2. Belgilansinki
Avtomobil yo‘llarini qurishda sifat nazorati
Download 412.22 Kb.
|
ay qurish malikov shohjaxon 121 19
Avtomobil yo‘llarini qurishda sifat nazorati
Yo‘l to‘shamasining qurilish jarayonidagi sifat nazorati har bir yotqiziladigan qatlamin navbatma-navbat tekshirib, kamida har 100 m masofada quyidagi o‘lchovlarni olish bilan amalga oshiriladi: - yo‘l o‘qi bo‘ylab balandlik o‘lchovi; - eni (kengligi); - o‘q bo‘ylab materialning zichlanmagan qatlam qalinligi; - ravonligi (3 metrlik reyka ostidagi yo‘l qoplama, asosi chetidan 0,75-1,0 m masofada 5 ta nuqtada, reyka uchlaridan va bir-biridan 0,5 masofada joylashgan reyka ostidagi tirqishlar). Boshqa tekshiriladigan o‘lchovlar ro‘yxati va ularni nazorat qilish, ushbu qoidalarning tegishli boblarida keltirilgan. Nazorat paytida, ko‘rsatkichlari doimiy qo‘llaniladigan asboblarning o‘lchoviga to‘g‘ri keluvchi, yangi, tezkor o‘lchov asboblardan foydalanish mumkin. Noorganik bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh, shag‘al va qum materialdan asoslar va qoplamalarni qurishda qo‘shimcha quyidagilar nazorat qilinadi: - smenada kamida bir marta qorishma namligi GOST 5180, materiallar mustahkamligi O‘zRST 23558 va tuz eritmalarining sovuq haroratdagi og‘irligi (tuzlarning suvdagi og‘irligi); - etti smenada kamida bir marta qorishmaning tuzilmalarini qo‘shishdagi sofligini nazorat tortish bilan. Zichlashdagi sifatini og‘irligi 10-13 t li katokni nazorat qilinayotgan qismining butun uzunligi bo‘yicha tekshiruv yurgizishi o‘tkazish bilan aniqlanadi, bunda asosda (qoplamada) katokning izlari qolmasligi va g‘ildiraklar (valetslar) oldida to‘lqinlar paydo bo‘lmasligi kerak. Asos va qoplamalar qurilishi uchun ishlatiladigan hamma materiallarni amaldagi tegishli sinov usullari standartlari bilan tekshiriladi. Tayyor asfaltobeton qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: - qoplama tekis bo‘lishi kerak, tekislikning cheklangan me’yorlari SHNQ 3.06.03ni 10.7-jadvalda keltirilgan - qoplamalar yuzasi bir jinsli tekis ko‘rinishli, bo‘shliqsiz va buzilishlarsiz, ulanish choklari bilinmas, tekis va chetlari to‘g‘ri bo‘lishi, qoplamaning kengligi loyihadagi ko‘rsatkichdan ±10 cm dan ko‘p farq qilmasligi kerak, qalinligi oddiy mashinalar qo‘llanilganda ±5% dan ko‘p farq qilmasligi kerak. Ko‘ndalang nishabliklar ruxsat etilgan o‘zgarishlar o‘lchami kamida 80% ni tashkil qilishi lozim; oddiy kompleks mashinalar ishlatilganda ±10%ga o‘zgarishi va nishabliklarning ruxsat etilgan chegarasi -0.20dan +0.03gacha oraliqdan chetga chiqishi mumkin emas. Avtomat nazorat moslamaslik mashina qo‘llanilganda ruxsat etilgani ±0.005, chegara ko‘rsatkichidan 0.010 va 0.015 dan chetga chiqmasligi lozim; Qoplamalarning qatlamlari bir-biri bilan va asos bilan yaxshi yopishgan bo‘lishi lozim, namunalar olinganda, har bir qatlam bilan mustahkam yopishgan bo‘lishi kerak; - issiq va issiq qorishmalardan qoplamalar yotqizilgandan 10 sutka o‘tgandan so‘ng pastki qatlam zichlik koeffitsienti 0.98 dan, yuqori qatlamniki esa 0.99 dan; V, G va D turlari uchun 0.98 dan kam bo‘lmasligi kerak. Avtomobil g‘ildiraklarining nam asfaltobeton qoplamasi bilan ish yakunlanganda ilashish koeffitsienti 10.9-jadval talablariga javob berishi lozim. Asfaltobeton qorishmalarini tayyorlash jarayonida quyidagilar nazorat qilinadi; materiallar sifati, mineral materiallarning va bitumlarni me’yorlash aniqligi; asfaltobeton qorishmasini va bitumlarni isitish tartibi; mineral materiallarning bitum bilan qo‘shib aralashtirish vaqti; tayyor asfaltobeton qorishmasining harorati; uning sifatining o‘rna-tilgan tartib va standart talabiga javob berish. Materiallar hususiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, asfaltobeton qorishmasining tarkibiga o‘zgarishlar kiritiladi. Qurilgan qoplamada: zichlik koeffitsienti va qatlam qalinligi; qatlamlarning bir-biri va asos bilan mustahkam yopishishi; asfaltobetonning xususiyatlarining ko‘rsatkichlari texnik talablarga javob berishi; qoplamaning g‘adir-budirligi o‘lchovlari, avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ilashishini nazorat qilinadi. Qoplama tekisligi, ko‘ndalang nishabligi va qatlam qalinligi SHNQ 3.06.03ni V-ilova(majburiy)ga binoan aniqlanadi. Asfaltobetonning sifatini nazorat qilish uchun qoplamadan kernlar yoki bo‘laklar olinib, qoplamaning zichlanish koeffitsientini aniqlash, hamda asfaltobetonning xususiyatlari standart talablariga javob berishni, ularni shakllantirib yoki shakllantirmasdan sinaladi. Issiq va issiq qorishmadan bo‘lgan qoplamadan, yotqizilgandan 10 sutka o‘tgandan so‘ng namunalar olinadi. Ustki qatlam qalinligi 3 cm dan kambo‘lgan taqdirda kernlar va bo‘laklar quyi qatlam bilan qo‘shib olinadi. Sinashdan oldin ustki qatlam quyi qatlamdan asta ajratib olinadi. Kern va bo‘laklar faqat harakat tasmasi o‘rtasidan olinmasdan, qoplamalar etarli darajada harakatlar bilan zichlanmagan joylardan, hamda ikki qatnov qismi yoki harakat tasmasi birlashishi yaqinidan ham olinadi. Namunalar: qoplama keng bo‘lmagan joyda uchta 1 km da; qoplama eni 7 m dan keng bo‘lsa har bir 7000 m2 maydon 3 ta namuna hisobidan olinadi. Download 412.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling