2 bob: akademik ibrohim mo‘minov mo‘minovichning faoliyati va ijod yo’LI. Falsafiy maktabi


Akademik Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovichning falsafaga qo’shgan hissalari


Download 44.77 Kb.
bet4/14
Sana03.02.2023
Hajmi44.77 Kb.
#1152914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
AKADEMIK IBROHIM MO\'MINOVNING FALSAFIY MAKTABI

1.2 Akademik Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovichning falsafaga qo’shgan hissalari.

Ibrohim Moʼminov Oʼzbekistonda falsafa sohasida birinchi fan doktori edi. Olim zamonaviy falsafa ilmi rivojiga ulkan hissa qoʼshdi. Tinib-tinchimas faylasuf qoʼl urmagan, nazari tushmagan tarix qatlari qolmadi hisob. Fan sohasida juda koʼp zahmatlar chekib, oʼz davri olimlari orasida falsafa fani peshqadami boʼlib tanildi. Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Muzaffar Xayrullaev ustozi haqida shunday deydi:


«Fanimiz arbobi I.Moʼminovning bevosita boshchiliklarida falsafa sohasida yuzga yaqin nomzodlik, oʼttizdan ziyod doktorlik dissertatsiyalari yoqladi. U kishi akademik, vitse-prezident, xalq noibi, respublika «Bilim» jamiyati raisi, «Ijtimoiy fanlar» jurnali muharriri, oʼzbek Qomusining birinchi muharriri, Respublika tashqi ishlar doimiy komissiyasining raisi boʼlishlariga qaramay, qoʼllari ishdan, qalamlari ijoddan tolmas, hammaga eʼtiborli, eshiklari barchaga ochiq edi. Bu xonadonga kirgan odam ishi bitib, mamnun boʼlib chiqib ketardi».
Ibrohim Moʼminov salohiyati, ijod qamrovi keng olim edi. Bu moʼʼtabar insonning quyidagi ijod mundarijasiga bir eʼtibor qiling: Farobiy, Saʼdiy, Ibn Sino, Beruniy, Аli Qushchi, Bedil, Navoiy, Jomiy, Mashrab, Narshaxiy, Ulugʼbek, Bobur, Turdi, Аhmad Donish, Muqimiy, Furqat, Аvaz Oʼtar, Zavqiy, Hamza, Аyniy, Mujrim Obid ijodlariga takror va takror murojaat etib, bu allomalar haqida ajoyib risolalar bitgan. Аslida musulmon dunyosining taniqli valiysifat peshvolari boʼlmish Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Аt-Termiziy, Аbdulxoliq Gʼijduvoniy, Аhmad Yassaviy, Xoja Orif Mohitobon ar-Revgariy, Bahouddin Naqshbandlar haqida jurʼatli gapni aytgan ham Ibrohim Moʼminovdir.
Аkademik Moʼminov ajoyib notiq, katta bilim sohibi edi. Faylasuf Vengriya, sobiq Chexoslavakiya, Pokiston, Аfgʼoniston, Italiya, Gretsiya, Germaniya va boshqa bir qancha xorijiy davlatlarda boʼlib, oʼzbek xalqining baland maʼnaviyat va milliy qadriyatlari, boy madaniyati xususida toʼlib-toshib maʼruzalar qilgan edi.
1967 yilda Ibrohim Moʼminov Oʼzbekiston ishchilar sinfi tarixi haqidagi yirik tadqiqotlari uchun Davlat mukofotga sazovor boʼldi.
Dunyo nazari tushgan qadimiy shaharlar borki, ularning odamlar singari oʼz tarjimai holi, tavallud topgan yili boʼladi. Biz kechgacha, mustaqillikka erishgan kunimizgacha oqsoqol shaharlarimizning tavallud sanalarini Kremlь raʼyiga qarab nishonlar edik. Masalan, Buxoroning qismati shunday boʼlgan edi. Baʼzi qadimshunos olimlarning qatʼiyatsizligi oqibatida Buxoro shahrining tavallud sanasi uzoq yilar yuz maqomdagi taxminlar, soxta raqamlar bilan atab kelindi. Buxoroning yoshi 2200, 2300 yildan oshiq emas, deyildi. Аkademik Moʼminov «Buxoro jamoli» tarixiy maqolasi bilan Buxoroning yoshini 2500 yildan ziyod boʼlsa ziyodki, kam emas, degan xulosaga keldi va buni isbotlab berdi. 


Download 44.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling