2. Banklar hisob-operatsion apparatining tuzilishi. “Front ofis” va “Bek ofis”ga bo‟lingan buxgalteriya tuzilmasining xususiyatlari


Download 344.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana17.10.2023
Hajmi344.99 Kb.
#1705745
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Banklarda buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi

 
7. Bank balansi va uning tuzilishi. 
Bankning buxgalteriya balansi 
– bank moliyaviy faoliyati natijalarini 
ko‗rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir. Balans yordamida bank 
faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi. Banklarda balans har bir ish kuni 
bo‗yicha kunlik balans tuziladi.
Balansning birinchi bo‗limi ―AKTIVLAR‖ bo‗limi bo‗lib, o‗z ichiga bir 
qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab 
hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan. 
Bu hisob raqam nomi ―Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari‖ bo‗lib, o‗z ichiga 
―Kassadagi naqd pullar‖, ―Naqd pullar zaxirasi‖, ―Yo‗ldagi naqd pullar‖, ―Valuta 
almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar‖, ―Bankomatlardagi naqd pullar‖, 
―Bank binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar‖ kabi bir qator 
subhisob varaqamlarni birlashtiradi.


56 
Bundan tashqari, ushbu bo‗limda 10300 – ―O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy Bankidagi hisob varaqamlari‖, 10500 – ―Bankning boshqa banklardagi 
hisob raqamlari‖ nomli asosiy hisobvaraqlar va ularga tegishli bo‗lgan bir qator 
subhisob raqamlari ochilgan. Respublikadagi mavjud qonun qoidalarga asosan 
barcha Respublika tijorat banklari O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o‗z 
vakillik hisobvaraqlarini ochadilar.
Oldi-
sotdi uchun mo‗ljallangan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha operatsiyalar 
hisobini yuritish uchun 10700 hisob raqam ajratilgan 10900 hisob raqami esa oldi-
sotdi uchun mo‗ljallangan qimmatbaho metallarni hisobga olish uchun 
mo‗ljallangan. Bu ikkala asosiy hisob raqamlar ham bir necha subhisob raqamlarni 
o‗ziga birlashtiradi.
Bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bir qator asosiy hisob 
raqamlarda hisobga olib boriladi. Masalan: 12100 
Boshqa banklarga berilgan 
qisqa muddatli kreditlar, 12300 
– Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 
12500 
– Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12600 – Yakka 
tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12700 
– Davlat 
korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12900 
– 
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 13100 
– Xususiy korxonalar, xo‗jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar. 
Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasnif qilinadi. Sud 
jarayonidagi kreditlar va avanslar 15300 asosiy hisobraqamda olib boriladi. Bank 
investitsiyalari 15900 asosiy hisob raqamda hisobga olinadi va ikki kategoriyaga 
bo‗linadi: 
– Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag‗lar, O‗zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
Bankining 
obligatsiyalariga 
hamda 
xususiy 
obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag‗lar; 
– O‗z qimmatbaho qog‗ozlariga qo‗yilgan investitsiyalar. Bu qimmatli 
qog‗ozlarning hisobi yuqorida ko‗rsatilgan hisob raqamda olib borilmaydi. 
Bankning asosiy vositalari 16500 hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
– bank aktivlarining asosiy moddalaridan 
biri hisoblanadi, chunki bank o‗z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, 
operatsiyalarni bajarish uchun shart-
sharoitga ega bo‗lishi lozim.
II bo‗lim «MAJBURIYATLAR» bo‗limi bo‗lib, bank balansining 
majburiyatlar bo‗limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari muddati va 
uni qo‗ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi. 


57 
Barcha depozitlar talab qilib olingunc
ha saqlanadigan, jamg‗armali va 
muddatsiz depozit turlariga bo‗linadi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar 20200 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi. Unga o‗zi o‗z ichiga 
20202-20296 sub hisob raqamlar kiritiladi. Bu sub hisob raqamlar turli mulkchilik 
shakllariga tegishli bo‗lgan mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari 
bo‗yicha alohida tasniflanadi. Jamg‗armali va muddatli depozitlar ham xuddi 
shunday tasniflanib, ular bo‗yicha hisob 20400 va 20600 hisob raqamlarda
Bank 
balansining III bo‗limi «XUSUSIY KAPITAL» bo‗limidir. Ushbu 
bo‗lim o‗z ichiga 30300 – «Ustav kapitali», 30600 – «Qo‗shimcha kapital» va 
30900 
– «Zaxira kapitali» deb nomlangan asosiy hisob raqamlarini oladi. Tijorat 
bankining aksiyadorlik kapitali banknin
g o‗z mablag‗lari hajmini ifodalaydi. 
Markaziy Bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasini va tuzilmasini 
tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi. 
Kapital bo‗limida yuqoridagi hisob raqamlardan tashqari 31200 hisob raqam 
―Taqsimlanmagan foyda‖ni hisobga olib borish uchun, 30908 hisob raqam esa 
boshlang‗ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‗shimcha qiymatni 
hisobga olib borish uchun ochilgan. Ushbu hisob raqamda inflyasiya natijasida 
bank asosiy vositalari qiymati 
qayta baholanganda ularning boshlang‗ich bahosiga 
nisbatan qo‗shimcha qiymatining summasi aks ettiriladi. 
Bank daromadlarini hisobga olish uchun IV bo‗lim, ya‘ni
―DAROMADLAR‖ bo‗limi ajratilgan. ―Daromadlar‖ bo‗limi o‗z ichiga bankning 
hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daromadlar 40200-
44900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari bo‗yicha amalga 
oshirilgan operatsiyalari natijasida olgan foizli daromadlari 40201-44901 hisob 
raqamlarda hisobga olib boriladi. Balans hisoboti davrida hisoblangan, lekin xali 
olinmagan daromadlar summasiga 16300 
– «Aktivlar bo‗yicha hisoblangan 
foizlar» hisobvarag‗idagi tegishli balans hisob raqamlari debetlanadi va unga mos 
kelgan daromadlar balans hisob raqami kreditlanadi. 
45800 asosiy hisob raqamda investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar 
hisobga olib boriladi. Investitsiyalarni sotish qiymati ushbu aktivlarni sotib 
olingandagi qiymati yoki balansga kirim qilingan qiymati nisbati yuqori bo‗lganda 
foyda olinishi mumkin. 
Boshqa foizsiz daromadlar 45900 asosiy hisob raqamda hisobga olib 
boriladi. Bu hisob raqam bankning imoratlari, jihozlari, ko‗chmas mulki va boshqa 
xususiy mulklari kabi aktivlari ijarasidan olingan daromadlarning hisobini yuritish 
uchun mo‗ljallangan.
Bank balans
ining V bo‗limi bu «XARAJATLAR» bo‗limidir. Bu bo‗limda 
hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob raqamlar 


ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo‗yicha foizli xarajatlarining hisobi
50101-54902 
balans 
hisob 
raqamlarida 
yuritiladi. 
Barcha 
xarajatlar
majburiyatlarning turlari bo‗yicha tasniflangan.
Bank bino-
inshootlarini, jihozlarini, ko‗chmas mulkni sotishdan ko‗rilgan
zararlar hamda yuqorida ko‗rsatilgan hisob raqamlarda, hisobga olingan
zararlarning hech biriga tegishli bo‗lmagan boshqa foizsiz xarajatlar 55900-
«Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy hisob raqamda aks ettiriladi.
VI bo‗lim «KO‗ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO‗YICHA HISOB
RAQAMLAR» bo‗limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi balans
ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buning
uchun hisob raqamlar rejasidagi har bir balansdan tashqarida joylashgan hisob
raqam uchun kontr 
– hisob raqam biriktirib qo‗yilgan bo‗lib, ular buxgalteriya
yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi.
Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‗z ichiga
olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo
qo‗yishlari lozim. Shundan so‗ng, bank ish kuni to‗liq yakunlangan hisoblanadi.


Download 344.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling