2. Biologik keksayish 3
Download 460.36 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu-1
Sensor-perseptiv funksiyalarning qariish. Kо‘rish funksiyasining Yosh davri
dinamikasiga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar mavjud bо‘lib, amerikalik psixolog Kruk tadqiqotining ma’lumotlariga qaraganda, agar vaqg hech bir cheklanmasa, kо‘ruv stimullarini idrok qilish 20—50 Yoshli odamlarda bir tekis, aniq va tо‘g‘ri amalga oshishi mumkin. Mabodo vaqg cheklangan bо‘lsa, idrok qilinayotgan jism qisqa vaqg namoyish qilinsa, qо‘zg‘atuvchining kuchi о‘zgarib tursa, Yoshlar bilan kattalar о‘rtasida keskin farq vujudga keladi. Oddiy turmushda bu hol jismlarga uzoq muddat termulish imkoniyati va sun’iy yorug‘liqdan foydalanish kо‘ruv idroki pasayishining oldini oladi va muvaqqat uzilishni barham toptiradi. L.E.Birron va L.Botvinnik quyidagicha xulosa chiqardilar: sensor axborotni qayta ishlash va stimullarni baholash uchun keksa kishilarga kо‘p vaqg kerak. Kо‘rish pasayishining ikkita sababi bо‘lib, biri kо‘z gavharining torayishi, ikkinchisi kо‘z akkomodatsiyasining yomon- lashuvidir. S.Pakoning fikricha, idrok qilinayotgan obyekt va uning stimullari qanchalik murakkablashib borsa, tajribada Yosh davrining farqlari shunchalik ortib boradi. Bir guruh psixologlarning uqdirishicha, idrok funksiyasidagi Yosh davriga bog‘liq pasayishning asosiy sabablaridan biri miya pо‘stining gnostik zonasidagi neyronlar miqdorining kama- yishidir. U.Mayls va A.Uelford uning pasayishini aytganlar. Eishtish. Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasi 14—15 Yoshlarga tо‘g‘ri keladi, undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Kо‘pgina olimlarning fikricha, inson Yoshining ulg‘ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mо‘tadil holat hisoblanib, organizmning biologik qarishi bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdaga kuchli shovqin odamning eshitish qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshitish uquvini yuqotish erkaklarda ayollarga qaraganda kup uchraydi. Ta’m bilish sezgisida ham Yosh ulg‘ayishi va keksalik tufayli ayrim о‘zgarishlar vujudga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiq- ni sezish 50 Yoshgacha keskin о‘zgar- masa-da, lekin undan keyinsh о‘sish davrida maza surg‘ichlari miq- dorining kamayishi evaziga sezsh chegaralarining kengayishi sodir bо‘ladi. Hid sezgirligining о‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezshrligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va kо‘lansa hidsh moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini etishmas- ligidir. Keksayganda og‘riq va teri-tuyush sezgirligi ham pasayadi. Tebranish sezshrlish ham Yosh о‘tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi degenativ о‘zgarish ana shu holatni keltirib chiqaradi. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi Keksayish davriga 61(56)—74 Yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa Yosh davrlardagilardan ajralib turadi. Mazkur Yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a) mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bо‘lmagan erkak va ayollar; b) nafaqaxо‘r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat kо‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Ularninghis-tuyg‘ulari yashash tarziga muvofiq namoyon bо‘ladi. Ularning his- tuyg‘ulari vujudga kelishi jihatdan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, hotirjamlik tuyg‘usiga ega bо‘lgan, о‘z qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat gо‘zalliklaridan bahramand bо‘layotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. Ularning bir guruhi moddiy boylikni ma’naviyat bilan qо‘shib olib borishga intilsalar, boshqalari tо‘plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrini xotirjam, zahmat chekmay о‘tkazishga ahdu paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. Mazkur Yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omilning mahsuli hisoblanadi. Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham о‘zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bо‘ladi. Erkak va ayollar о‘rta- sidagi farqlar borgan sari yaqqol kо‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda о‘z aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaifliqdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (kо‘z Yoshi quvonchdan bо‘lsa — irodaning zaifligini kо‘rsatadi, g‘am-g‘ussa, о‘kinish, tug‘yon sababli bо‘lsa his-tuyg‘uni boshqarish imkoniyati yо‘qligini kо‘rsatadi). Ayollarning tabiiy azobdan (tug‘ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila tashvishi, yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi qо‘zg‘atuv- chilarga tez javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab sistemasining buzilishi, irodaviy zо‘riqish, aqliy tanglik holatlari). Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruhiy dunyosini о‘rganish bо‘yicha tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.Shevchuk mazkur Yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatda qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 Yoshlilarning 24,1 foizi, 70 Yoshlilarning 17,4 foizi, 75 Yoshlilarning 7,7 foizi ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan. Oliy maktab muallimlarining ilmiy mahsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika, fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari о‘rtasida keksayishning birinchi bosqichida (61—66 Yoshlarda) bir oz farq mavjud bо‘lsa-da, uning ikkinchi bosqichida (67-72 Yoshlarda) о‘sha tafovut ham yо‘qolib borishini ta’kidlavdi. L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va ayollarning oliy nerv faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni kо‘rish maydonining chegarasi uchun quyidagilar muhim rol о‘ynashini uqtiradi: 1) kо‘rish yо‘llari analizatori chekka qismlarining holati; 2) markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi; 3) insonning Yoshi; 4) kо‘rish analizatorining faoliyat kо‘rsatish sharoiti; 5) insonning jinsi. Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni о‘lchash uchun 1939 yilda maxsus test ishlab chiqqan va "Katta kishilar aqlini о‘lchash va baholash" nomli kitobida test о‘tkazish usuliyatini batafsil bayon qilgan. D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday Yoshdagi shaxsning akdiy kamolot darajasini mazkur Yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa bо‘ladi. Buning uchun muallif aql koyeffitsiyenti atamasidan foydalanadi: AK= ─×100 D.Veksler shkalasi bо‘yicha AV — shaxsning aqliy kо‘rsatkichini, KV (keksayish darajasi) esa kalendar Yoshini anglatib keladi. "Veksler batareyasi" 11. ta subtestdan iborat bо‘lib, ulardan 7 tasi verbal (sо‘zlardan tuzilgan), 4 tasi noverbal (alomatlardan iborat)dir. Barcha kо‘rsatkichlar bо‘yicha eng yuqori natijaga 15—25 Yoshlilar, boshqa ma’lumotlarga kо‘ra 26—29 Yoshlilar erishadilar; keyin 40—45 dan asta-sekin pasayish boshlanadi; 60— 65 Yoshlarda bu kо‘rsatkich yanada quyiga tushadi. D.Veksler keskin о‘zgaruvchan va kam о‘zgaruvchan Yosh davri funksiyalariga alohida e’tibor beradi. Birinchisiga qiskd muddatli xotira, о‘xshashlik, simvollar, Koss kubchalari; ikkinchisiga — lug‘at boyligi, umumiy ma’lumotlilik, rasm tuzish (tartibga keltirish ma’nosida), tugallanmagan rasmlarni vdrok qilish kiradi. Mazkur variatsiyalardan foydalanib, eksperimental psixologiyaga yangi kо‘rsatkich kirigishni taklif qiladi, uni deterioratsiya koyeffitsiyenti deb ataydi (deterioratsiya — yomonlashuv, buzilish, demaqdir): DK = ──× bu erda BK X — barqaror kо‘rsatkich, BK 2 — beqaror kо‘rsatkichni bildiradi. Yosh odamlarda mazkur koyeffitsiyent 5 foizdan oshmaydi, keksalarda esa 20 foizga yaqinlashadi. Kо‘rinib turibdiki, Yosh ulg‘ayishi bilan nomutanosiblik darajasi о‘sib boradi. D.Veksler testi tо‘g‘risida har xil tanqidiy mulohazalar mavjud bо‘lsa-da, lekin muallifning Yoshlarga tatbiq qilgan testi ularning aqliy tayyorgarligi darajasini, о‘qishga uquvliligini bildirsa, keksalarda u hayotiy tajribalarga asoslangan donishmandlikni anglatadi, degan fikr tо‘g‘ridir. Download 460.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling