2. Bixevioristik yondashuv nima?


O‘ZBEK TILI GRAMMATIKASINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI


Download 27.49 Kb.
bet9/11
Sana05.01.2022
Hajmi27.49 Kb.
#219526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
grammatika

15.O‘ZBEK TILI GRAMMATIKASINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI

1ENG QADIMGI TURKIY TIL (milodning besh yuz yilliklari)

Ilk bosqichi OLTOY

keyingi bosqichi XUN DAVRI

2Qadimgi turkiy adabiy tili (melodiy VI asdan)

Adabiy davr Yozma davr

Yozma yodgorliklar (Ko‘k turk,Urxun-enasoy,Tuva ,Talas ,Uyg‘ur,Moniy,Barahm

3 Eski turkiy adabiy tili (XI asrdan)1 Qoroxoniylar davri tili 2 Chig‘atoy turkiysi 3 Eski xorazm turkiysi 4 Eski qipchoq tili 5Eski anato‘li turkiysi

Bitiklar“Devoni lug‘ati-turk “Qutadg‘u bilig”

4Eski o‘zbek adabiy tili (XIV dan XX asr boshlarigacha)

“Chig‘atoy turkiysi” davom etadi

5Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr boshlarida to hozirgi kungacha)

1O‘tmishda qolgan yozma yodgorliklar2.Xalq og‘zaki ijodi (folklor) materiallari 3Hozirgi turkiy tillar va ularning shevalari 4Joy otlari (toponimlar), geografik atamalar, xalq otlari (etnonimlar).

16.Tipologiya tushunchasiga tarif bering

Tilshunoslikda tipologiya — umuman til tuzilishining muhim belgilarini alohida, ayrim olingan tillar qurilishini oʻrganish va ularni har tomonlama taqqoslash asosida aniqlovchi va umumlashtiruvchi tilshunoslik boʻlimi. Tipologik metodlar turli-tuman tillarning fonologiyasi, morfologiyasi, sintaksisi va leksikologiyasidagi oʻxshashliklar va tafovutlarni aniqlashga, lingvistik universaliyalarni, shuningdek, tillarning tiplarini — til qurilishi tabiati haqidagi umumlashgan, mukammal holdagi tushunchalarni belgilashga qaratilgan.Tillarning tiplari grammatikada tushunchalarni anglatish usuliga, munosabatlarni ifodalash texnikasiga va birikish, bog‘lanish darajasiga qarab aniqlanadi. Tipologik tadqiqotlar til tizimining alohida, ayrim kichik tizimlari asosida ham olib boriladi, shu tufayli fonologik, morfologik, sintaktik va semantik tipologiyalar farqlanadi. Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh boʻlmagan har xil tizimdagi tillarning ayrim xususiyatlarini qiyosiy tipologiya oʻrganadi. Aniqlanadigan tipologik belgilar maʼlum bir kichik tizimning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, lekin til qurilishida ular turli nisbatlarda birikadi, shuning uchun mazkur belgilardan biri asosiy, yetakchi hisoblanadi.Soʻzning tarkibiy tuzilishi asosida tillarning morfologik (tipologik) tasnifi yaratildi, biroq tadrijiy taraqqiyot natijasida tilning tipi oʻzgarishi mumkinligi sababli tillarning tiplari sof holda uchrashi isbotlanmagan.Vazifasiga ko‘ra, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va sturuktural (tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi.Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi amorf (affikslari bo‘lmagan), agglutinativ, flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik shakli (tipi) asosida farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semanik, fonologik, grammatik va stilistik sathlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va, binobarin, tilning har bir sathiga xos tipologiya farqlanadi.Til tiplarining rivojlanishi va qadimiy tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning vazifasidir. Bu tipologiyaning ichida (baʼzan unga maʼnodosh qoʻllanuvchi) diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy oʻzgarishlarni oʻrganadi. Tillarning hozirgi holatini qiyoslash sinxronik tipologiyaga tegishlidir. Lingvistik tipologiya keng miqyosda tillar universaliyalari bilan bogʻlanadi.Lingvistik tipologiya tillardagi xususiyatlarning sturuktural qonuniyatlarini topishga intilsa, til universaliyalari bu alomatlar jahondagi qaysi tillarda qanday tarqalganini oʻrganadi.Demak, tilshunoslik tipologiyasi – tillarni ularning umumiy tuzilish xususiyatlari va shakllariga ko‘ra tahlil qilish, taqqoslash va tasniflashdir. Uni yana o‘zaro tilshunoslik tipologiyasi deb ataydilar.


Download 27.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling