2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chi
Download 144 Kb.
|
12 мавзу
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos", "Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq bu band auditorning fikridan oldin joylashtiriladi.
Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin: auditorlik tashkilotining fikri bo’yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga; auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo’lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga. Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga ta’sir etmasdan shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. Masalan, amaliyotdan quyidagi misolni ko’rsak. Tushuntirish (izoh) paragrafida hisob metodikasini o’zgartirish masalasi kiritilgan Intelning 2002 yildagi moliyaviy hisobotlariga berilgan so’zsiz ijobiy xulosasi ERNST & YOUNG LLP auditorlik tashkilotining Intel korparatsiyasini aktsionerlari va Direktorlar kengashiga yo’llagan mustaqil auditor xulosasi Biz Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil holati balansini va 28 dekabr 2002 yilda tugovchi har bir uch yil uchun daromadlar, xususiy kapitali va pul oqimlari haqida tegishli konsalidatsiyalashgan hisobotlarining auditini o’tkazdik. Bizning auditimiz shuningdek, indeksdagi 15 (a) – bandda hisoblab chiqilgan moliyaviy hisobot grafigini ham o’z ichiga oldi. Ushbu moliyaviy hisobot uchun javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida. Bizning majburiyatimiz o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida fikr bildirishdan iborat. Biz auditni Qo’shma Shtatlarda umum qabul qilingan audit standartlariga mos ravishda o’tkazdik. Bu standartlar, auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatolar yo’qligiga etarlicha ishonch hosil qiladigan darajada rejalashtirishimizni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit sonli ko’rsatkichlarni tasdiqlash va moliyaviy hisobotlarni ochib berishni tasdiqlovchi dalillarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, foydalanilayotgan buxgalteriya hisobi printsiplari baholari va rahbariyat tomonidan yo’l qo’yilgan muhim xatoliklarni, hamda, moliyaviy hisobotni umumiy ko’rinishini baholashni ham o’z ichiga oladi. Biz tomonimizdan o’tkazilgan audit fikrimizni bildirish uchun etarlicha asos beradi, deb o’ylaymiz. Bizning fikrimizcha, konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobot Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil bo’yicha hisoboti konsalidatsiyalangan moliyaviy holatiga nisbatan hamma mavjud (muhim) munosabatlar bo’yicha ishonchli aks ettiradi, shuningdek, 28 dekabr 2002 yil uchun Qo’shma shtatlarda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi printsiplariga mos holda pul mablag’lari harakatini ham ishonchli aks ettirgan. Bundan tashqari, bizning fikrimizcha, umuman olingan asosiy moliyaviy hisobotlarga nisbatan munosabatlar ko’rib chiqilganda, mos keluvchi grafik, unda bayon qilingan axborotlarning hamma muhim munosabatlari ishonchli ko’rsatilgan. 2 – eslatmadagi konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda ko’rsatilgandek, 30 dekabr 2001 yildan kompaniya moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq №142 – “Ishbilarmonik obro’si (gudvil) va boshqa nomoddiy aktivlar haqida” bayonnoma qabul qildi. Ernest & Young San – Xose, Koliforniya Modifikatsiyalanmagan xulosaning oxirgi xatboshisi auditorlik xulosasi audit ekspertizasini o’tkazish natijalari bo’yicha tuzilganligini bildiradi. Bu band shunchalik muhimki, auditorlik xulosasi ko’pincha shu xatboshi nomi bilan “auditor fikri” deb ham ataladi. Fikrlar xatboshisi faqat tekshiruv natijasidagi faktni yoki kafolatning tasdig’i emas balki xulosalar professional mulohazalarga asoslanganligini ko’rsatadi. AQShdagi Wm.Wringley Jr.Company uchun modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobotga javobgarlik bo’yicha rahbariyatning xati Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling