2. Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kirish

Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi

Download 208.39 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi208.39 Kb.
#1646247
1   2   3   4   5
Bog'liq
amirbek

2. Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi.

Hozirgi davrda sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqarishga keng joriy qi-lish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, korxona mablag‘larini ijaraga olish (lizing) munosabatlari.

Ijara munosabatlari deganda nima tushuniladi?
Ijara munosabatlari tushunchasining mohiyati shundan iboratki, bunda ijarachi ijara beruvchidan shartnoma asosida ishlab chiqarish vositalari, yer va boshqa mol-mulklarni ma’lum bir muddatga ijara to‘lovi asosida foydalanish uchun oladi. Ijara munosabatlarida ijara haqi muhim rol o‘ynaydi va ijarachi bilan ijara beruvchi munosabatlarini keltirib chiqaradi.
Asosiy vosita ijarasi bu, ijaraga oluvchini ho‘jalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy vosita ob’ektlaridan foydalanishi yoki mulkchilik huquqiga ega bo‘lishga asoslangan shartnomadir.
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ijara shartnomasi, ijara haqi miqdori, ijara muddati, tomonlarning ijara shartlarini bajarish bo‘yicha majburiyatlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘zida mujassam etishi lozim.
Ijaraning quyidagi turlari mavjud:
Ijara muddatiga qarab:
uzoq muddatli ijara - bir yil va undan ortiq muddatga;
qisqa muddatli ijara - bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga;
Mulkni topshirish shartiga ko‘ra:
moliyalashtirilgan;
joriy.
Asosiy vositalarni moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirishda asosiy vositalarni joriy qiymatigacha qayta baholash amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati (agar topshi-riladigan ob’ektdan foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq qiymati (agar topshirishgacha ob’ektdan foydalanilgan bo‘l-sa) va joriy qiymati orasidagi farq, ular moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirilgan takdirda kelgusi davrlar daromad (xarajat)lari sifatida aks ettiriladi. Lizing to‘lovi hisoblab yozilishi davomida ular bir maromda (har oyda) moliyaviy faoliyatdan olingan daromadga kiritiladi.
Misol. Lizing beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshlang‘ich qiymati 350000 so‘mlik bo‘lgan uskunani moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshiradi, 300000 so‘mlik shart-noma qiymati bo‘yicha hisoblab yozilgan eskirish 140000 so‘m.
Provodkalar quyidagicha bo‘ladi:
- shartnoma bahosi bo‘yicha chiqib ketish hamda joriy va uzoq muddatli qismini ajratgan holda butun lizing davri uchun belgilangan lizing to‘lovlarining aks etishi:
D-t 0920, 4810-«Moliyaviy lizing bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» - 300000 so‘m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 300000 so‘m.
Boshlang‘ich qiymatni hisobdan chiqarish:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so‘m
K-t 0130-«Mashina va uskunalar» - 350000 so‘m.
- hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish:
D-t 0230-«Mashina va uskunalarning eskirishi» -140000 so‘m
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so‘m.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasini aks ettirish quyidagicha bo‘ladi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 90000 so‘m
K-t 7230,6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - 90000 so‘m.
- lizing to‘lovlari kelib tushganda:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4810-«Lizing bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar».
Bir vaqtning o‘zida moliyaviy faoliyatdan olingan daromaddan muddati uzaytirilgani daromadning tegishli qismini hisobdan chiqarish buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»
K-t 9550-«Moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra mol-mulkni topshirishdan olingan daromad».
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ijara shartnomasi, ijara haqi miqdori, ijara muddati, tomonlarning ijara shartlarini bajarish bo‘yicha majburiyatlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘zida mujassam etishi lozim.
Moliyaviy ijara ob’ektlarini keyinchalik moliyaviy ijaraga berish maqsadlarida xarid qilish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlari ularni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" yoki 6120 "Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoxud boshqa tegishli schyotlar;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarini xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti, 6110 "Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanadigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanmaydigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) ijara ob’ektini xarid qilish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatgan mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi):
debet 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ekti sotuvchi tomonidan ijaraga beruvchini (lizingga beruvchini) chetlab bevosita ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) yetkazib berilsa, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida moliyaviy ijara ob’ektining kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi yozuvlar moliyaviy ijara ob’ektining harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ekti sotib olingan bo‘lsa, lekin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) ma’lum sabablarga ko‘ra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur moliyaviy ijara ob’ekti undan foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0800) hisobga olinadi.
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
Moliyaviy ijara ob’ektlari berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan moliyaviy ijara ob’ektining boshlang‘ich (agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq (agar ob’ekt berilgunga qadar foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa) qiymati o‘rtasidagi farq 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotida hisobga olinadigan moliyaviy ijara ob’ektlarining qayta baholash natijalarini, ya’ni ushbu moliyaviy ijara ob’ekti bahosining oldingi o‘sishi summasining, ijara ob’ekti bahosining oldingi pasayishi summasidan ortgan summasini hisobga olgan holda tuzatishlar qilingandan so‘ng, kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara (lizing) to‘lovining hisoblanishiga qarab bir maromda (oyma-oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlariga (boshqa operatsion xarajatlariga) olib boriladi.
Moliyaviy ijara ob’ektlarining ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) berilishi, agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlari moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) moliyaviy ijara ob’ektining qayta baholash natijalari (qoldiq) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar";
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarini berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
d) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarini berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti.
Moliyaviy ijara ob’ektlarining ijaraga oluvchiga berilishi, agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni asosiy vositalar tarkibida bo‘lgan holatda, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
b) asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
v) asosiy vositalarning jamlangan eskirishi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
g) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) asosiy vositalarning ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (qoldig‘i) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
Moliyaviy ijara ob’ektlarining moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarning hisobdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
kredit 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schyoti.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4830 "Olinadigan foizlar"schyoti;
kredit 9550 "Moliyaviy ijaradan daromadlar"schyoti.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4830 "Olinadigan foizlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4830 "Olinadigan foizlar" schyoti.
Moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektining qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara ob’ektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini muddatidan oldin qaytarishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara to‘xtatilgan sanadagi moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara ob’ektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti - joriy qismi;
debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan xarajatlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti - joriy qismi;
kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
d) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Ijaraga oluvchida (lizinga oluvchida) moliyaviy ijara bo‘yicha operatsiyalarning hisobi
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.

Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olib kelingan moliyaviy ijara ob’ektlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlarini ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha kirim qilish:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyoti;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarini belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara ob’ektlarini boshlang‘ich qiymat bo‘yicha foydalanishga topshirish (ularning asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi):
debet 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800).
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyoti;
b) Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni ishchi holatda saqlab turish (joriy, o‘rtacha yoki kapital ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar.
Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlarni hisoblash va ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara (lizing) to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyoti;
kredit 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti;
b) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga:
debet 9610 "Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar" schyoti;
kredit 6920 "Hisoblangan foizlar" schyoti;
v) ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara (lizing) to‘lovlarining joriy qismi to‘langanda:
debet 6920 "Hisoblangan foizlar" schyoti;
debet 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 "Boshqa berilgan bo‘naklar" schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
d) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) oldin to‘langan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6920 "Hisoblangan foizlar" schyoti;
debet 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4330 "Boshqa berilgan bo‘naklar" schyoti.
1-jadval

Download 208.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling