2. "Bilgamish" dostonining turk xalqlari eposiga munosabati


Abu Ali ibn Sinoning adabiy faoliyati


Download 292.8 Kb.
bet12/16
Sana05.01.2022
Hajmi292.8 Kb.
#208077
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
adabiyot

Abu Ali ibn Sinoning adabiy faoliyati


Buyuk qomusshunos Abu Aln ibn Sinoning ijodiy faoliyatn juda xilma-xil va rang-barangdir. Alloma oʻz davridagi mavjud boʻlgan hamma fanlarda ham salmoqli iz qoldirgan.

Ibn Sino dunyoda, birinchi navbatda, buyuk tabib sifatida mashhur boʻlgani bilan birga olimlar nazdida buyuk faylasuf sifatida ham hurmatli. Uning nnsonga, birinchi navbatda, praktik jihatdan zarur boʻlgan tibbiy asarlari olim nomini dastlab butun dunyoga taratdi va uni oʻchmaslikka olib keldi.

Ibn Sino tabibgina boʻlib qolmagan edi, u oʻz davrining buyuk mutafakkiri, keyingi asrlar fani, adabiyotiga salmoqli taʼsir koʻrsata olgan buyuk siymo edi. Uning aniq fan sohalarndagi asarlari hamda falsafa va adabiyot bobidagi katta xizmatlari haqli ravishda uni jahon fani va madaniyatnning ajoyib bir namoyandasi deyishga huquq beradi. Uning falsafiy-estetik gʻoya va qarashlari jahon madaniyati erishgan yutuqlar qatoriga kirdi.

Ibn Sino njodidagi ajoyib xususiyatlardan biri shuki, u asarlarida oʻz davrining juda koʻp ilgʻor gʻoyalarini koʻrinarli aks ettira oldi.

Ibn Sino – shoir. Ibn Sino maʼrifatparvar shoir edi. U insonlarni fan va madaniyat, bilim va maʼrifat oʻchogʻini yoqishga, ilmiy yoʻlda ogʻishmay kamolat hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgoʻy, vijdonli boʻlishga – xullas, nnsoniylikning eng yaxshi xislatlarini oʻzida aks ettirib, mujassamlantirishga va inson degan ulugʻ nomni yanada yuqori koʻtarishga chaqiradi.

Ibn Sino maʼrpfatparvar sifatida oʻzida shoirlik qobiliyatini sezgan chogʻlaridayoq xalq oʻrtasida tabobatni keng koʻlamda yoyishga intilganini koʻramiz. Uning tibbiyotga ond dostonlari shundan dalolat beradi. Ibn Sino bu dostonlarini aruzning rajaz vaznida yozgan. Shuning uchun baʼzan bu asarlarni urjuza deb ham ataganlar. Shu vaznda u tibbiyotga atab bir qancha sheʼriy asarlar yozdi, hozircha, bular soni toʻqqizta. Ular quyidagilar:



  1. “Sogʻliqni saqlash – gigiyenaga oid urjuza”.

  2. “Toʻrt fasllar haqida urjuza”.

  3. “Anatomiyaga oid urjuza”.

  4. “Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza”.

  5. “Tajribadan oʻtgan tibbiy narsalar haqida urjuza”.

  6. “Tibbiy nasihatlar yozilgan urjuza”.

  7. “Mantiqqa oid yozilgan urjuza”.

  8. “Aloqa haqida urjuza”.

  9. “Tabobat haqida urjuza”.

Ibn Sino yozgan bu dostonlarning sakkiztasi tibbiyotga, bittasi mantiqqa ond asardir. Bu dostonlarning eng yirigi “Tibbiy doston” nomi bilan mashhur boʻlgan.

Ibn Sino bu asarini yozganida hali u meditsina olamiga tanilmagan va oʻzining mashhur “Tib qonunlari” asarini yozmagan ham edi. Ibn Sinoning tabobatga oid bu dostoni uning bu sohadagi ilk asari edi. Bu bilan Ibn Sino ham tabobat, ham sheʼriyatga dadil qadam qoʻya oldi. Hatto u bu asari orqali oʻz gʻoyalarini yoyishni koʻzda tutganlarini ifodalab shunday deydi: “Men bu urjuza – dostonga kamolat toʻnini va husn saruposini kiygazdim, uni oʻrganish osonroq va mashaqqati kamroq boʻlsin deb, toʻqilishini oson va vaznini yengil qildim”.

Arab maʼrifatparvari va adibi Jurjiy Zaydonning koʻrsatishicha, rajaz vazni sheʼr vaznlarining eng avvalgisi va eng qadimgisidir. Bu vazndagi baytlar masnaviyga oʻxshash qofiyadosh boʻladi. Bu vazn oʻz davrida xalqchil, odamlar orasida keng tarqalgan vazn boʻlgan. Har kim ham bu vaznda sheʼr ayta olgan, keyinchalik bu bahr kengayib, urjuza deb ataladigan qasida va sheʼrlar bitilgan. Odatda gapga usta har bir arab bu yoʻl bilan sheʼr ayta olgan.

Ibn Sino dostonlarining eng yirigi boʻlgan “Tibbiy doston” 1956 yili Parijda va mantiq haqidagisi 1910 yili Qohirada nashr etilgan. Tibbiy doston qisqa nasriy muqaddima bilan boshlanib, keyin nazmiy yoʻlda davom etadi. Nashr etilgan nusxaga koʻra tibbiy dostonda 1326 bayt boʻlib, 2652 yoʻl sheʼrdan iborat. U yerda muallif ozgina nazmiy muqaddima (oʻn olti bayt)dan soʻng nazariy meditsinaga oʻtadi, bunga 705 bayt bagʻishlangan, soʻng amaliy meditsinaga oʻtadi, bunga esa 605 bayt bagʻishlangan.

Undan tashqari Ibn Sino falsafiy sheʼrlar ham yozgan, bu borada uning yigirma bayt, yaʼni qirq yoʻllik nafs-jon haqidagi mashhur sheʼri ham bor. Ibn Sinoning bu sheʼri kichik hajmli boʻlishiga qaramay, koʻp faylasuflar unga sharhlar yozishgan, u bir necha bor nashr ham etilgan.

Nasr yoʻlida Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan mashhur asarlaridan “Hayy nbn Yaqzon”, “Risolatat-tayr”, “Salomon va Ibsol”, “Yusuf” kabi qissalarini aytish mumkin. Qissa deganda hozirgi arab adabiyotida hikoya janrini tushunamiz. Lekin oʻrta asrda qissa soʻzi doston, povest maʼnosida ham ishlatilgan. Odatda qadim Sharq adabiyotida kichnk hajmdagi prozaik asar boʻlsa qissa janriga kiravergan. Shuning uchun ham Ibn Sino “Hayy ibn Yaqzon”, “Salomon va Ibsol” va “Yusuf” asarlarini qissa deb atagan.

Bu qissa 1174 yilda Ibn Azro tomonidan sheʼr bilan ibroniy tiliga tarjima qilinib, “Hayy nbn Maqiz” qissasi nomi bilan mashhur. Bu tarjima 1736 yili Istambulda bosilgan.

Ibn Sinodan oʻn ikki yil keyin vafot etgan shogirdi Abu Mansur Husayn ibn Muhammad ibn Zaylo al-Isfahoniy ustodining bu asariga sharh bogʻlagan. Undan keyin “Hayy ibn Yaqzon”ni nomaʼlum bir kishi forschaga tarjima qilib, sharh yozgan. Bu tarjima sharhning bir nusxasi Toshkentda, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti kitob fondida ham saqlanmoqda.

Oʻrta asrlarda faylasuflardan Ibn Tufayl va Shahabuddin Suhravardiylar Ibn Sinoning bu qissasidan ijodiy foydalanib, shu nomda tamoman boshqacha, original asar yaratdilar.

Abu Ubayd al-Juzjoniyning yozishiga qaraganda, Ibn Sino bu asarini hijrnyiing 414 yili (milodiy 1023) Hamadonga yakin boʻlgan Farajdan qalʼasida toʻrt oy qamalib yotgan paytida yozgan. Shayx bu vaqtlarda 44 yoshlarda boʻlgan.

“Hayy ibn Yaqzon” qissasining tili, stili juda ogʻir, ayrim hollarda tushunib boʻlmaydigan iboralar, ortiqcha sinonim soʻzlar qatorlashtirilib yuborilgan boʻlib, tushunish va tarjima qilishni ancha mushkullashtiradi. Buning bir sababi boʻlib, albatta, bejiz boʻlmasligi kerak. Hatto ibnsinoshunos Gʻarb olimlaridan Mehren bunday qiyin formada fikr yuritishni zamondosh teologlar hujumiga uchramaslik uchun shunday qilgan, deb izohlaydi. “Ibn Sino bu risolalarini, – deb yozadi Mehren, – oʻzining eng yaqin shogirdlari uchun yozgan. Bu asarlardan uning dunyoga boʻlgan qarashini ham bilish mumkin”.

“Hayy ibn Yaqzon” qissasining bosh qahramonn – birinchi shaxs Ibn Sinoning oʻzi boʻlsa, uning suhbatdoshi, hikoya qiluvchi – Hayy ibn Yaqzon – Uygʻoq oʻgʻli Tirik – Aqldir.

Qissadagi beshta aloqa boʻlimi insondagi bor boʻlgan beshta tashqi sezuv organi – koʻrish, taʼm bilish, hidlash, eshitish, sezishdir. Bular kishi organizmida tabiatni tushunishda, munosabatda boʻlishda misoli bir xabarchidir.

Ibn Sinoning bu qissasi koʻp jihatdan majozny, ramziy bitilgan, kishilar feʼli atvorini oʻz ichiga qamrab ololgan va hayotiy gaplardan mulohaza yuritadigan adabiy asar hamdir. Mana shu nuqtai nazardan qaraganimizda qissaning ikki planda – ham falsafiy, ham adabiy planda yozilganligini koʻramiz. Darhaqiqat, Ibn Sino bu asarida ham ramz – ishoralar orqali, adabiy vositalar yordami bilan oʻziga tuyulgan maʼlum qarashlarini bayon qilgan.

“At-Tayr” – “Qush asari”. Ibn Sinoning adabiy ijodiga kiradigan asarlaridan biri uning “Risolat at-tayr” (“Qush risolasi”)dir.

Bu asar ham aslida ramz – ishoralar bilan yozilgan boʻlib, olimning jon, haqiqat toʻgʻrisidagi fikr va gʻoyalarini bilish uchun ham ahamiyatga molik. Sharqning yirik siymolaridan Farididdin Attor “Mantiq ut-tayr”, ulugʻ Navoiy “Lison ut-tayr” kabi asarlarnni yozishida Ibn Sinoning shu asari asosiy turtki boʻlgan deyish mumkin. “Qush” haqida birinchi oʻlaroq kichik asar yozgan Ibn Sinodan soʻng bu sohada asar yozganlar uni yanada chuqurroq, yanada kengroq boʻlishini taʼminladilar.

Ibn Sinoning bu asari bilan birinchi boʻlib Umar ibn Sahlon Soviy (1145 yilda oʻlgan) shugʻullanib, uni fors tilida sharhlagan. Undan keyin Sharqda unga juda koʻp sharhlar bitilgan.

Asarning nomi koʻpincha “Risolatat-tayr” atalsa-da, baʼzan “Kitob shabaka va-t-tayr” (“Tuzoq va qush kitobi”) deb ham atalib kelingan.

Qoraxoniylar somoniylar sulolasini yiqitgandan soʻng, Ibn Sino Buxoroda turolmay, oʻziga qulayroq va tinchroq deb Xorazmga – Urganchga boradi. Koʻp oʻtmay, u yerni kuchayib kelayotgan Gʻazna hukmdorn Mahmud Gʻaznaviy oʻziga boʻysundirishga urinib, Xorazmshohga tazyiq qila boshlaydi. Buni payqagan Ibn Sino Xorazmni tark etib, Niso, Abivard, Tus orqali Gurgonga keladi. Gurgonda yana Mahmud xavfi tugʻiladi. Keyin Ray, Hamadonda yashaydi, u yerda toʻrt oy qamalib chiqadi. Keyin Isfahonda yashaydi.

Xullas, olim bir joyda tinchgina yashay olmay, shaharma-shahar kezadi, bir fitnadan qochib, ikkinchisiga uchraydi. Tarixchilarning yozib qoldirishiga qaraganda, hatto Ibn Sinoning Xorazmdan qochib qolganini eshitgan Mahmud Gʻaznaviy uning rasmini ishlatib, butun qoʻshni oʻlkalarga tarqatgan, qayerda shu rasm egasi koʻrinsa, tutib unga yuborish kerakligini tayinlagan. Mana bu holatlarning hammasi ramziy ishoralar, tamsiliy iboralar bilan “Qush” risolasida oʻz aksini topgan.

Asardagi tuzoq Mahmud Gʻaznaviyning changali, qushlarning boshu qanotlarining ozod boʻlishi esa, Xorazmshoh dargohidan oʻz ixtiyori bilan boshqa yurtga chiqishi, qushlarning oyoqlarida tuzoq qoldiqlarining qolishi va dushmanning izma-iz kelishidan qoʻrquv esa, qaysi oʻlka, qaysi shaharga borsa, hamon muhayyo boʻlib turgan Mahmudning taʼqibidir, qushlar uchib oʻtgan togʻ, vodiylar Ibn Sino qochib-kezib yurgan shaharlardir. Shu tariqa Ibn Sino bu asarida ramz bilan oʻz ahvoliga ishora qilgan.

“Salomon va Ibsol” qissasi. Abu Ali ibn Sinoning avvalgi ikki nasriy asari Sharq va Gʻarb olimlariga maʼlum boʻlsa ham, lekin “Salomon va Ibsol” bilan “Yusuf” qissasi to keyingi vaqtlargacha koʻpchilik olimlarga deyarlik maʼlum boʻlmay keldi.

“Yusuf” qissasi bilan “Salomon va Ibsol” qissalarnning bir-birlariga tematik bogʻliqligi Ibn Siinoning “Xutbayi tasliya”sini tashkil qilishga olib kelgan edi va natijada ikkalasi bir asar sifatida bir xil sarguzashtga duchor boʻlgan edi. Shu sababdan boʻlsa kerak, bular Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan majmuaga (inv. №2385) oldinma-ketin tushib qolgan.

Masalan, Salomon bir inson boʻlsa, Ibsol shu insonning maʼrifiy, ruhiy darajasi. Ibn Sino Ibsol obrazida berilgan xislatlarni insonlarda koʻrmoqchi boʻladi, shunga odamlarni daʼvat qilib, uni ulugʻlaydi. Insonning tabiatida boʻladigan shahvoniy hislari Salomonning xotini obrazi orqali beriladi. Bunda goʻyo istak, yaʼni xotin aqlni (yaʼni Ibsolni) egallamoqchi boʻladi. Lekin aql unga boʻysunmaydi. Shu jihatdan ham alloma Nasiruddin Tusiy Ibsolning xotindan oʻzini olib qochishi, aqlning oʻz olamiga tortishidir, deydi. “Salomonning xotini, – deydi Tusiy yana, – nafs bilan birlashib ketib, bir shaxsga aylangan, istak va gʻazabga tortadigan badan quvvatlariga oʻxshatmadir. Xotinning Ibsolga boʻlgan ishqi esa uning boshqa quvvatlarini egallagandek, aqlini ham egallashga boʻlgan intilishiga oʻxshatmadir”.

Xullas, Ibn Sinoning bu asari oʻrta asrdan qolgan adabiy yodgorliklarning bir namunasidir.

“Yusuf” qissasi. Abu Ali ibn Sinoning bu asari hajm jihatidan kichik boʻlishiga qaramay, bu toʻgʻrida dastlab asar yozganligi bilan diqqatga sazovordir.

 Beruniy – adabiyotshunos.
Kalit so‘z va terminlar: ilmiy va madaniy muhit, badiiy asar, hikoyat, rivoyat, afsona, G‘aznaviylar davri adabiyoti, an’anaviy madaniyat, etnograf, tarixchi, adabiyotshunos olim, ishonchli manba, tarixiylik tamoyili.

G‘aznaviylar davlatining o‘z qo‘li ostida olib borgan siyosati ilmiy va madaniy muhitga keskin ta’sir o‘tkazdi. G‘aznaviylar davlatining ilmiy, madaniy va adabiy muhiti X1 asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy merosida namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki, G‘aznaviylar davlatining butun yutuqlari, ilmdagi, adabiyotdagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi omil – Beruniyning asarlaridir. G‘aznaviylar sulolasida yaratilgan adabiyot alohida adabiy davrni hosil qilgani biz uchun muhim.

Abu Rayhon Beruniy, garchi biron badiiy asar yozmagan bo‘lsa ham, u ko‘plab tabiiy fanlar qatori, ijtimoiy-gumnitar fanlar, hususan, tarix, etnografiya, falsafa va filologiya sohalarini chuqur egalladi. Uning “Mineralogiya” kitobidagi ko‘plab hikoyatlar, “Geodeziya” asarida keltirgan she’rlari bu davr adabiy jarayonining xususiyatlarini belgilash bilan birga, Beruniyning shoirlik iqtidorini, adabiyotni nozik did bilan tushunganini ham ko‘rsatadi.

Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asari G‘aznaviylar davri adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Mazkur asar tarixiy-etnografik asar bo‘lgani holda, qadimgi rivoyatlar, afsonalardan ham Beruniy mahorat bilan foydalandi. Asarning yana bir qimmatli tomoni shuki, O‘rta Osiyoning arablar istilosidan keyingi madaniy muhiti, ilmiy tafakkuri, ijtimoiy, siyosiy tarixi haqida ham ma’lum darajada ma’lumot beradi. Jumladan, Beruniy arablar kelgunga qadar Xorazmning o‘ziga xos ilmiy maktabi, yuksak madaniyati borligini ta’kidlaydi, Arablar istilosi esa Xorazmning an’anaviy madaniyatini yo‘q qildi. Beruniy bu asarida bu voqeaga quyidagicha sharh beradi: “Qutayba Ibn Muslim al- Bohiliy xorzamliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar”.55

”.Umuman, tarixiy asarlar tarkibiga adabiy parchalarni kiritish bilan Beruniy o‘zining adabiyotga munosabatini ko‘rsatib qolmadi, balki X1 asrgacha Movarounnahrdagi adabiy muhitning uzluksizligini dalilladi, o‘z she’rlari bilan Movarounnahr adabiyotiga katta hissa qo‘shdi. Beruniyning “Osor ul-boqiya” asari Evropada “Xronologiya” degan nom bilan ham yuritiladi.

Beruniy “Mineralogiya” kitobida Xorun ar-Rashid haqidagi hikoyalarni keltirsa, “Osor ul-boqiya”da rivoyat va afsonalarni ma’lum bir dalil sifatida keltiradi. “Mineralogiya” kitobidagi hikoyalar qimmatbaho mineral toshlar munosabati bilan keltiriladi, ayni paytda Abbosiylar sulolasi hukmdorlaridan Xorun ar-Rashidning xarakteriga xos ayrim jihatlar, uning saxiy, mazlumlar dodiga etadigan adolatli hukmdor ekani ochib beriladi (Xorun ar Rashidga oid ikkita hikoyat keltirish kerak). (Bu o‘rinda “Poeticheskoe zaimstvovanie” haqida gapirish kerakmi?)

Tarixiylik tamoyili “Mineralogiya”dagi hikoyatlarning asosida yotadi. Hikoyalarning qahramonlari – ma’lum bir tarixiy shaxslar. Jumladan, yuqorida keltirilgan hikoyalarning qahramonlari Xorun ar-Rashid. Beruniy o‘zi yaxshi o‘rgangan, bilgan dalillarni keltiradi. YOki “Mineralogiya” kitobidan keltirilgan quyidagi hikoyatlarning qahramonlari ham tarixiy shaxslardir (boshqa tarixiy shaxslarga oid hikoyatlarni keltirish kerak).

Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” asari tarkibida afsonalar va rivoyatlar ma’lum bir tarixiy voqeani dalillash yoki rad qilish uchun keltiriladi. Zotan, u bu asarining yozilish sabablarini ko‘rsatadi, ammo ammo amalga oshirish nihoyatda murakkab bo‘lganini yozadi. Ayniqsa, qadimgi xalqlar va ularning yil hisoblari haqidagi rivoyatlar chalkashib ketgani, yolg‘on afsonalar va asossiz ma’lumotlarga to‘lib-toshib ketganini ta’kidlaydi. Ayni paytda, Beruniy rivoyat va afsonalarning haqiqiylarini ajratib, saralab olish uchun imkoni boricha harakat qiladi. Beruniyning bu tamoyili ham tarixiylik va haqqoniylikka asoslanganini sezish qiyin emas. YOlg‘on va soxta rivoyatlar qadimgi SHarq xalqlarining hisoblari haqidagi aniq ilmiy xulosalarga xalaqit berishi, ayniqsa, yolg‘on xulosalarga olib kelishi haqida yozadi. Beruniyning asosiy maqsadi turli xalqlardagi yil hisobiga aniqlik kiritish, ularda ilgari tadqiqotchilar yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tuzatish edi. Beruniy yil hisobi uchun rivoyat va afsonalar, hikoyatlarning nihoyatda muhim dalil ekaniga ishonadi, ularga suyanadi, ishonchsiz, shubhali rivoyatlar va afsonalarni rad qiladi. U rivoyat va afsonalarni tanlashda o‘zi tayangan asoslangan usul haqida shunday yozadi: “Men tutgan yo‘l va belgilagan usul oson emas, balki uzoq va qiyin yo‘ldir. Xabar va rivoyatlarga ko‘plab kirib qolgan yolg‘on so‘zlarning hammasi ham ravshan emas. Boshqa dalillar bo‘lmaganda ba’zilarining yolg‘onligini bilib bo‘lmasdi. Odamlar hozir ham, o‘tgan zamonlarda ham shunday tabiiy hodisalarga duch kelgan, agar o‘shanday hodisalar uzoq zamonlarda [yuz bergan deb hikoya] qilinsa, albatta biz unga ishonmas edik. Xalqlardan biriga [tegishli] xabarlar[ning hammasi]ni aniqlab bilishga inson umri kifoya qilmaydi-yu, hamma millaatlar [haqidagi] xabarlarni bilishga qanday kofoya etsin?! Bu mumkin emas!”56

Beruniyning rivoyat va afsonalarga bunday yondashuvidan o‘zining pozitsiyasini aniqlashtiradi: u mazkur asarida nafaqat etnograf tarixchi, balki adabiyotshunos olim sifatida namoyon bo‘ladi. U dunyo xalqlari adabiy jarayonidan yaxshi xabardor, o‘z davridagi va o‘zidan oldingi adabiy jarayonning qonuniyatlarini biladi. Rivoyat va afsonalar xalqqa yaqin adabiy janr bo‘lgani uchun ham Beruniyning diqqatini ko‘proq tortgan. O‘z davriga yaqin bo‘lgan rivoyatlarga murojaat etish tarafdori. Nima uchun u shunday fikrda? CHunki rivoyatlar zamondan uzoqlashgan sari asliyatdan, haqiqiyligidan uzoqlashadi. Beruniy bu hodisaning qonuniyat ekanini adabiyotshunos sifatida yaxshi biladi. Beruniyning afsonalarni saralab olish tamoyilini quyidagicha bayon qiladi: “Ish shu yo‘ldan boradigan bo‘lgach, u rivoyatlarning davrimizga eng yaqin va eng mashhurini, so‘ngra yaqinroq va mashhurrog‘ini [birin-ketin] olishimiz lozim. Ularning [ba’zilarini] o‘z arboblaridan qabul qilib, tuzatish mumkin bo‘lganini tuzatamiz, boshqalarini o‘z holicha qoldiramiz. SHunda biz keltirgan rivoyatlar haqiqatni qidiruvchi va hikmatni sevuvchining boshqa rivoyatlar ustida ish yurgizishiga yordamchi va bizga muyassar bo‘lmagan narsalarga erishish uchun yo‘lovchi bo‘ladi. Biz Xudoning xohishi va yordami bilan shunday qildik”.57 Ko‘ryapmizki, Beruniy rivoyat va afsonalarni tanlash metodlarini ishlab chiqib bizga taqdim qilmoqda. Bu metod esa yana bir bor tarixiylik prinsipi badiiy asarni tanlash, o‘rganish, undan foydalanishga alohida e’tiborni tortadi.

Abu Rayhon Beruniy rivoyatni haqiqatni qidiruvchi deb ataydi. Beruniy bu gap bilan rivoyatlarning asardagi o‘rniga bahor beradi. Beruniy uchun tarixiylik tamoyili va haqiqatni qidiruvchi bitta vosita – ma’lum bir voqelikni yoki detalni isbotlash uchun keltirilgan yagona dalil. Beruniy rivoyatlarni boshqalar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi ekanini ta’kidlar ekan, bundan rivoyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga ham ishora qilganini anglash mumkin. Ayni paytda rivoyatlar ilmiy tafakkur, fikr va xulosalar uchun muhim zamindir. Ammo bunda ham Beruniy tarixiylik tamoyilidan chekinmaydi. Beruniy asarining boshidayoq adabiy jarayonning, xususan, rivoyatlarning ijtimoiy, ma’naviy hayot uchun nihoyatda ishonchli omil ekanini ham dalillaydi.

Beruniy bir voqeadan ikkinchisiga, bir dalildan birdaniga boshqasiga o‘tib turadi, bayonda bir xillikdan qochadi. Hatto “Geodeziya”, “Qonuni Ma’sudiy”, “Mineralogiya” singari ilmiy asarlarida ham shu yo‘lni tanlaydi: o‘rni-o‘rni bilan qiziqarli voqealardan, hikoyatlardan, o‘zining she’rlaridan keltiradi. SHuningdek, “Osor ul-boqiya”da rivoyat va afsonalar ishlatishda ham shunday yo‘l tutadi. Beruniy ilmiy asarlar tamoyilidan chekinayotganini biladi. Ammo bu usul kitobxonni asarga olib kirishda, asar mazmuniga va mohiyatiga jalb qilishda muhim vosita ekanini biladi. Bu haqda Beruniyning o‘zi shunday deydi: “Garchi biz [bu kitobning] ba’zi joylarida turli fanlarga o‘tib, bayonimizga aloqasi uzoq [masalalarga] kirishib ketsak ham. bu gapni cho‘zish va ko‘paytirish maqsadida emas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik uchundir. CHunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. [O‘quvchi] fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi, birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u kishi «har bir yangi narsada lazzat bor» deyilganidek, ularni [ko‘rishga] qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi”.58

Beruniy shundan so‘ng Odam, uning o‘g‘illari va shajarasi haqidagi rivoyatlarni keltiradi va jadval shaklida keltiradi. Beruniy uchun ishonchli manba – yahudiylar Tavroti. U Tavrotning uch nusxasini qiyoslab, ular o‘rtasidagi ixtiloflarni aniqlaydi. Bular: 1) mualliflar bayonidagi ixtiloflar; 2) diniy kitoblardagi ixtiloflar.

Birinchi inson haqidagi afsonalar dunyo xalqlarining ko‘pida yaratilgan. Odam va Havo, Mard va Mardona, Malhiy va Malhiyona, Misho va Mishona haqidagi afsonalarni Beruniy hikoya qiladi. Birinchi insonni inkor qiluvchilar ham bo‘lgan. Beruniy, shomonlarning qarashi shunday bo‘lgan edi, deb yozadi.

Beruniy rivoyatlarni asariga kiritganda, albatta, saralash tamoyiliga ham rioya qiladi. SHu bois rivoyatlarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. O‘zi tanlagan tamoyillar asosida o‘zidan oldin o‘tgan olimlarning tarixiy asarlarini qo‘rqmasdan tanqid qiladi. Uning saralash tamoyili shundan iborat ediki, manbalarni tahlil qilganda, rostday ko‘ringan, lekin isbotsiz rivoyatlarni o‘zi tekshirib ko‘rmaguncha ularga ishonmaydi.



Darvoqe, “isbotsiz rivoyatlar” Beruniyning qarashicha qanday xususiyatlarga ega? Beruniyning zukko va sinchkov adabiyotshunos sifatidagi xizmatlari ana shu o‘rinlarda ayon bo‘ladi. Buning ustiga, Beruniy har bir manbaga, dalilga xolis qaraydi. Uning uchun diniy aqidalar to‘siq emas, uning uchun aqlning va bilimdonlikning o‘zi kifoya emas. U uchun manbaning ishonchliligi muhim. Beruniy esa ishonchli manba sifatida Tavrotni, Injilni e’tirof etadi. Aqlga suyanish ham muhim emasligini, aql faqat mulohazakorlikka olib borishini va buning oqibati manbadan uzoqlashishga olib borishini ta’kidlaydi. Beruniyning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi va amal qilgan tamoyili shuki, u dalillarni saralab olish va qiyoslash yo‘lidan ketadi va buni quyidagicha izohlaydi: “...mendan so‘ralgan narsaga etkazuvchi vositalarning eng muhimi - qadimgi millatlar haqidagi rivoyatlar, o‘tmish avlodlar to‘g‘risidagi xabarlarni bilishdir (ta’kid bizniki – N.R.), chunki bularning ko‘pchiligi u millatlar avlodidan va ularning rasmu rusum va qoidalaridan iboratdir. Aqliy [narsalardan] dalil keltirish, kuzatilgan [narsalarga] qiyos qilish yo‘li bilan u xabarlarni bilib bo‘lmaydi. Buni faqat “kitob ahllari” (iudaizmga va xristianlikka e’tiqod qiluvchilar – N.R.) va turli din arboblariga, shu [e’tiqodlarga] amal qiluvchi har bir maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‘ngra buni ko‘pchilik kishilarning tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga imkon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagandan keyin, ularning isbot uchun keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir–biriga solishtirish bilan bilinadi. Ana shu aytib o‘tganim haqiqiy maqsadga etkazuvchi eng yaxshi yo‘l va bunga dog‘ tushiruvchi shak–shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib zo‘r mashaqqat cheksak ham, o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisholmaymiz”59.

ANTIK DAVR ADABIYOTLARINI DAVRIYLASHTIRISH


Qadimiy adabiyot tarixi asosan qadimgi Gretsiyaning madaniyatiga asoslanadi. Шу munosabat bilan uning rivojlanishining uchta bosqichi ajratib ko'rsatilgan.

1. Биринчи давр преклассик йоки аркаик деб номланади. Adabiyot, majusiylarning dinidan kelib chiqqan og'zaki folklor san'ati bilan ifodalanadi. Unda ilohlar haqida hikoyalar, qichqiriqlar, maqollar va boshqa folklorlarni ifodalaydi. Биринчи даврнинг муддати аник аник емас. Ог'заки джанрлар коп асрлар давомида шаклланган, боеприпасы оксиргиси таксминан биринчи мин йилликнинг учдан бир кисми.

Ikkinchi davrning qadimgi adabiyoti 7-4-chi yillarni egallaydi. ДО Н.Э. Э. Бу классик деб аташ одат тусига киради, чунки у Грецияда классик каллик шаклиннинг шакланиш даврига то'г'ри келади. Ushbu davr mobaynida ko'plab lirik va epik asarlar, shuningdek nasr, faylasuflar va tarixchilarning ulkan hissasi katta bo'lgan nasr bo'lgan. Бундан ташкари, милоддан аввалги в асрни гайд килиш лозим. Э., Oltin deb nomlangan. Ушбу давр адабиетида марказий о'ринни театр эгаллаган.

3. Кадимги адабиёт тариксидаги учинчи, юнонча давр калликнинг ривожланиши билан боглик. Хокимиятни ташкил qilishning harbiy-monarxik shakli paydo bo'lganida, inson hayotining keskin farqlanishi klassik davrning soddaligi bilan tubdan farq qiladi.

Бу vaqt odatda adabiyotni tanazzulga uchrashi davrida qo'llaniladi. Miloddan avvalgi III asrga oid davrni egallagan erta va kechki yunonchilik davrini ajratib turadi. E. Miloddan avvalgi 5 asrga qadar. Э. Бу давр мобайнида Рим кадимий адабиёти пайдо бо'лди.

КАДЫМГИ МИФОЛОГИЯ


Кадимги мифологияанинг асоси - кадимги xudolarning, xudo-olim va qahramonlarning hikoyalari.

Eng qadimgi xudolarning afsonalari jamiyat materaralik bo'lgan davrda yunonlar va rimliklar orasida paydo bo'lgan. Бу xudolarga "chtonik" yoki "hayvon" deb nom berilgan.

Patriarxiyaning boshlanishi bilan xudolar odamlarga o'xshab keta boshladi. Bu paytda Olimpiada yashagan Zevs yoki Yupiterning tasvirlari paydo bo'ladi. Бу ерда Олимпия xudolarining nomi joy olgan. Юнонларнинг вакили сифатида, бу джонзотлар джамиятда мавджуд бо'лган тартибни оклайдиган кат'ий иерарксияга эга эди.

Кадимги афсона кахрамонлари одатдагиларга о'ксшар эдилар. Oddiy odam va Olimpiya xudolari o'rtasidagi bog'liqlik natijasida paydo bo'lgan edi. Misol uchun, Zevsning o'g'li va odatdagidek Alkmenaning o'g'li - Herkulning eng mashhurlaridan biri. Yunonlar har бир qahramonning maxsus maqsadga ega ekanligiga ishonishdi: Gaia yirtib tashlagan hayvonlarning Yerini tozalash.




ЭПОС


Epik janrdagi qadimgi adabiyotning asarlari Gomer va Virgil kabi ismlar bilan ifodalanadi.

Гомер - афсонавий шоир, англ. Кадимги эпик шерлари - «Илиада» ва «Одиссея» муаллифлари. Ushbu asarlarni yaratish uchun manbalar afsona, xalq qo'shiqlari va afsonalar bo'lgan. Гомернинг эпик ше'рлари графика билан йозилган.

Вирджил кадимги Рим шоири, афсонавий эпик шеар муаллифи "Энеида". Унда муаллиф рим халкинин афсонавий келиб чикишини айтади.

ЛИРИКА И ДРАМА


Lirik janrning eng taniqli vakillaridan biri shoir Sappho. У ан'анавий фольклор накшларидан фойдаланган, аммо уларни аджойиб тасвирлар ва кучли хиссиётлар билан то'лдирди. Uning hayoti davomida shoir mashhurlikka erishdi. Uning asarlari to'qqizta she'riy kitoblardan iborat bo'lib, bugungi kungacha faqat ikki she'r va yuz lirik asar omon qoldi.

Театр намойишлари кадимги Юнонистоннинг анг машхур о'йинларидан бири эди. Ushbu yo'nalishdagi oltin asrning qadimiy adabiyoti ikki asosiy janrda taqdim etiladi: fojialar va komediyalar.

Aslida, qadimgi fojialar opera edi. Uning asoschisi yunon dramaturgisi Aesilxus. Uning qalamchasi 90dan ortiq o'yinlarga to'g'ri keladi, боеприпасы bugungi kunga qadar faqat etti kishi omon qoldi. Aeschylusning eng mashxur fojialaridan biri taniqli yozuvchilar Прометей прикованный бо'либ, объединяющий сурати хали хам qo'llanilmoqda.

Кадимги комедия сиёсий йо'налишга эга эди. Масалан, бу турдаги вакиллардан бири - Аристофан - «Мир» ва «Лисистрата» комедияларида Грация ва Спарта о'ртасидаги урушни каоралайди. "Всадники" komediyasi afinadagi demokratiyaning kamchiliklarini qattiq tanqid qiladi.


НАСР ДЖАНРИНИНГ КЕЛИБ ЧИКИШИ


Наср janrida qadimiy adabiyotlar ro'yxati birinchi navbatda Platonning suhbatlaridan iborat. Ushbu asarlarning mazmuni haqiqatni topishlari kerak bo'lgan ikki suhbatdoshning bahslari ва тортишувлари билан тушунтирилади. Platonning suhbatlarining asosiy qahramoni uning o'qituvchisi Socrates edi. Ушбу аксборот шакли "Сократик мулокот" деб аталди.

Платоннинг 30 та сухбати мавджуд. Улардан анг машхурлари Атлантида, «Байрам», «Федон», «Фёдр» хакидаги афсонадир.



Download 292.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling