2 bob: akademik ibrohim mo‘minov mo‘minovichning faoliyati va ijod yo’LI. Falsafiy maktabi


Akademik Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovichning falsafiy maktabi


Download 44.77 Kb.
bet8/14
Sana03.02.2023
Hajmi44.77 Kb.
#1152914
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
AKADEMIK IBROHIM MO\'MINOVNING FALSAFIY MAKTABI

2.2 Akademik Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovichning falsafiy maktabi.

O‘zbekistonda jahon tilidagi etika va estetika fanlari asrlar davomida inson kamoloti jamiyat ravnaqi hamda davlat barqarorligiga xizmat qilib kelgan. Bu fanlarning taraqqiy etishida faylasuflar, adabiyotshunoslar, san’atshunoslarning xizmatlarini alohida ta’kidlash mumkin. Mamlakatimizda mazkur fanlarning yanada ravnaq topishida akdemik Ibrohim Mo‘minovning xizmatlari katta bo‘ldi. Ibrohim Mo‘minov 60-yillardan boshlab O‘zbekiston Fanlar Akademiiyasi tizimida estetika sektorini tashkil etdi. Unda dastlabki aspirantlar qabul qilindi va qator yoshlar Moskvaga o‘qishga jo‘natildi. Moskvaga borib ta’lim olgan talabalar estetika, falsafa, san’atshunoslik fanlari birikuvida yozilgan nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.


Mamlakatimizda etika va estetika fanlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, 1986 yilda Toshkent Davlat Universitetida alohida fakultetlararo «Etika va estetika» kafedrasi tashkil etildi.
Yigirma yildan ortiq faoliyati davomida kafedraga dastlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hojimurod Rasulov (1986-1988 yy), so‘ngra falsafa fanlari doktori, professor Mahmudjon Nurmatov (1988-1993 yy), falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ibodulla ergashev (1993-1994 yy), Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali (1994-1996 yy), dotsent Abdulla Sher (1996-1997 yy) falsafa fanlari doktori, professor Erkin Umarov (1997-2002 yy), dotsent Abdulla Sher (2004-2005 yy), falsafa fanlari doktori Oqnazar Qurbonmamadov (2005-2006 yy), falsafa fanlar nomzodi., dotsent Husanov Bahodir (2006-2017 yy) lar rahbarlik qilganlar. 2017-o‘quv yilidan buyon kafedraga falsafa fanlari nomzodi., professor La’lixon Ashuralievna Muhammadjonova rahbarlik qilib kelmoqda. 
Kafedra dastlab o‘z faoliyatini 7 o‘qituvchi bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 7 shtat birligida 9 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 3 ta fan nomzodi, 3 ta PhD, 3 ta katta o‘qituvchi, 2ta o‘qituvchi hamda 1 ta stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va 3 ta katta ilmiy hodimlar faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi estetika va etika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Hozirgi kunda 09.00.04-Yestetika ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy hodim asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 2000-yilda 5A220303-Estetika mutaxassisligi, 2005-yilda 5A 220304-Etika mutaxassisligidan magistratura ochildi. 2011-yilda ushbu mutaxassisliklar birlashtirilib, 5A 120503-Etika va estetika mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi. 2020-yildan barcha soxalar birlashib 5A120501 Falsafa ( sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi.

Download 44.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling