5-mavzu. Yagona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari


Download 81.5 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1504808
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-maruza

Asosiy atama va ta’riflar.

Axborot logistika tizimi – materiallar tayyor mahsulotga aylanadigan,
xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, vositalar, mehnat xarajatlari, pul mablag‘lari va h.k. oqimlar muomalada bo‘ladigan, makro va mikrologistika darajasida axborot to‘plash, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha kommunikatsiya tizimi.
Lokal axborot tarmog‘i – axborotni birgalikda qayta ishlash maqsadida
strukturali bo‘linmalar o‘rtasida axborot uzatish uchun aloqa liniyalari orqali bir
nechta kompyuterni o‘zaro birlashtirish.
Elektron raqamli imzo – elektron hujjatning uni qalbaqilashtirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda axborotni kriptografik o‘gartirish natijasida olingan hamda imzo kaliti sertifikati egasini identifikatsiya qilish, shuningdek, elektron hujjatda axborotning bo‘zib ko‘rsatilishini aniqlash imkonini beradigan elektron hujjat rekviziti.
Axborot oqimi – ko‘rib chiqilayotgan logistika tizimida boshlang‘ich moddiy oqim hosil qiladigan, boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tashqi muhit va logistika tizimlari o‘rtasidagi xabarlar yig‘indisi.
Risk profilirisk sohasi, risk indiqatorlari, shuningdek, riskning oldini olish
yoki minimal qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar yig‘indisi.
Taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami (distributed database) – ma’lumotlar bir nechta qattiq diskda joylashgan ma’lumotlar to‘plami.
Mintaqaviy tarmoq – birgalikda qayta ishlash maqsadida bitta mintaqaviy
bojxona boshqarmasi doirasida bojxonalar (bojxona postlari) o‘rtasida axborot
uzatish uchun bir nechta mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini o‘zaro kanallar (aloqa liniyalari) orqali birlashtirish.
Xatar (risk) – mamlakat bojxona qonunchiligiga rioya qilmaslik ehtimoli.
Xaridor bozori – dastlab bozor htiyojlari o‘rganiladi, so‘ngra uni qondirish
usullaria amalga oshiriladi tamoyili amalga oshiriladigan bozor.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling