Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr uchun alohida ko‘rinishda
№
|
Fan nomi
|
Fan haqida qisqacha ma’lumot
|
1
|
Axloq falsafasi
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – axloqiy tafakkurga doir vorisiylik xususiyatlari, ularning taraqqiyot bosqichlari, axloqning shaxs, fuqarolik jamiyati va davlat hayotida tutgan o‘rni, axloqiy anglash, axloqning tuzilmaviy jihatlari hamda ularning falsafiy mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va falsafiy asoslab berishdan iborat.
|
2
|
Nafosat falsafasi
|
nafosatga doir tafakkurning vorisiylik xususiyatlari, ularning taraqqiyot bosqichlari, nafosatning shaxs, fuqarolik jamiyati va davlat hayotida tutgan o‘rni, nafosatli anglash, nafosatning tuzilmaviy jihatlari hamda ularning falsafiy mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va falsafiy asoslab berishdan iborat.
|
3
|
Ritorika
|
talaba-yoshlarni nutqini takomillashtirish, shaxslararo hamda jamoa bilan bo‘ladigan muloqotlarida o‘z fikrini erkin, ravon bayon etish ko‘nikmalarni shakllantirish, notiqlikning san’at sifatidagi mohiyati va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
|
4
|
Notiqlik san’ati
|
amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til meʼyorlari, nutqning sifatlari, nutq uslublarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi hamda nutqda uchrashi mumkin boʻlgan nuqsonlar, talaffuzga doir muammolarni hal yetish yuzasidan bahs yurituvchi fan bo‘lib, bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yurituvchi insonlar uchun notiqlik mahoratini yegallash zaruriyatga aylanib bormoqda.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |