2. Biologik keksayish 3
Uzoq umr kо‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari
Download 460.36 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu-1
Uzoq umr kо‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari
Yirik jahon psixologlari S.Pako, G.Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medavir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, N.V.Nagorniy, E.D.Aleksandrova va boshqalar uzoq umr kо‘rish sirlarini ekologak omillar orqali tushuntirishga harakat qila- dilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi, madaniyati va ma’naviyati kabilar kiradi. Jahon fani tо‘plagan ma’lumotlarga kо‘ra, ochiq havoda ortiqcha zо‘riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatningtezligi, qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollikuzokroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bо‘ladi. "Umrni uzaytirish muammolari" nomli (1952) kitobda dog‘is- tonliklarda uzoq umr kо‘rishnipg asosiy sabablary quyidagilar ekani ta’kidlangan: 1) Respublikaning tog‘li qismidagi iqlim sharoiti va jо‘g‘rofiy omillar; 2) sutkasiga 3—4 marta iste’mol qilinadigan gо‘shtli, о‘simlik moyli va sutli oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani; 3) avloddan-avlodga asrlar davomida о‘tib kelayotgan madaniy an’analar, о‘ziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari; 4) gigiyena- ning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr bо‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish; 5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiqchiqarish; 6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxsh ilanishi va hokazolar. S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. Shu bilan birga iqgidorli va akdni peshlash mashqlari bilan shug‘ullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi. Uzoq umr kо‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb- korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning kо‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre о‘zining "Gerontologiya asoslari" (1960) kitobidan joy olgan "Kо‘zning keksalarga xos о‘zgarishi" asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda kо‘rishning zaiflashuvi) hodisasi rо‘y berib, yaqinni kо‘rish yomonlashadi. G.Offreningfikricha, 10 Yoshdan kо‘rish akkomo- datsiyasining kuchi pasayishi kuzatiladi, agar 10 Yoshda akkomodatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik о‘lchov) teng bо‘lsa, 40—45 Yoshda — 4, keyinchalik esa 1 dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50—60 Yoshlarda aqqomodatsiya о‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi Yosh davrlarida barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kо‘zoynak bilan kо‘riladigai bо‘ladi. Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug‘ullanmaydigan, kо‘zi uzoqni kо‘rishga о‘rgangan odamda akkomodatsiya yuksak darajada saqpanishi, kо‘z xiralashuvi juda sekin, goho butunlay rо‘y ber- masligi mumkin. M.Y.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchi- lar, temiryо‘lchilar, ovchilarningkо‘rish sezshrligi Yoshligada 1 yoki 1,5 birlikka teng bо‘lsa, uzoq yillardan keyin ham о‘zgarmasligi mumkin. I.V.Davidovskiy va B.G.Ananyev ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr kо‘rish о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda kо‘p omillari bor. Yuqorida uzoq umr kо‘- rishning ekologak omillari ifodalandi, lekin uning psixologik, ijtimoiy-psixologak omillari, manbalari va mexanizmlari ham mavjuddir. Umuman aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxslararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror his-tuyg‘u, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bо‘lishi zarur. Download 460.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling