Tadqiqotning maqsad va vazifalari


Download 136.41 Kb.
bet1/19
Sana23.04.2023
Hajmi136.41 Kb.
#1385665
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor mahsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muhim o'rin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga o'rnatilgan baho mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil qilayotganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab qilishi lozim.
Bu bo'limda sub'ektga tegishli bo'lgan tovar-moddiy zahiralari, shu jumladan, yo'ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqarish va boshshqa xo'jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan mehnat buyumlari, xom ashyo va materiallar, aylanma mablag'larning tarkibiga kiritilgan mehnat buyumlarining tarkibi, miqdori, harakati, ularni tayyorlash, sotib olish, qayta baholash jarayonlari to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishning tartib va qoidalari o'rganiladi.
O'rganish jarayonida tovar-moddiy zahiralarining tarkibi, holati,harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e'tibor berishi lozim.Buxgalteriya hisobining ma'lumotlari o'zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini-moddiy boyliklardan unumlm foydalanish, sarflar me'yorini pasaytirish,tovar-moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash va qo'riqlash va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishi lozim.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi-O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning auditini o'tkazishning hozirgi kundagi holatini tahlil qilish, qilingan tahliliy ma'lumotlarga asoslangan holda, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, tovar-moddiy zahiralarni baholash va uni audit qilishning bugungi kundagi muammolarini hal qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda dissertatsiyada quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:
-Tovar-moddiy zahiralarni baholash va ularni nazoratini o'tkazishning mohiyati, uning milliy iqtisodiyot korxonalari uchun ahamiyatini ochib berish, xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish;
-Korxonalar hisob siyosatida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditorlik tekshiruvidan o'tkazish yo'nalishlarini o'rganib chiqish va uni hozirgi kundagi holatini tahlil qilish;
-O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholashning kontseptual asoslari va auditini takomillashtirish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirish va takliflar kiritishdan iboratdir.
Shu bilan birgalikda, korxonalar hisob siyosatida tovar-moddiy zahiralarni baholanishi belgilash xususiyatlari va uning auditi yuzasidan tahlil ishlari olib boriladi va ushbu faoliyatni hozirgi kundagi haqiqiy holati haqida xulosalar beriladi.
Yuqoridagi tahliliy ishlardan kelib chiqqan holda Respublikamiz korxonalari faoliyatida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditini takomillashtirish yuzasidan tegishli xulosalar beriladi.

Download 136.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling