2. Armaturaning sortamenti. Armaturaning fizik-mexanik xossalari


Download 403.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi403.95 Kb.
#1507457
1   2   3   4
Bog'liq
1 тема практика

Armaturalash usullari 
Temirbeton konstruksiyalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish 
maqsadida 
payvandlangan sim to‘r va karkas ko‘rinishidagi armaturalar qo‘llaniladi. Uzunasiga 
ishchi sterjen bir yoki ikki qator qilib joylashtiriladi. Uzunasiga joylashtirilgan 


94 
sterjenlarni ko‘ndalangiga joylashtirilgan sterjenlar bilan bir tomonlama payvandlash 
texnologik jihatdan qulayroq. 
Yassi karkaslarni ba’zan to‘r deb ham yuritiladi. Yassi karkaslar odatda 
opalubkaga o‘rnatilgandan so‘ng loyihada ko‘rsatilgan holatlarini saqlash uchun bir-
biri bilan ulash uchun bog‘lovchi sterjenlar qo‘llaniladi, natijada fazoviy karkas hosil 
bo‘ladi. 
Payvand karkaslarini loyihalashda kichik diametrli sterjenlarni kuydirib 
qo‘ymaslik uchun payvandlash texnologiyasi shartlarini hisobga olish zarur, buning 
uchun d
w
>0.25

d bo‘lishi shart, bunda d
w
-ko‘ndalang qo‘yilgan sterjenlar diametri, d-
uzinasiga qo‘yilgan sterjenlar diametri. Payvandlangan 
karkaslar 
uzun
elementlarni (to‘sin, ustun va h.k.) armaturalash uchun, payvand to‘rlar esa asosan 
plita konstruksiyalarini armaturalash uchun qo‘llaniladi. Ishchi sterjenlar yo‘nalishiga 
qarab: 
a) uzunasiga joylashgan ishchi armatura;
v) ko‘ndalangiga joylashgan ishchi armatura;
s) har ikkala yo‘nalishda joylashgan ishchi armatura turlariga bo‘linadi. To‘rlar
o‘rama va yassi holda bo‘ladi. O‘rama to‘rlarda uzunasiga qo‘yilgan ishchi armatura 
diametri 5mm dan ortiq bo‘lmagan armaturalardan tayyorlanadi. Agar diametri 5mm 
dan ortiq bo‘lsa, ishchi armaturasi ko‘ndalang joylashgan o‘rama to‘rdan yoki yassi 
karkaslardan foydalaniladi. O‘rama to‘rlarda ko‘ndalang sterjenlarning maksimal 
diametri 8mm dan oshmaydi. 
O‘rama va yassi to‘rlar B-1, B
r
-1, A-I, A-II, A-III sinfli armaturalardan 
tayyorlanadi. 
To‘qima to‘r va karkaslar murakkab ko‘rinishli shakllarda va monolit 
konstruksiyalarda, shuningdek dinamik va ko‘p takrorlanadigan yuk ta’sirida 
ishlaydigan konstruksiyalarda qo‘llaniladi. To‘qima to‘r va karkaslar yumshoq 
(d

0,8...1 mm) sim bilan sterjenlar bir-birini kesib o‘tgan joyidan bog‘lab chiqiladi. 
21.3-rasm. Armturani payvandlash 
a-chok ulash; v-yoy payvand (ikki tomonli yon chok);
b-yoy payvand (to‘rt tomonli yon chok);
g-yoyli vanna;


95 
Armaturalarni chokli yoki yoyli payvandlash usuli bilan hamda payvandlamay 
birlashtiriladi. Zavod sharoitida 10 mm va undan ortiq diametrli armatura sterjenlarni 
birlashtirish uchun chok ulash (kontakt) usulidagi payvandlashdan foydalaniladi. 
Qurilish sharoitida 20 mm va undan ortiq sterjenlarni chokini ulash uchun yoyli 
vanna usulida payvandlash qo‘llaniladi. Diametri 20 mm dan kam bo‘lgan 
sterjenlarni ikki tarafidan qo‘yilgan armatura bo‘lagiga to‘rt yon chok yoy payvand 
qilinadi. Shuningdek, ikki uzun (bir tomondan) yon chokli payvand ham qo‘llash 
mumkin.
21.4-rasm. Payvandlangan sim to‘rlarni bir-biriga ulanishi. 
a- ishchi armatura yo‘nalishida;
b- taqsimlovchi armatura yo‘nalishida.
d
1
-ishchi armatura diametri;
d
2
-ko‘ndalang armatura diametri;
L
ov
-sim to‘rlarini bir-biriga kiritilgandagi uzunligi.
Payvand to‘rlarining uchlari bir-biriga kirgan holda ishchi armatura yo‘nalishida 
chok payvandsiz bajariladi. Birlashtirilayotgan ishchi sterjenlar har xil yoki bir xil 
yo‘nalishda joylashtiriladi. Bunda to‘rning uzunasiga ishchi armatura birlashgan 
qismida ko‘ndalang ikki dona sterjendan kam bo‘lmagan payvandlangan to‘rlari bir-
biriga kirgan holda joylashishi kerak. 
To‘rdagi ishchi sterjenlarning payvandlangan qismining zaruriy uzunligini 
beton va armatura sinfiga bog‘liq holda formula yordamida aniqlanadi. 
Ikkinchi yo‘nalishda (ishchi armatura ko‘ndalang joylashgan holda) payvand 
to‘r choklari (taqsimlovchi armatura birlashtirilayotgan paytda) bir biriga 50 mm 
kiritilib taqsimlovchi armatura diametri 4 mm gacha bo‘lsa, agar diametri 4 mm dan 
ortiq bo‘lsa 100 mm uzunlikda payvandsiz bir-biriga kiritiladi. 

Download 403.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling