2. Biologik keksayish 3


Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari


Download 460.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi460.36 Kb.
#1369356
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu-1

Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari 
Keksalik davriga 75—90 Yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi 
va bunday odamlarning boshqa Yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan 
xususiyatlari yaqqol kо‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil 
hamda passiv turmush tarziga kо‘nikkan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. 
Ijtimoiy faollik faxriylar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida qatnashishda о‘z 
ifodasini topadi. 
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg‘usi paydo bо‘ladi va bu hol 
faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin "О‘g‘limni 
uylantirsam, dunyodan armonim yо‘q" qabilidagi mulohazalar doimiy odatga aylanib 
qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betobliqda vasiyat qilish, qarindosh-
urug‘lardan rozi-rizolik tilashidir. Jismoniy harakat imkoniyatiga ega bо‘lgan 
qariyalar mehnat qilishga intila- dilar, biroquning mahsulidan kо‘ngillari sira 
tо‘lmaydi. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib beradilar. 
Nutqdagi juz’iy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy bog‘lanishdagi 
nuqson, talaffuzning buzilishi) keng kо‘lamdagi axborotlarni о‘zgalarga uzatish 
imkoniyatiga ega. 
Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda 
keskin о‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab 
sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish (xotira) va ularni qayta ishlash, 
mohiyatini anglash (tafakkur), u yoki bu holatlarga nigohini tо‘plash va unda 
muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi... Irodaning kuchsizlanishi og‘riq 
sezgidariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini emira boshlaydi. Natijada tashqi ta’sirni 
qabul qilishda dikqatni saralash xususiyati о‘z ahamiyatini yuqotib borishi sababli 
qari odam bola tabiatli arazchan, kо‘ngli bо‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli 
bо‘lib qoladi. Shuning uchun ular bilan muloqotga kirishishda mazkur shaxsning 
sifatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Xotiraning zaiflashuvi qariyalarda 


xayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, kо‘pincha esda olib qolish, esda saqlash va 
esga tushirish о‘rtasida kо‘pgina sabablarga kо‘ra nomutanosiblik tug‘iladi, natijada 
unugish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan obektga tо‘play olmaslik oqibatida 
biron faoliyat turi ustida uzoq mashg‘ul bо‘la olmaslik vujudga keladi. Narsa va 
jismlarni notо‘g‘ri idrok qilish, ya’ni illyuziyalar kо‘proqо‘rin egallaydi. Monokulyar 
va binokulyar kо‘rishda xilma-xillik yuzaga keladi. Xarakger xislatlarida chekinish, 
hadiksirash, ishonchsizlik hislari etakchi rol о‘ynay boshlaydi. 
Psixologlardan I.Baylash va D.Zabek keksalarda xotira, idrok, mantiqiy 
tafakkur, eruditsiya, nutq sur’ati kabilarni tadqiq qilib, ular о‘rtasidagi korrelyasion 
bog‘lanishni (xotira — 0,20, idrok — 0,28, mantiqiy tafakkur — 0,37, eruditsiya — 
0,33, nutq tezligi — 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar Frend va Zabek 
keksalik 
davrida 
tafakkurning 
tanqidiyligini 
о‘rganishda deduksiya va 
sillogizmlardan foydalanib, keksalikda tafakkurning obyekti torayishi va keskin rad 
qilish kuchayishini aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda ijodiy tafakkurning pasa- 
yishi, о‘ta qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuvini va dog- matizmga 
asoslanishini topgan. 
B.A.Grekov sо‘z assotsiatsiyasi metodi asosida keksalarda xotira jarayonining 
xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 
1) 
70—80 Yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib 
qolish) zaiflashadi; 
2) 
70—89 Yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdorning ahamiyati 
saqlanadi; 
3) 
obrazli xotira zaiflashadi; 
4) 
70—89 Yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki 
aloqdsi yotadi; 
5) 
uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; 
6) 
90 Yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi; 
7) 
xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bо‘ysunmay 
qoladi. 
Psixologiyada qariyalarda aqdiy faollikni о‘rganishda korrek- sion sinov va 
Krepylin sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U.Shayening uch 
omilli variantlari yordamida yaratiladi. 
Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez 
psixologiyasi, psixogerontoloshya va tibbiyot psixoloshyasi yо‘nalishlarida о‘rganish 
zarur ma’lumotlar tо‘plash imkoniyatini bermoqda. 
Soglom qariyalarda donishmandlyk umrning oxirgi nafasiga qadar saqdanishi 
tajribaLarda qayd qilindi. Psixopatologik qolatlar barcha qariyalar uchun majburiy 
bosqich emasligi ham tasdiqdangan. 
Keksalik davrida, umuman ayellar bilan erkaklar о‘rgasidagi donishmandliqda 
farq mavjud bо‘lsa ham, lekin qariyalar orasidash donishmandlik, donolik xislatlari 
ham ikkala jinsga xosdir. Shuning uchun ikkala jins о‘rtasida bIologik qarishda 
tafovut mavjud bо‘lsa-da, lekin ruhiy jihatdan zaiflashuv jarayonida о‘zaro yaqinlik 
hukm suradi. 
Psixogerontoloshyada yuksak ijodiy faoliyatning о‘ziga xos kо‘rinishlarini 
tadqiq qilish rassomlar, yozuvchilar va basta- korlarning ijodini, huquqshunoslarniig 


qobiliyati va mahoratani, hisobchilarning kasbiy malasalarini о‘rganish 
yо‘nalishlarida amalga oshirilgan. 
G. Leman о‘z tadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahdil 
qilib, ularning о‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, fransuz 
rassomi Klod Mone 50 Yoshdan 86 Yoshigacha ijodiy quvvatini sira 
bо‘shapggirmay, sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hech qanday tushkunlik 
rо‘y bermagan. Ijodiy mahsuldorlik evolyusiyasi Titsian, L.Kronax, O.Tian, 
Mikelanjelo kabi о‘nlab ijodkorlarga xosdir. 
G.Leman о‘z tadqiqotlarida ijodiy faollikning о‘ziga xos kо‘rinishlarini 
yozuvchi misolida о‘rgangan. Muallif hind yozuvchisi R.Tagorning ijodiyotini tahlil 
qylib, uning ijod chо‘qqisi 69 Yoshda bо‘lganini aniqdagan (yozuvchilar ijodiyot 
chо‘qqisi 34 Yoshda, 43 Yoshda ham uchraydi). R.Tagorning 25 Yoshida yozgan 
"Kslin" she’ri bilan 78 Yoshida yozgan "Sarob" asari о‘rtasidash о‘xshashlik va 
ustushtik chuqur ifodalangan. 
G.Leman bastakor I.S.Bax (1685-1750) ijodiyotini tekshirib, uning durdona 
asarlari 
keksalikda 
yaratilganini 
aniqdagan. 
G.Leman 
о‘z tajribalarida 
huquqshunoslik, hisobchilik kasblaridagi shaxslarni о‘rganib, ular ijodiyotining 
muhim jihatlarini ochib bergan. 
A.R.Luriya xotiraning о‘ziga xos xususiyatini jurnalist misolida о‘rganib, 
keksa kishilar psixikasi bо‘yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumotlar 
tо‘plagan. 
Keksalik Yoshidagi chol va kampirlarda о‘z shaxsiyatiga yangicha 
munosabatlar paydo bо‘ladi. Kо‘pincha ular о‘zlarini kamroqbezovta qilishga, 
jismoniy kuch-quvvatni ayashga, ehgiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlanadilar, 
organizmlarining toliqishiga yо‘l qо‘ymaydilar, iloji boricha nutq faoliyatiga kamroq 
murojaat qiladilar, ortiqcha axborotlarni qabul qilmaydilar. Shuninguchun 
keksayganda "jon shirin bо‘lib qoladi". 
Keksalikda er-xotin о‘rtasidagi munosabat yanada mustah- kamlanadi, yangi 
shakl va yangi sifat kasb etadi. Muloqot kezida barcha taassurotlar, ma’lumotlar, 
kechinmalar, his-tuyg‘ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qumsash, 
hamdardlik kabi yuksak tuyg‘ular totuvlikni yanada mustahkamlaydi. 
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham 
xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak inson- parvarlik hissi tufayli ular er yuzidagi 
jamiki 
inson 
zotiga 
yaxshilik 
tilaydilar. 
Bu 
sо‘nggi 
yuksak 
tuyg‘u 
baynalmilalchilikning tabiiy kо‘rinishidir. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, 
orasgalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg‘ularning ifodalanishi boshkd Yosh 
davridagi odamlar tuyg‘usiga aslo о‘xshamaydi. Shuning uchun "qari bilganni — pari 
bilmas", degan naql bor. 

Download 460.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling