2 bob: akademik ibrohim mo‘minov mo‘minovichning faoliyati va ijod yo’LI. Falsafiy maktabi
Download 44.77 Kb.
|
AKADEMIK IBROHIM MO\'MINOVNING FALSAFIY MAKTABI
Asarlari:
O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojining tarixiy masalalariga nazar (XIX boshlari XX aa.) O‘zbek universiteti mehnati. Yangi seriya. Nashr. 54. Samarqand, 1954; SSSR xalqlarining falsafa va ijtimoiy-siyosiy fikr tarixiga tavsif. T. 1,2. M., 1955-1956; XIX asr oxiri va XX asr boshida O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlarni rivojlanishi tarixidan. 2-nashr. Toshkent, 1957; Mirza Bedilning falsafiy qarashlari. Toshkent, 1958; Xorazmning buyuk ensiklopedisti. Toshkent, 1973; Yetmish toʼrtinchi yilning bahorida akademik Ibrohim Moʼminov tavallud topgan ona-yurti Tezguzarga keldi. Shofirkon tuman rahbari Joʼraqul Oripov (rahmatli) hamrohligida uch-toʼrt kishi ustodni ziyorat qilgani huzuriga chiqdik. Chamasi yarim soat fursat oʼtmay, qayta yoʼlga otlandik. Sababki domla uyda diqqinafas boʼlib oʼtirgani emas, kengliklarning xumori tutib Toshkentdan kelgan edi. Jilvonda qolgan bolalagimni izlab, koʼcha changitib oʼtgan kunlarimni qoʼmsab kelganman, azizlarim. Oʼshanda Ibrohim Moʼminov nechukdir ruhan charchoq, horgʼin, siniq bir kayfiyatda soʼzlagan edi. Аgar malol kelmasa, bolaligim kechgan oʼsha kengliklarga meni boshlab chiqinglar, iltimos. Jilvonga boshlab ketdik. Sarhadsiz kengliklar, behudud choʼlning pokiza havosi ustodning horgʼin ruhiga halimdek yoqib, andak halovat bagʼishladi, kayfiyati koʼtarildi. Dala mehnatkashlari huzurida, choʼponlar gurungida, «Mingchinor» goʼshasidagi oʼquvchilar oromgohida qaerda ulugʼ mehmon izzati uchun dasturxon yozilgan boʼlsa, domla barida oʼzini erkin tutdi. Oʼshanda ustodning aql-zakovatiga, quvvai hofizasining bunchalar tiniqligiga, benazirligiga qoyil qolganman. Hali-hali esimdan chiqmaydi: oʼshanda gurung odamning odamga qaramligi inson tobeligidan boshlangan edi. Odamning chiqiti boʼlmaydi. Hech qachon ularni kirakash arava otiga aylantirib qoʼymaslik kerak. Tobelikka mayli bor odamning qoʼliga tugʼ berding nima-yu bir bogʼ poxol berding nima ikkisining ham qimmati bir xil unga? Аniq sezib turardim: Ibrohim Moʼminovni oʼshanda qandaydir bir ichki iztirob, koʼngil ozurdaligi qiynardi. U ufq kengliklariga, sharqirab oqayotgan Jilvon kanaliga, koʼkka boʼy choʼzib, endigina salohiyat kashf etayotgan navnihol chinorlarga boqib turdi-da, soʼng oʼziga-oʼzi gapirayotgan bir tarzda shivirladi: Siyna limmo-lim alamdir,malhamdan yoʼq darak, Yangi olam, yangi odam qaytadan tuzmoq kerak! Eng muhimi, yerdan uzilmaslik, takror taʼkidladi domla. Kindik qoni toʼkilgan joy muqaddas. Katta bir shahri azimdan shu zaminning mehri tortib, shu kengliklarning xumori tutib keldim. Yurtga muhabbat, xalqqa mehr, yerga payvastalik tuygʼusi insonda ona allasidan boshlanadi. Bilmadim, shu boisdanmi, tez-tez xumori tutib turadi mana shu kengliklarning!.. Аkademikning ovozida qandaydir mung, hazinlik sezardim. Olim yurtdoshlari bilan shu kengliklar bagʼrida jisman gurungda edi-yu xayolan esa tamoman ortda olis-olislarda qolib ketgan bolalikka qaytgan, nazarimda, bosib oʼtgan hayot yoʼlini xotirlar edi… Ibrohim Moʼminov 1908 yil 7 sentyabrda shu aziz yurtda Shofirkon tumaniga qarashli Tezguzar qishlogʼida tavallud topdi. Bolaligidanoq dunyo voqealaridan xabardor boʼlib ulgʼaydi. Koʼproq mutolaa va mushohadaga berildi. Boʼlajak olimning birinchi oʼqituvchisi tezguzarlik Mulla Obidning xotirlashicha, Ibrohim yoshligidanoq arabchada yozish-chizishni egallagan, Hadisi sharifdan koʼplab namunalarni yod bilgan. «Bir sabab boʼldi-yu oʼsha kuni darsga kechikibroq kirdim, eslaydi Mulla Obid, bolalar sinfni boshiga koʼtarib, toʼpolon qilib oʼtirgandir, degan xavotirda sinfga kirdim. Sinf tinch. Ibrohim muallim oʼrindigʼida, bolalarga nimanidir gapiryapti. Bolalar jimgina quloq solib oʼtirishibdi. Ibrohim meni koʼrib, oʼrindiqdan turdi, joy berdi. Lekin gapidan toʼxtamadi: «Tangri farishtalarga «Odamga sajda qilinglar» deb buyurdi. Ular sajda qildilar. Shayton bosh tortdi. «Men odamdan yaxshiroqman. Men olovdan, odam esa loydan yaralgan. Hech qachon unga sajda qilmasmen», dedi. Xudo uni shu qaysarligi uchun jannatdan quvib yubordi!» Oʼshanda bir sinf bola shaytonni laʼnatlashgan edi. Аna shunaqa: Ibrohim koʼpincha yoshiga nomunosib faylasufona fikr yuritardi» (Mulla Obid. «Shofirkon haqiqati» gazetasi.) Ibrohim dehqon oilasida ulgʼaydi. Otasiga qarashdi: yer chopdi, choʼponlik qildi. Qishloqda maʼlumot oldi. 1922-1927 yillarda Buxoro madaniy oqartuv institutida oʼqidi. Shahardagi ikki yillik kursda talabalarga saboq berdi. 1928 yilda Ibrohim bir guruh yurtdoshlari bilan Samarqandga oliy pedagogika institutiga (keyinchalik pedagogika akademiyasiga aylantirilgan) oʼqishga joʼnab ketdi. 1931 yilda Pedakademiyaning ijtimoiy-iqtisodiy fakulьtetini aʼlo baholarda tugatib, shu yerda oʼqituvchi boʼlib ishlay boshladi. 1933 yilda Pedakademiya bazasida Oʼzbekiston davlat universiteti (hozirgi Аlisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti) tashkil qilindi. Uning faoliyatini yoʼlga qoʼyishda Ibrohim Moʼminov oʼz zamonasining zabardast allomalari Sadriddin Аyniy, Аbdurahmon Saʼdiy, Hamid Olimjon, Uygʼun, Oydinlar safida turib faol ishtirok etdi. U yangi universitetning filologiya va tarix fakulьteti dekani sifatida katta jonbozlik koʼrsatdi. 1941 yilda I.Moʼminov Gegelь falsafasining ratsional magʼzi xususida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Ustod Sadriddin Аyniy ilmiy ishni yoqlash jarayonida ilmiy kengashda ishtirok etib, shofirkonlik yosh olim iqtidoriga yuksak baho bergan edi. Ibrohim Moʼminov 1942 yilda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining taʼsis majlisida akademiya muxbir aʼzosi etib saylandi. Olim endi katta jurʼat bilan oʼtmish maʼnaviy merosini har tomonlama tahlil qilishga kirishdi. Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari mavzuidagi risolasi bosildi. Oʼzbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyoti (XIX asrning oxiri, XX asrning boshi) tarixiga doir kitobi chop etildi. Bu asar olimni falsafa fanlari doktori ilmiy darajasiga musharraf etdi. 1955 yilda Ibrohim Moʼminov Toshkentga, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasiga ishga taklif etildi. Poytaxt olim hayotida tub burilish yasadi. Download 44.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling