiy asoslamnagan “pedagogik va didaktik ijodiyot” shakllanganligi, didaktik jarayonni anglash, “tarbiya an’analari va udumlari” rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ikkinchi bosqich — YA.A.Komenskiydan kibernetika fani (boshqaruv jarayonlari nazariyasi) kirib kelgungacha bo‘lgan davmi (1950) o‘z ichiga oladi va ushbu bosqichda pedagogik va didaktik nazariyalaming rivojlanishi, ulaming asosiy qonun va qonuniyatlarining shakllanishi bilan ajralib turadi.
Uchinchi bosqich - kibernetika fani kirib kelishidan hozirgi kungacha bo‘lgan davrdir. Ushbu bosqich hal qiluvchi bosqich bo‘lib, pedagogika va didaktikaning dolzarb vazifalarini yechish, yangi didaktik materiallami yaratish va ulardan samarali foydalanish, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlaming yaratilishi bilan bog‘liq.
Didaktikaning fan sifatidagi ko‘p asrlik tarixi davomida “pedagogika” va “didaktika” ilmiy kategoriyalar o‘rtasidagi munosabatlami aniqlashga doir turli yondashuvlar shakllandi. I.Marev va boshqa mutaxassislar fikricha pedagogika va didaktika o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi konseptual yondashuvlar asosida talqin etilishi mumkin:
- pedagogika va didaktika o‘xshash tushunchalar;
- pedagogika va didaktika o‘rtasida yaxlitlik va uning tashkil etuvchisi (bir qismi) sifatida munosabatlar shakllanganligi;
- “didaktika” - “pedagogika” nisbatan hajm jihatidan kengroq tushuncha;
- pedagogika va didaktika alohida mustaqil fanlar;
Yevropa va Amerika, sobiq ittifoq hamda sharqiy Yevropa pedagog olimlari tomonidan ham mazkur ilmiy sohalar (pedagogika va didaktika) o‘rtasidagi munosabatlar va o‘zaro bog‘liqliklar turlicha talqin qilib kelingan, yagona yondashuv va konseptual pozitsiyaga kelinmaganligining asosiy sababi “didaktika” tushunchasining o‘zini talqini turlicha bo'lganligidadir. Bu boradagi an’anaviy yondashuvga asosan didaktika pedagogikaning bir qismi sifatida qaraladi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahami yatini baholar ekan, quyidagi fikrlami bildiradi: faol pedagogik muloqot o'qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarni bilish va o'rganish kaliti va o'quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo'lgan emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to'siqlaming paydo bo'lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlarni to'g'ri yo’ga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayon o'qituvchining o'z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchur imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.
Ilg‘or o'qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko'rsatadiki, dars jarayonida o'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o'qituvchini ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, unda O‘quvchilar bilan o'zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo bo'ladi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilish mumkin ba'zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o’qituvchiga o'zming dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, his- tuyg‘ularini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda O‘qituvchining peda gogik mahoratida "Bilish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish baholash” kabi didaktik qonuniyatlar taiim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan.T.S.Polyakovaning ishi endigina o’z faoliyatini boshlayotgan o‘qi tuvchilar duch keladigan tipik didaktik qiyinchiliklarga bag'ishlangan didaktik qiyinchiliklarga shunday ta’rif beradi:
«Didaktik qiyinchiliklar - o'qituvchining ta’lim jarayonidagi qiyinchiligi bo’lib, uni hal qilis) uchun shart— sharoitlar yo'qligi, keskinlik, beparvolik, o'z ishidat qoniqmaganlikning psixologik holati yoki aksincha, uni bartaraf qilis) uchun sharoitlar ta’ minlangani holda pedagogik mahoratni takomillashtirish, pedagogik «fikrlashni», malaka va ko'nikmalami rivojlantirishni ta’minlaydigan tetiklik, mobilizatsion tayyorgarlik, emotsional Kо’tarinkilik holatining mavjud emasligi».

Download 74.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling