AutoPlay Media Studioning har bir buyruqlarni bajaruvchi tugma va unga
mos skriptlar uchun tayyor kodlar to’plamini ham taqdim etadi.
Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “
Create a new project”
bandini
tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan
iborat quyidagi muloqot oynasi ochiladi (2.2-rasm):
2.2-rasm. Loyiha shablonlari ro’yhati
2.3-rasm. “Quiz” loyixasi
AutoPlay Media Studio dasturi oynasining tuzilishi
Biz yaratayotgan
ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud
loyihalardan birini tanlashimiz yoki o’zimiz istagan
yangi loyihani yaratishimiz
mumkin. Quyida “
Anketa” deb nomlangan loyiha tanlangan (2.3-rasm):
AutoPlay Media Studio dastur oynasi quyidagi tuzilishga ega.
1. Dastur oynasining sarlavha satri.
2. Dastur oynasining menyu satri.
3. Uskuna (
Instrument) lar paneli satri.
4. Loyiha elementlari muloqot oynasi.
5. Xususiyatlar (
Properties) muloqot satri.
6. Holat va loyiha hajmi (
Project Size) satri.
Dastur oynasining sarlavha satrida loyiha nomi,
dastur nomi va oynani
boshqarish elementlari joylashgan. Oynaning menyu satrida quyidagi menyular
joylashgan:
File (Fayl). Bu menyu orqali yangi loyiha
yaratish, mavjud loyiha oynasini
ochish, loyihani saqlash,
loyihani eksport qilish, dasturdan chiqish kabi ishlarni
bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: