2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ekoanalitik monitoring nazorati olib borilmoqda
“Chiqindilar to‘g‘risida” yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini
Download 112.05 Kb.
|
Atrof muhitni muhofaza qilish bo\'yicha olib borilayotgan chora tadbirlar
“Chiqindilar to‘g‘risida” yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
beshta xavf-xatar toifasi tizimi o‘rniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish; ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni iqtisodiy rag‘batlantirish; sanoat ob’ektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash; o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud bo‘lgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yig‘ish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish; tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash tizimini tashkil etish. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin: Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat inspektorlarining tekshirish o‘tkazishiga to‘sqinlik qilganlik, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hududlari va inshootlarini ko‘zdan kechirishga qo‘ymaslik yoxud ular tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishga boshqacha tarzda to‘sqinlik qilganlik, shuningdek, jismoniy yoki yuridik shaxslarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarmaganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish; ekologik ekspertiza organlarini qayta tashkil etish va optimallashtirish, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub (mahalliy ta’sir) faoliyat turlari bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarini soddalashtirilgan shaklda taqdim etish, hujjatlarni topshirish va qabul qilishning elektron tizimini joriy etish, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish. 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlar (shaharlar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tahlil laboratoriyalari va inspeksiyalarni bittadan maxsus avtotransport bilan ta’minlashni hisobga olgan holda, Davlat ekologiya qo‘mitasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 184 ta avtotransport vositalarini saqlash uchun qo‘shimcha limit ajratsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi” amalga oshirilishini yoritishga oid maqolalar va mavzuga oid teleko‘rsatuvlarni tashkil etsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF–5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 17. Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin. 18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J.Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin. Download 112.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling