Tadqiqotning maqsad va vazifalari
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati
Download 136.41 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ishining predmeti.
- Tadqiqot ishining obekti
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, Respublikamiz korxonalari hisob tizimida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditini takomillashtirish bo'yicha bayon qilingan fikr-mulohazalar Respublikamizda ushbu hisob va nazorat tizimini olib borish va takomillashtirish jarayonlarida qo'llanilishi mumkin.
Tadqiqot ishining predmeti. Mazkur tadqiqotning predmeti bo'lib korxonalar tomonidan tovar-moddiy zahiralarni qay darajada to'g'ri baholanalayotganligi hamda ular tomonidan tovar-moddiy zahiralar baholanishining hisobi va auditi qay darajada yuritilayotganligi va Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda tovar-moddiy zahiralar baholanishi va uning auditini rivojlangan mamlakatlar bilan qiyosan o'rganish va tahlil qilish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu masalalar bo'yicha yangiliklarni ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi. Tadqiqot ishining ob'ekti – “Audit Fair Service” mas’uliyati cheklangan jamiyati auditorlik tashkilotida olib borilayotgan faoliyat natijalari hisoblanadi. Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Dissertatsiya predmetini tadqiq qilishda O'zbekiston Respublikasi buxgalter va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan tovar-moddiy zahiralar baholanishi tartibi va uning auditini tashkil qilish bo'yicha ishlab chiqilgan yo'riqnomalar, assotsiatsiyaning choraklik, yillik hisobotlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohaga taalluqli bahosio'lgan qarorlari hamda me'yoriy hujjatlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uni auditini o'tkazishning hozirgi kundagi holatini tahlil etish, qilingan tahliliy ma'lumotlarga asoslangan holda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning auditini tashkil etishga oid muammolarni hal etish quyidagi aniq tadqiqot natijalarida ko'rinadi: -Korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning hisobini tashkil etish holati va uni qay darajada hisob tamoyillariga muvofiq kelishi o'rganildi; -Milliy iqtisodiyot korxonalari uchun tovar-moddiy zahiralar to'g'ri baholanishi va uning auditini tashkil etishning ahamiyati ochib berildi hamda buxgalteriya hisobi sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasi o'rganildi; -Tovar-moddiy zahiralar baholanishi va uning auditini tashkil etish bo'yicha ishlab chiqilgan xalqaro milliy standartlar qiyosiy tahlil etildi; -O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholashning kontseptual asoslari va auditini takomillashtirish bo'yicha tegishli xulosa va takliflar berildi; Download 136.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling