2. "Bilgamish" dostonining turk xalqlari eposiga munosabati


Download 292.8 Kb.
bet8/16
Sana05.01.2022
Hajmi292.8 Kb.
#208077
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
adabiyot

Agar tog’ degan tush kelsa,

Ta’biri shunday bo’lar:

Tog’liq yerdan tog’ yuksalar, bo’rtiq paydo bo’lur,

Tuproq ustida tuproq paydo bo’lar,

Bir tepalik o’rtaga chiqar.

Tirmashmoq istarsan, to’g’ridir,

Oshmoq istarsan, yuksakdir.

Teng – tushing orasida sarasi bo’lasan,

G’avg’odan, shovqindan uzoq tur.

Axmoq kimsalarga, janjalga yaqinlashma.

Xastalik darddan xalos bo’lasan.

Мol-mulking ko’payadi.

Senga qarshi bo’lgan kimsalar

Qum ustiga quyi tortib,

Ishi bitmagan insonlar kabi bo’lur.

Yeru ko’kka sevinchingni soch,

Ko’p xayrli ishlar qil,

Yana huzur-halovatga yetishasan.

Ikkinchi «Irq bitigi» Urxun-Enasoy yozuvlari guruhiga mansub asardir. U runiy yozuvda bitilgandir. Toshga emas, qog’ozga yozilgan. Asar qo’lyozmasini XIX asrning oxirida arxeolog A.Steyn Sharqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topgan. Qo’lyozmani V. Tomson ingliz, S.Ye.Мalov esa rus tiliga tarjima qilgan. «Irq bitigi» eramizning IX asri boshlarida moniy jamoasidagi Isig Sangun va Itechuq nomli ikki bolaga bag’ishlab yozilgan. Unda tush ko’rish va uning ta’biri bayon etiladi. «Irq bitigi»da turkiy xalqlarning o’ziga xos turmush tarzi, axloqiy munosabatlari aks etgan. Asarning asosiy g’oyasi yaxshilik va yomonlik munosabatlarini anglab yetishga qaratilgan. «Irq bitigi» 65 ta mustaqil she’rlardan tashkil topgan turkum bo’lib, ular bir g’oyaga asoslanadi. «Irq bitigi»da nima yaxshiyu nima yomonligi haqidagi axloqiy qarashlar turkiylar uchun muqaddas sanalgan ilon, bo’ri, burgut, yo’lbars, ot va boshqa hayvonlar, jonivorlar orqali gavdalantiriladi. «Irq bitigi»ga ikki nuqtai nazardan – tush ta’biri va, eng qimmatlisi, badiiy asar sifatida yondoshish kerak. Inson shunday tush ko’radi:



Katta uy yondi,

Uning tubigacha hech narsa qolmadi.

Devorlarigacha qolmadi.

Xo’sh, bu nimaning belgisi? Tushning ta’biri – yomonlik, inson boshiga keladigan musibat belgisi.

«Irq bitigi» qadimgi turkiy adabiyotdagi ilk ramziy-majoziy xususiyatli asardir. Unda inson hayotidagi yaxshilik va yomonlik ramziy obrazlar misolida beriladi. Bo’ri va qo’y haqidagi masallar jahon adabiyotida ko’p uchraydi. Qo’y – ojizlik, Bo’ri – zo’ravonlik timsolidir. «Irq bitigi»dagi quyidagi she’r bunday xususiyatli masallarning qadimgi namunalaridan hisoblanadi:

Boy kishining qo’ylari hurkib ketibdi,

Ular bo’riga duch kelibdi.

Bo’ri uning suti bilan og’izlanibdi

(yoki bo’rining og’zi kasallanibdi, — ya’ni og’ribdi)

Qo’ylar salomat va tugal qolibdi, deyishdi,

Bilib qo’ying: bu – yaxshi.

Xalqimiz urush va halokatlardan cho’chib yashagan. Har qanday urushning bir bahonasi bor. Ikki zo’ravon kuchlarning to’qnashuvi katta falokatlarga asos bo’ladi. Ayiq va To’ng’iz to’qnashuvi ifodalangan she’rda shunday ma’no ifodalanadi:

Ayiq bilan To’ng’iz

Dovon ustida to’qnashibdi.

Ayiqning qorni yorilibdi

To’ng’izning oziq (tish)i sinibdi, deyishdi.

Bilib qo’ying: bu – yomon.

«Irq bitigi»da allegorik xususiyatga ega bo’lgan she’rlar anchagina. Shu sababli ham bu asarga tush ta’biri nuqtai nazaridan emas, ko’proq badiiy ijod namunasi sifatida yondoshish kerak.

TANGRIKLA

Tangri – ollohdir. Qadimgi turkiy tilda tangri so’ziga k+la qo’shimchasini qo’shish bilan yangi so’z yuzaga keldi. Tangri – ot, la harakatni bildiruvchi so’z yasovchi qo’shimcha bo’lib, tangriga yolvor, tangriga tovba qil ma’nosini beradi. Turkiy xalqlar adabiyotida insonning tangriga tavba –tazarrusi ifolangan she’rlar va katta hajmli asarlar ham yaratilgan. Bunday mazmundagi asarlar tangrikla – tovbanoma janri namunasi hisoblanadi. Мoniylik oqimidagi turkiy adabiyotda tovbanoma janri talabiga mos keladigan she’riy hamda nasriy asarlar uchraydi. Quyidagi she’r shunday xususiyatga ega:

Tangri – porloq, kuchli, donoga yolvoramiz,

O’tinarmiz Kun, Oy tangriga.

Yashin tangri, no’m quti

Sodiq Мoniy va payg’ambarlarga

Qut baxsh eting, ey tangrim

Vujudimizni saqlang!

Ruhimizni ozod qiling

Qut iltijo etarmiz nurli tangrilardan,

Qo’rquvsiz turaylik,

Sevinch-la yashaylik.

Мoniylik adabiyotining mahsuli hisoblangan «Xuastuanift» to’lig’icha tavbanoma matnlaridan tashkil topgan. Bu asar garchi moniylik oqimini targ’ib etishga qaratilgan bo’lsa-da, unda «Avesto» kitobidagi mifologik obrazlar ham keltirilgan. Demak, «Xuastuanift» va «Avesto» o’rtasida g’oyaviy yaqinliklar bor. Eng muhimi, tovbanomalarning namunalari «Avesto»da ham keltirilgan. Quyida keltirilgan parcha «Xuastuanift» («Мoniylar tavbanomasi»)ning birinchi fasli hisoblanadi. «Xo’rmuzd xudo beshta xudo bilan birga hamma xudolarning pokligi uchun iblislarga qarshi kurashga otlanib, (osmondan) tushdi. Qilmishi yovuz iblis Shmnu bilan turli xil beshta iblis bilan jangga kirdi. Xudolar bilan iblislar, nur bilan zulmat vaqti kelib qo’shilib ketdi. Xo’rmuzd xudoning jangchilari – beshta xudo va bizning ruhimiz gunohga iblislar bilan jang qilib, boshidan yaralandi. Yana hamma iblislar, ulug’lar ochofat, uyatsiz, suq iblis bilan birga bir yuz qirq ming iblisning yovuz ta’limotiga qo’shilib telba, ruhsiz bo’lib qoldi. O’zini paydo qilgan, yaratgan boqiy xudoning yerini unutdi, nur xudolaridan ayrildi. Undan keyin, ey xudoyim, yovuz qiliqli Shmnu borib, ongimizni, niyatimizni iblisning qilmishi tomon burdi. Telba, ruhsiz bo’lib qolganimiz uchun, barcha yorug’ ruhlarning hammasiga, ularning ildiziga, pok, yorug’ Azrua xudoga qarshi gnoh qildik, xato qildik. Nur bilan zulmatning, xudolar bilan iblisning tub ildizi (Azruadir) dedik. Kimdir birovni tiriltirsa, xudoni triltirgan bo’ladi. Kimdir birovni o’ldirsa, xudoni o’ldirgan bo’ladi, dedik. Yaxshi va yomon narsalarning hammasini xudo yaratgan, dedik. Abadiy xudolarni u yaratgan, dedik. Xo’rmuzd xudo bilan Shmnu – aka-ukadir, degan edik. Ey xudoyim! Gunoh bilan yurib, (bularni) bilmasdan, xudoga yolg’on so’zlab, yomon, uyatli gap gapirgan edik. Kechirilmas gunoh qilgan edik. Ey xudoyim! Endi men, Raymast shoh, tovba qilayapman, gunohdan ozod bo’laylik, iltijo qilyapman. Gunohlarimni kechirgil!».




O‘zbek adabiyotida noma janri.

 XIV asr oxiri XV asr boshlarida o’zbek mumtoz adabiyotida bu davrda nomachilik va munozara janrlari keng rivojlandi. Bizga ma’lumki mumtoz adabiyotda noma janri dastlab forsiy adabiyotda shakllangan. Uning dastlabki shakllari X-XII asrda shakllangan edi. Ularga misol qilib diniy-tarixiy asar “Xudoynoma”, “Shohnoma” kabi asarlarini keltirishimiz mumkin. Shundan keyin o’zbek mumtoz adabiyotida ham noma janri keng qo’llanila boshlandi. Dastlab Is’hoq Xorazmiyning dunyoviy lirikani tarannum etgan “Muhabbatnoma” asari yoziladi. Keyinchalik birin ketin Xo’jandiyning “Latofatnoma” Said Ahmadning “Taashhuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” kabi qasarlari paydo bo’ladi.

O’zbek mumtoz adabiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda nomachilik janri faqat ishq-muhabbat tarannum etiladigan janr bo’lib qolmasdan unda axloqiy-ta’limiy (didaktik) masalalar ham qalamga olingan. Ayniqsa bu sohada XV asrda faoliyat ko’rsatgan Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” asarlari katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmidan nomachilik janrida yaratilgan asarlarda o’z davrining hayoti, insonlarning orzu-intilishlari o’z ifodasini topgan bo’lib, ularda vatanparvarlik, adolat va tenglik, muhabbat va sadoqat tarannum etilgan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari oshiqning ma’shuqaga yo’llagan ga’zal shaklidagi o’nta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning “Muhabbatnoma” si ta’sirida yaratilgan Xo’jandiyning “Latofatnoma”, Said Ahmadning “Taashshuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asarlarida ham noma janri an’analariga rioya qilingan, ularning barchasi bir xil vaznda ya'’i hazaji musaddasi mahzuf vaznida, masnaviy shaklida yozilgan, barchasi ham o’nta nomadan (“Muhabbatnoma” bundan mustasno) iborat. “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Taashshuqnoma” asarlarida nomalar oshiq tilidan safoga, ma’shuqaga yetkazishini iltimos qilib yozilgan bo'’sa, "Dahnoma“ dagi nomalar ham oshiq, ham ma’shuqa nomidan yo’llangan.

Xorazmiyning "Muhabbatnoma" asari juda ko`p sharqshunos olimlarning e’tiborini o`ziga qaratadi. Jumladan, A.M.Samoylovich, M.F.Ko`prulizoda, A.M.Sherbak kabi xorijiy tadqiqotchilar bu borada qiziqarli ilmiy izlanishlar olib borishdi. Shuningdek, o`zbek adabiyotshunoslaridan S Qosimov 1950 yilda Xorazmiy ijodi bo`yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bulardan tashqari, N.Mallaevning "O`zbek adabiyoti tarixi"da va boshqa manbalarda shoir haqida ma’lumot beriladi.



"Muhabbatnoma" Oltin O`rda hukmdorlaridan bo`lgan Muhammad Jonibekning (1342-1357) taklifi bilan qish faslida ijod etilganligi asarda shoir tomonidan quyidagicha bayon etilgan:
Tabassum qildi, aydi: "Ey faloni,

Keturgil bizga loyiq armug`oni.

Ko`ngul bahrinda ko`p gavharlaring bor,

Ochunda lorsiy daftarlaring bor.

Muhabbat nardini ko`plardin o`ttung,

Shakartek til bila olamni tutting.

Tilarmankim, bizing til birla paydo

Kitobe aylasang bu qish qotido

Kim ush eltek kechar ayyomi foniy,

Jahondin qolsa bizdin armug`oni.

Qabul qildim, yer o`ptim aydim: "Ey shoh

Eshiking tuprog`i -davlatli dargoh.

Kuchum etmishcha ko`p xizmat qiloyin

Jahonga ezgu otingni yo yoyin.

Bukun tonqa tikin may no`sh qilg`in,

Badiha bu g


`azalni go`sh qilg`in,"

Parchada Muhammad Jonibek tilidan keltirilgan ishoraga muvofiq "Muhabbatnoma" uning turkiydagi dastlabki asari bo`lib chiqadi. Asosiy qism nomalardan tashkil topgan. Shoir "Muhabbatnoma" muqaddimasida quyidagi masnaviyni keltirib, maqsad-muddaosini o`quvchilari bilan baham ko`radi:

Kitobat boshladim, anjoma yetkay,

"Muhabbatnoma" Misru Shomga etgay.

Bu xon uzra saloyi oma qildim,

"Muhabbatnoma"ni o`n noma qildim.

Qiloyin ikki bobin porsiy ham

Kim, atlas to`n yaroshur bo`lsa ma’lam.

Burun alqissa, bek madhin yo yoyin

O`shandin so`ngra noma boshlag`oyin.;

Xorazmiy asardagi nomalar sonining o`ndan iborat bo`lishini qayd etadi hamda "Muhabbatnoma"ning 2 bobi (nomasi)ni forsiy tilda ijod qilishini ta’kidlaydi. Biroq asarning xotimaviy o`ninchi nomasidan so`ng keltirilgan quyidagi masnaviyda muallif maqsad-muddaosining o`zgarganligi ifodalanadi:




Download 292.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling