2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1632855
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Empirik bilim va uning shakllariEmpirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki 
bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot 
berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha 
aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish
kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni 
nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi 
darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir.Empirik 
bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o‘lchash va dalillar kabi metodlar 
yordamida shakllanadi.
Kuzatishbilish ob'ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida 
ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini 
aniqlash, o‘rganilayotgan ob'ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan 
foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq 
haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.
Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda 
elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning 
muayyan ob'ektlarga qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta'riflashni nazarda tutadigan faoliyat 
shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka 
o‘rgatishi lozim.
Zehnli, ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko‘pchilik e'tibor bermaydigan muhim 
jihatlarini ko‘rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va san'atdagi novatorlik 


omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda kuzatish 
vazifalari, u javob berishi lozim bo‘lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini oldindan 
ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. Kuzatish tabiatning o‘zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd 
etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar o‘tkazish orqali faol 
sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model ustida o‘tkaziladigan fikriy eksperiment 
bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy aloqasi xosdir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling