5-mavzu. Yagona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari
Download 81.5 Kb.
|
5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bojxona logistikasida axborot tizimlari.
5-mavzu. YAgona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari. Reja. 1. Axborot kommunikatsiya texnolgiyalarining zaruruyati. 2. Bojxona logistikasida axborot tizimlari. 3.Bojxona logistikasida axborot texnologiyalari. Logistika zamonaviy rivojlanishining borishini belgilab beradigan aniqlovchi sifatida axborot-kompyuter texnologiyalarining rivojlanish jarayonida shakllangan axborot logistika tarkibiy qismi namoyon bo‘ladi. Aynan axborot logistikasi moddiy oqimga hamrohlik qiladigan hamda logistika tizimi uchun ta’minot, ishlab chiqarish va sotuvni bir-biri bilan bog‘laydigan muhim element sanalgan ma’lumotlar oqimini tashqil qiladi va muvofiqlashtiradi. Logistika zanjiri bo‘yicha o‘zatiladigan elektron ma’lumotlar to‘plamlari yordamida butun zanjirning ham, alohida bo‘g‘inlarning ham faoliyati tahlil qilinadi, uning holati raqobatchilar holati bilan taqqoslanadi. Ma’lumotlar bazasi strukturasi, qoidaga ko‘ra, korxona faoliyati xususiyatlarini aks ettiradi va uning eng muhim nuqari, ularga kiruvchi va chiquvchi yo‘llar va mos keluvchi axborot oqimlarini tavsiflaydi. Hozirgi kunda elektron hujjat almashinish kompyuter tizimiining joriy qilinishi yuk bilan bir paytda aloqa kanallari orqali har bir jo‘natilayotgan yuk birligi bo‘yicha barcha rekvizitlar, kerakli tovar tavsifnomalarini jo‘natishga imkon beradi. Bunday tizimda yo‘nalishning barcha qismlarida istalgan payt yuk haqida batafsil ma’lumot olish va shu asosda boshqaruv qarorlari qabul qilish mumkin. SHunday qilib, axborot logistikasi bugungi kunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro savdoning bazaviy jihatlariga daxldor bo‘lib, bojxona organlarini tashqi iqtisodiyfaoliyat logistika tizimi institutsional infratuzilmasiga integratsiyalamoqda. Bojxona logistikasida axborot tizimlari. Umumiy xarajatlarni pasaytirish va moddiy taqsimotni boshqarish integral vositasi sifatida logistika g‘oyasiga talab hali mavjud bo‘lmagan «logistikagacha bo‘lgan davr»da korxonalar rahbariyati hal qiladigan asosiy muammolar jismoniy oqimlar va xomshyo sohasida bo‘lgan. Tovarlarni ta’minotchidan iste’molchi tomon harakatlantirish jismoniy jarayonida axborot ta’minoti deganda faqat ilova qilingan axborot nazarda to‘tilgan. Logistika yondashuvlarining shakllanishi va tarqalishi bilan korxonalarda qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq axborot oqimlari to‘plash, barcha logistika subtizimlarini (ta’minot logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi, taqsimot logistikasi va b.) bir butun qilib birlashtirish maqsadida logistika axborot tizimlarini kundalik amaliyotga tatbiq etish katta ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Mos ravishda, tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalarda ham aynan axborot ta’minoti faoliyatning barcha amaliy jihatlarida vaziyatga oid va istiqboldagi muammolarni hal qilishda asosiy rol o‘ynashi lozim. Axborot ta’minoti logistika tizimining faoliyat yuritishi uchun axborot sharoitlari yaratish, uni zarur axborotlar bilan ta’minlash, axborot qidirish, olish, saqlash, to‘plash, uzatish va qayta ishlash vositalari tizmiga kiritish va ma’lumotlar banki tashqil qilishni taqozo etadi. Axborot ta’minoti yaratishning dolzarbligi shu bilan asoslanadiki, jamiyat va ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining zamonaviy darajasida axborot uning poenttsial imkoniyatlari korxonalar raqobatbardoshligini mustahkamlash uchun keng istiqbollar ochib beradigan mustaqil ishlab chiqarish omilini ifodalaydi. Hozir ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy jihat alohida subtizimlar faoliyatida markazlashuv va nomarkazlashuv optimal nisbati hisoblanadi. Bunda har bir subtizimning optimal tashqil qilingan lokal faoliyati butun logistika tizimi optimal faoliyatini anglatmaydi. Alohida subtizimlarning funksional, demak, axborot jihatidan alohida bo‘lib olishi hattoki yuqori malakali personal, zamonaviy asbob-uskuna va texnologiyalar mavjudligida ham butun tizimi faoliyati samaradorligini pasaytirishi mumkin. Har qanday korxona uchun qaror qabul qilish maqsadida boshqaruvning to‘rt darajasi ajratilishi mumkin bo‘lib, ularning har birigia erishish uchun mos keluvchi axborot zarur bo‘ladi (6.1-rasm):
Shunday qilib, korxonaning butun faoliyatini bir qilib bog‘laydigan axborot tizimi, ya’ni axborot logistika tizimi yaratish korxona samarali faoliyat yuritishining ustuvor shartiga aylanadi. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling