2. Bixevioristik yondashuv nima?


“Por Royal” grammatikasining mohiyati nimadan iborat edi?


Download 27.49 Kb.
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi27.49 Kb.
#219526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
grammatika

9.“Por Royal” grammatikasining mohiyati nimadan iborat edi?

1660-yilda tilshunoslik nazariyasida keskin burilish roʻy berdi. Parij yaqinidagi Por-Royal ibodatxonasida mashhur faylasuf va mantiqchi Arno hamda grammatist Landslo hamkorligida dunyoga “Por-Royal grammatikasi” nomi bilan tarqalgan “Umumiy ratsional grammatika” yaratildi. Bu grammatikaning yaratilishi tilshunoslik tarixida yangi sahifa ochdi. “Por-Royal grammatikasi” ilk bor bir qator konkret tillarning faktlari asosida umumiy grammatika sistemasini yaratish mumkinligini namoyish etdi. Dunyoga sistem-struktur tilshunoslikning asoschisi sifatida tanilgan Ferdinand de Sossyur ham bu grammatikaga yuksak baho beradi. “Por-Royal grammatikasi” mualliflari tafakkur universalligiga eʼtibor bergan holda, tafakkurning moddiylashtiruvchisi boʻlgan tilda ham universal jihatlar mavjudligini taʼkidladilar. Ularning fikricha, inson ongiga taʼsir etuvchi har qanday tadqiqot obyektining ratsional tomonlarini topish asosida umumiy grammatikani yaratish mumkin. Bu bilan bir necha tillarni bir vaqtda oson oʻrganishning asosiy tamoyillarini belgilashga harakat qildilar. “Por-Royal grammatikasi”da mualliflar barcha tillarning tuzilishi haqida fikr yuritishni maqsad qilsalar ham, amalda faqat yunon, lotin, qadimgi yaxudiy, zamonaviy tillardan – fransuz, italyan, ispan; qisman ingliz va nemis tillarini tekshirish obyekti sifatida oldilar. Bular orasida koʻproq fransuz tiliga eʼtibor qaratildi. Shularningg oʻziyoq turli tillar tuzilishidagi umumiy, ratsional tomonlarni belgilash maqsadini amalga oshirishga kifoya qiladi, deb oʻyladilar.Universal grammatika umumlashmalarga koʻproq eʼtiborni qaratdi. Ularning taʼkidlashlaricha, universalizm – umumlashmalarsiz, abstraksiyasiz boʻlishi mumkin emas. Shuning uchun ham “Por-Royal” mualliflari konkret tovush bilan tovush tipi, tovush modelini farqlaydilar. Tovush tipi yoki modeli uchun “harf” atamasini qoʻllaydilar va uni grafik belgi ifodalovchi “grafema” atamasiga qarama-qarshi qoʻyadilar. Arno va Londslolar tilning tovush tomoni, moddiy plani bilan maʼno tomonini farqlaydilar. Ular mantiqiy qonunlar asosida barcha tillar uchun umumiy jihatlarni belgilash bilan birga, har qaysi tilning oʻziga xos xususiyatlarini ham aniqlashga harakat qildilar. Ularning taʼkidlashlaricha, mantiq qonunlari insoniyat uchun bir xil. Demak, barcha tillar uchun grammatik tuzilishning bir xil fundamental (ichki) qoidasi mavjud. Shuning uchun u yoki bu tilda ayni bir xil qoidalar uchrashidan hayron boʻlmaslik kerak. Bu har qaysi tilning oʻziga xos (tashqi) xususiyatlarini rad ham etmaydi. Shunga muvofiq, universal grammatika zamirida dunyodagi barcha tillar universalligi, ular hech qanday shubha uygʻotmaydigan umumiy mantiqiy sxemalarga mos keluvchi universal til sxemalarining turlicha tashqi koʻrinishlari ekani haqidagi bosh tezis yotadi. “Por-Royal grammatikasi” mualliflari tilni shakliy mantiqqa qiyosan oʻrganish yoʻlidan borar ekanlar, bu mantiqning asosiy vazifasi obyektiv olam haqida chin bilimga ega boʻlmoq uchun amal qilinishi shart boʻlgan qonun va tamoyillarni belgilashdan iborat ekanini taʼkidlaydilar. Shunday ekan, ilmiy grammatikaning asosiy vazifasi ham dunyodagi barcha tillar yoki har qanday alohida olingan tilni oʻrganish jarayonida chin bilimga ega boʻlishni taʼminlaydigan qonun va tamoyillarni aniqlashdan iborat boʻlishi kerak.


Download 27.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling