2. Bixevioristik yondashuv nima?


Qiyosiy tipologiya nimani o’rganadi


Download 27.49 Kb.
bet11/11
Sana05.01.2022
Hajmi27.49 Kb.
#219526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
grammatika

18.Qiyosiy tipologiya nimani o’rganadi

19.DUNYO TILLARI TASNIFI

Tillar tasnifi — tillarning muayyan belgilar asosida hamda tadqiqotning umumiy maqsadidan kelib chiqadigan qarashlarga mos keluvchi maʼlum tasnifiy boʻlimlar boʻyicha guruhlarga ajratilishi. Tillar tasnifi muammosi ularni qiyosiy oʻrganish vaqtida paydo boʻladi va baʼzan qiyosiy oʻrganishning pirovard maqsadi deb tasavvur etiladi. Dunyo tillarining quyidagi tasniflari mavjud:



1. Til yoki dialekt (hudud) tarqaladigan hudud boʻyicha geografik tasnif (hududiy tasnif, areal tasnif).2. Genealogik tasnif — tillarni lingvistik oilalarga qarindoshlik asosida birlashtirish.3. Tipologik tasnif — tillarni tarkibiy yaqinligi, grammatik ma‘noni ifodalashiga qarab birlashtirish.4. Funksional tasnif barcha tillarning tabiiy va sun’iy boʻlinishiga asoslanadi. Tabiiy tillar oʻz-oʻzidan paydo boʻladi, oʻzlarining rivojlanish qonuniyatlariga ega. Sun‘iy tillar inson tomonidan sun‘iy ravishda yaratiladi.5. Madaniy va tarixiy tasnif tillarni yozma va yozma boʻlmaganlarga ajratadi.Tillarni tasniflash masalalari XIX asrning boshlaridan faol rivojlandi, bu sohadagi dastlabki yirik ishlardan biri I.K.Adelung tomonidan amalga oshirilgan. XX asrning o‘rtalaridan turli xil tillarni tasniflashning nazariy tamoyillari qizg‘in muhokama qilingan. XX asrning 2-yarmida areal tasnif muammolariga qiziqish kuchaydi, tipologik tasnif yangi g‘oyalar va usullar bilan boyitildi.Ko‘pgina tillar hali ham yozuvga ega emasligi (Afrika, Polineziya, Avstraliya tillari), baʼzi birlarining yozma shakli nisbatan yaqinda paydo bo‘lganligi ularni o‘rganishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.Tillar tasnifining asosiylari genealogik tasnif va morfologik (tipologik) tasnifdir. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, genealogik tasnif tillarning qarindoshligi tushunchasiga asoslanadi; u qiyosiy tarixiy tilshunoslik paydo boʻlgandan keyin rivojlangan. Bunda qarindosh tillar qarindoshlik darajalariga qarab oilalarga (masalan, hind-yevropa, fin-ugor, turkiy, somhom va boshqa tillar oilalari), bir oila doirasidagi yaqin qarindosh tillar esa guruh va guruhchalarga (masalan, hind-yevropa oilasining slavyan guruhidagi sharqiy slavyan tillari guruhchasi yoki turkiy tillar oilasining sharqiy va gʻarbiy guruhlari) biriktiriladi. Oiladan kattaroq tasnifiy birliklar (til oilalari toʻplami, makrooila va boshqalar)ni aniqlash, belgilashga urinishlar ham mavjud.Tillarning morfologik tasnifi esa tipologik va grammatik xususiyatlarga asoslanadi. U oʻzgarmas lugʻaviy birliklarga ega boʻlgan tillar hamda oʻzaro birikib, oʻzgarishlarga uchrovchi lugʻaviy birliklari boʻlgan tillarni qiyoslash asosida paydo boʻlgan.Nemis olimi A.V.Shlegel tillar tasnifining ushbu tamoyilini tillarni grammatik qurilishli va grammatik qurilishsiz tillarga ajratgan holda rivojlantirdi. Tillarni amorf tillar, agglutinativ tillar, flektiv tillar va polisintetik tillarga ajratish ham shu tasnifga asoslanadi. Mazkur turlarning birortasi ham sof holda uchramaydi: dunyodagi barcha tillarning xususiyatlari biridan ikkinchisiga oʻtuvchan xarakterga ega.Nemis olimi G.Shteyntal, avstriyalik F.Misteli va amerikalik E.Sepirning XIX asrda morfologik (tipologik) tasnifni takomillashtirish yoʻlidagi urinishlari birmuncha sodda, umumiy tarzda boʻlgan.Tillar tasnifining uchinchi xili — areal yoki geografik tasnif yuqoridagi ikki tasnifga nisbatan qoʻshimcha, yordamchi boʻlib, tillarning yoki bir til doirasidagi lahja va shevalari geografik joylashuvidan kelib chiqadi. Umuman, tillar tasnifi dunyodagi koʻplab xilma-xil tillarni yaxshiroq oʻrganish, tadqiq etishda katta yordam beradi. Areal tasnifda jahon tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til jihatdan xarakteristikasi, ayrim tillarining qo‘llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o‘z ifodasini topadi. Masalan, O‘zbekiston hududida millat va elatlarning joylashishini olaylik. Dunyodagi tillarning taraqqiyot tarixi shuni ko‘rsatadiki, qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til chegarasi o‘zaro to‘g‘ri kelmaydi.Tillarning xalq tarixi bilan aloqasiga ko‘ra, asosan, uch tipga ajraladi: qabila tili, elat tili, milliy til. XIX asrga kelib, bu borada yetarli ilmiy ma‘lumotlar to‘plandi, tillarni tipologik guruhlashga ehtiyoj ortib bordi.Tillarning toʻrtinchi — funksional tasnifi quyidagi belgilarga asoslanadi:1) tilning o‘zi tegishli bo‘lgan xalq tarixi bilan aloqasi;2) tilning jamiyatdagi vazifasi.Tillarning ijtimoiy vazifasining kengayishi ularning funksional differentsiatsiyalashuviga olib keladi. Natijada turli nutq uslublari shakllanib boradi. Rivojlangan hozirgi tillarning ko‘pchiligida badiiy, ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, so‘zlashuv kabi uslublar shakllangan.Struktural tasnifda hamma tillarning vazifasi bir xilligidan kelib chiqib, ulardagi umumiylik va o‘xshashlik asos qilib olinadi. Bu umumiy o‘xshashlik va universallik deyiladi. Shundan so‘ng genealogik va morfologik tasnif va ularning afzal tomonlariga to‘xtalib o‘tiladi.

20.Tillarning geografik tasnifi haqida gapirib bering
Download 27.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling