2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1632855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy 
rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy 
shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va 
amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi 
fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va hodisalarning 
umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga 
qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega 


ekanligimizni ta'kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob'ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda 
tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya'ni barcha odamlarga xos 
bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi, 
mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning mohiyati, ya'ni inson haqidagi 
tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‘zlashish va mehnat qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot».
Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli o‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan 
xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini 
ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni 
tasavvur qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, 
qiymat kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har 
qanday fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob'ektiv ta'rifi 
ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‘zida mujassamlashtiradi: 
tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz sonli tushunchalar 
son-sanoqsiz narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda 
mazmunan har xil bo‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. Haqiqiy 
ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta'rifsiz qoldirmaslikni o‘zi uchun qoida deb 
biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta'riflash haqiqiy bilimning 
bosh shartidir, degan edi. Tushunchalar inson ongida ma'lum bog‘lanishda, mulohazalar 
ko‘rinishida yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm chiqarish, 
narsaning turli tomonlari o‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan aloqalar va munosabatlarni 
aniqlash demakdir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling