2. bob. Boshlanģich sinf òquvchilariga arifmetik amallar òrgatishda pedagogik texhologiyalardan foydalanishning nazariy va metodik asoslari


Download 263.61 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi263.61 Kb.
#1575190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OzodaNorqo‘ziyeva

1-masala. Agar kamayuvchini 24 ga kamaytirilsa va ayriluvchini 36 ga kamaytirilsa, ayirma qanday o`zgaradi?
Yechish: ayirmani ushbu ko`rinishda yozamiz: a - b = c
(a – 24) – (b – 36) = a – 24 – b + 36 = a – b + 12 = c + 12
Javob: 12 taga ortadi.







‘’Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv-metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining o'zaro bog'liqligi· va fanlararo bog'lanishini ta'minlashga xizmat qiladi’’[6] M Sonlarning paydo bo'lishi, oddiy va o'nli kasrlar, sonlarni yozish usullari (sonlar, belgilar, sanoq tizimlari) - bularning barchasi boy va qiziqarli tarixga ega.
Arifmetikaning asosiy ob'ekti son ekanligidan foydalamgan holda natural sonlar, ya'ni. 1, 2, 3, 4, ... va hokazo sonlar muayyan narsalarni sanashdan kelib chiqqan. Insoniyat ikki qirg'ovul, ikki qo'l, ikki kishi va boshqalarni bilishidan oldin ko'p ming yillar bu usida kòp vaqt sarflagan . Arifmetikaning muhim vazifasi hisoblangan predmetlar nomining o‘ziga xos ma’nosini tushunish , ularning shakli, o‘lchami, rangi va hokazolardan boshqalarining mavhum ekanligini anglab o‘rganishdir.Fibonachchining òz oldiga allaqachon vazifa qo‘ygan bòlib: “Yetti kampir Rimga ketyapti. Har birida 7 ta xachir, har bir xachirda 7 ta qop, har bir qopda 7 ta non, har bir nonda 7 ta pichoq, har bir pichoqda 7 ta g‘ilof bor bòlsa , necha dona pichoq bor ? Muammoni hal qilish uchun siz keksa ayollarni, xachirlarni, sumkalar va nonlarni yig'ishingiz kerak bo'ladi.
Boshlang'ich matematika nazariyasi o'z ichiga matematikaga oid arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat bilimlarni oladi. Boshlang'ich matematika darslarida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi darajasi aks etadi .Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar. Shuni, material shunday katta guruhlashganki, unda o'zaro boģliq bo'lganlar, amallar, masalalarni òrganish vaqtini belgilash osonlashadi .
Arifmetiklarning xossalari va mos usullarni o'rganish bilan bir vaqtda arifmetik amallar bilan komponentlar bilan bog'lanishlar ochib beriladi. Masalan, agar yig'indidan qo'shiluvchilardan biri ayrilsa, keyingi qòshiluvchi hosil bo'ladi.
Matematik amallni qayta ishlash, chuqur, tushunilgan va umumlashgan o'zlashtirishga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o'zgaruvchi omillari konkret asosda ochib beriladi.
1-sinfdan sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5, 2<3, 6+1>5, 8-3< 8-2 va xoka) qaraladi.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodlari arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang’ich matematikaning asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari, bu davrda geometriya va algebraning dastlabki bosqichi òrgatilad. Masalalar yechishga o‘rgatishda quyidagi etaplarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. 1-qadam masala mazmuni bilan tanishtirish; 2-qadam masala yechimini izlash; 3-etap-masalani yechish; 4-etap-masala yechimini tekshirish. Ajratilgan etaplarga bir-biri bilan uzviy bog‘langan va bu bosqichning har bir etapida ish asosan o‘qituvchining rahbarligida olib boriladi. Har bir etapda ishlash metodikasini batafsil ko‘rib chiqamiz. 1. Masala mazmuni bilan tanishtirish Masala mazmuni bilan tanishtirish uni o‘qib, masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko‘z oldiga keltirish demakdir. Masalanui odatda bolalar o‘qiydilar. Masala teksti bolalarda bo‘lmagan taqdirda yoki ular hali o‘qishni bilamagan holda, masalani o‘qituvchi o‘qiydi. Bolalarni masalani to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatish juda muhimdir. Amalni tanlashni belgilab beradigan ,,bor edi’’, ,,jo‘nab ketdi’’, ,,qoldi’’, ,,baravardan bo‘ldi’’kabi so‘zlarga va soni ma’lumotlarga urg‘u berib o‘qish masala savolini intonatsiya bilan ajratib o‘qish. Agar masala tekstida tushunarsiz so‘zlar uchrasa ularni tushuntirish yoki masalada gap ketayotgan predmetni, masalan, buldozer, o‘rish mashinasi va hokazoni ko‘rsatish mumkin. Masalani bolalar bir-ikki marta, ba`zan bir necha marta o‘qiydilar, biroq masalani bitta o‘qiganda esda qolishga ularni asta-sekin o‘rgatib borish kerak, chunki bu holda ular masalani ko‘proq diqqat bilan o‘qiydilar. Masalani o‘qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o‘qib bo‘lishganidaqn keyin masalada nima to‘g‘grisida gap ketayotganini tasavvur qilib ko‘rishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 15 2. Masala yechimini izlash Masala mazmuni bilan tanishgandan so‘ng uning yechimini izlashga o‘tish mumkin o‘quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko‘rsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak. Yangi turdagi masalalarni kiritilayotganida masala yechimini izlashga o‘qituvchi rahbarlik qiladi, keyinchalik o‘quvchilar buni mustaqil bajaradilar. U holda ham bu holda ham kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratish, ualr orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashda bolalarga yordam beradigan maxsus usullardan foydalaniladi. Bunday usullar jumlasiga masalani ilyustratsiyalash, masalani takrorlash, masalani tahlil qilish va eshitish planini tuzish kiradi. Bu usullarning har birini ko‘rib chiqamiz: Masalani ilyustrasiyalash bu masalaga kirgan kattaliklar berilgan va izlanayotgan, sonlarni ajratish va ular orasida bog‘lanishni, aniqlash uchun ko‘rsatmali qurollardan foydalanish demak. Iluystratsiya predmetli yoki semantik bo‘lishi mumkin. Birinchi holda masalada aytilayotgan predmetlardan yoki bu predmetlarnining rasmlaridan ilyustratsiya sifatida foydalaniladi, ular yordamida predmetlar ustida tegishli amallar ilyustratsiya qilinadi. Masalan, quyidagi masalani ilyusratsiya qilish kerak. ,,Bolalar chana uchayotgan edi. Ulardan 5 qiz bola va 2 o‘g‘il bola uyiga ketishdi. Hammasi bo‘lib uyga nechta bola ketgan?’’ bunday paytda ilyustratsiya uchun bolalarning o‘zlaridan foydalangan ya’ni: doskaga chana uchayotgan bolalarni o‘ynovchi o‘quvchilarni chiqarish kerak, so‘ngra 5ta qiz uyga ketganini, ya’ni chetga chiqqanini keyin 2 ta o‘g‘il bola uyga ketganini (qizlarga borib qo‘shilishadi) ko‘rsatish kerak. Shunday qilib, to‘plamlarni birlashtirish ilyustratsiya qilinadi va garchi bolalar ketdi deyilsa ham bolalar masala qo‘shish amali yordamida yechishi o‘quvchilarga ravshan bo‘ladi. Predmetlarning o‘zidan ko‘ra ko‘pincha ularning rasmlaridan yoki boshqa predmetlardan foydalaniladi. 16 Predmetli ilyustratsiya masalada tasvirlangan hayotiy vaziyat to‘g‘risida yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi, bu keyinchalik amalni tanlashda asosiy moment bo‘lib hizmat qiladi. Predmetli ilyustratsiyadan yangi turdagi masalalarni yechish bilan tanishtirilayotganda ko‘proq sinfda foydalaniladi. Predmetli ilyustratsiya bilan bir qatorda 1-sinfdan boshlab seatik ilyustratsiyadan foydalaniladi- bu masalani qisqa yozib olishdir. Qisqa yozuvda ko‘zdan kechirish uchun qulay formada kattaliklar berilgan va izlanayotgan sonlar shuningdek masalada nima to‘g‘risida gap ketayotganini bildiruvchi ba’zi so‘zlar, ,,bor edi’’, ,,qo‘ydik’’, ,,bo‘ldi’’ va h.k. va munosabatni bildiruvchi so‘zlar: ,,katta’’(ko‘p), ,,kichik’’ (kam) va h.k. yozib qo‘yiladi. Qisqa yozuvni jadval ko‘rinishida yoki, jadvalsiz, shuningdek chizma formasida bajarish mumkin. Misollar ko‘raylik. 1-masala. Baliqchi 10 ta cho‘rtanbaliq, cho‘rtanbaliqlardan 8 ta ko‘p tangabaliq tutdi. Baliqchi qancha cho‘rtanbaliq va tangabaliq tutgan? Bu masalani jadvalsiz qisqa yozib olish maqsadida : Cho‘r - 10 dona Tang -8 dona ortiq 2-masala. Traktor 6 soat ish vaqtida 48 litr yonilg‘i sarfladi. Yonilg‘i soatiga o‘sha normada sarf bo‘lganda 12 soatda traktorga qancha yonlig‘i kerak bo‘ladi? Bu masalani jadvalda yozib olgan yaxshi.

  1. Masalaning yechilishi. Masalaning yechilishi bu yechim plani tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart. Masalayechimini og‘zaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og‘zaki yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og‘zaki bajariladi. Boshlang‘ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og‘zaki bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga doir to‘g‘ri va qisqa tushuntirishlar berishga o‘rgatish kerak. Masalan quyidagi masalani 3-sinfda og‘zaki yechish talqin qilinsin: Yangi uyda 49 ta kvartiraga xonadon ko‘chib keldi. Bo‘sh qolgan kvartiralar ko‘chib kirilgan kvartiralardan 18 ta kam. Uyda hammasi bo‘lib nechta kvartira bor? O‘quvchi quyidagicha fikr yuritishi mumkin: avval nechta bo‘lib kvartira qolganini bilaman buning uchun 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi; endi uyda hammasi bo‘lib nechta kvartira borligini bilaman. Buning uchun 49 ga qo‘shaman 80 chiqadi. Javob uyda hammasibo‘lib 80 ta kvartira bor. Avval jamini aytib so‘ngra tushuntirishni bersa ham bo‘ladi. Avval 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi- shuncha kvartiraga qoladi haligi hech kim ko‘chib kirmagan va hokazolar. Yozma yechishda amallar yoziladi.

Ular uchun tushuntirishlarni esa o‘quvchilar yozadilar yoki og‘zaki aytadilar.
Boshlang‘ich sinflarda masala yechlishini quyidagi asosiy formalari bor: 1. Masala bo‘yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish;
2. Masala bo‘yicha tenglama tuzish va uni yechish;
3. Yechilishi ayrim amallarning ko‘rinishida yozish. Yechilishni ayrim yozishning sanab o‘tilgan formalarning har birini quyidagimasalani yechish misolida ko‘rib chiqamiz: ”Do‘konda har biri 300 so‘m turadigan 8 juft tufli uchun 6 juft botinkaga qancha pul to‘langan bo‘lsa, shuncha pul to‘landi, bir juft botinka qancha turadi? 19 1) Yechilishini ifoda ko‘rinishida yozish a) Ifodani birin-ketin tushintirish yozuvini ham yozish: 300*8(so‘m) tuflilar yoki poyabzallar jami pul (300*8)/6 (so‘m) botinka bahosi (300*8 )/6 (so‘m) = 400 so‘m. Javob: 400 so‘m. b) Ifodani tushintirishlarini yozmasdan ketma-ket yozish: 300*8(so‘m); (300*8)/6 = (300*8)/6 = 400 so‘m. Javob: botinka bahosi 400 so‘m. 2) Yechilishini tenglama ko‘rinishida yozish: a) x (so‘m) - botinka bahosi 300 x 8 (so‘m) – tuflilar jami puli x*6 (so‘m)- botinkalar jami puli x*6 = 8x*6 = 2400x = 2400 : 6x = 400 Jami: 400 so‘m 111 b) x (so‘m) - botinka bahosi 300 x 8 (so‘m) x*6 = 300*8x = 2400 : 6 x*6 (so‘m) x*6 = 2400, x = 400 J: botinka bahosi 400 so‘m. v) x (so‘m) - botinka bahosi x*6 = 300*8, x*6 = 2400 x = 2400 : 6, x = 400. J: botinka bahosi 400 so‘m. Bu masalani yechish uchun boshqa tenglamalar ham tuzish mumkin. 3) Yechilishini ayrim amallar ko‘rinishida yozish: a) Tushuntirishlarni yozish bilan: 1) 300 x 8 = 2400 (so‘m) - tuflilar yoki botinkalar jami puli 2) 2400 : 6 = 400 (so‘m) botinkalar bahosi. b) Tushuntirish yozuvisiz yozish 1) 300 x 8 = 2400 (so‘m) 2) 2400 : 6 = 400 (so‘m) Javob: botinka bahosi 400 so‘m. Amallarga beriladigan tushuntirishlarni tasdiq formasidagi emas, balki savol formasida ham ifodalash mumkin. 1 – 4- sinflarda o’qitiladigan matematikaning eng asosi deb o’quvchilar yoshiga mos bo’lgan matematik elementar tushunchalari va darslijda beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o’qitiladi. Demak, boshlang’ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang’ich matematikaning tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Arifmetik material bu davrning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining propedivtik kurslari asosiy bo’lim shaklida o’qitilmasdan arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.
2. Boshlang’ich sinf materiali kontsentrik tuzilgan. Masalan, oldin o’nliklarni nomerlash o’qitilsa, keyin 100 ichida nomerlash va arifmetik amallar bajarish o’qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko’p xonali sonlar ichida nomerlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va geometrik materiallar qo’shib o’qitiladi.
3. Nazariya va amaliyot masalalari o’zaro bog’langan xarakterga ega.
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog’lanishlarni ochish davrida o’zaro bog’langan.
5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. Masalan, arifmetik amallarni o’qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi, keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog’lanish, keyin amal natijasi, oxirida amallar orasidagi bog’lanish beriladi.
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o’zaro bog’lanishda berilgan bòladi .
40 + 30 va 60 - 20 ko’rinishidagi misollarni yechish o’n ichida qo’shish va ayirishga asoslanadi. Muhokamani quyidagicha olib boramiz: 40 – bu to’rtta o’nlik, 30 esa 3 ta o’nlik . Agar 4 ta o’nlikka 3 ta o’nlikni qo’shsak, unda 7 ta o’nlik hosil bo’ladi. 7 ta o’nlik bu 70 ta birlik, demakdir :
[4]

40 + 30 = 70. Bu muhokamani yozuv orqali amalga oshirish mumkin. Bu yozuvni keyinchalik 40 + 30 = 70 deb yozamiz. Agar bolalar hisoblashda qiynalsalar sanoq cho’plaridan foydalanishni tavsiy etamiz. Xuddi shunday muhokamani 60 - 20 uchun olib boriladi. Bundan tashqari 100; 80 + 20, 100 - 30 sonlariga e’tiborni maxsus qaratish talab etiladi. Qolgan barcha og’zaki hisoblash usullari bitta sxema asosida bajariladi. Shuning uchun 23 + 50 usuliga alohida to’xtalib o’tamiz. 1. Tayyorlov bosqichi. Tayyorlov bosqichida quyidagi tayanch bilimlar ishlab chiqiladi: a) ikki xonali sonni xona qo’shiluvchilari ko’rinishida yozish (23 = 20 + 3); b) yaxlit sonlarni qo’shish (20 + 50 = 70); v) yaxlit sonlarni bir xonali songa qo’shish (70 + 3 = 73). Barcha bu amallar 23 + 50 ko’rinishidagi qo’shishning tarkibiy qismi bo’ladi. Shuning uchun, keltirilgan amallarni yaxshi bajarishga erishish zarur. 2. Berilgan hisoblash usuliga nazariy asos bo’ladigan qo’shish qonunlari bilan tanishish bosqichi. Arifmetik amalar bilan tanishishda. Nazariy asoslashdan foydalanila hisoblash usullarini bajarilishi bolalarda muvaffaqiyatni kechadi dasturda bu qoida yig’indida ko’shiluvchilarni o’rnini almashtirish ko’rinishida foydalaniladi. 3. Hisoblash usuli bilan tanishish bosqichi: a) sanoq go’plari yordamida bajarish; b) sxemalar bo’yicha modellashtirish masalan, o’nlik deb uchburak ichidagi o’nta nuqtani joylashtirish mumkin. Keyinchalik uchburchak deb o’nli tushirish mumkin bo’ladi: v) Hisoblash usulini sonli yozuvi: 34 + 40 = (30 + 4) + 40 = (30 + 40) + 4 = 70 + 4 = 74 . [5]


Berilgan misolda qo’shishni ketma-ket bajarishni bolalarni yodda saqlashlari bir oz bo’lsada qiyinroq kechad. Bunday holda uchta tayanch so’zdan foydalanamiz: almashtirish ..., hosil qilamiz ..., qulay... . Shuncha ko’ra o’quvchi: 34 ni 30 va 4 bilan almashtiramiz. (30 + 4) + 40 ni hosil qilamiz. 30 va 40 ni qo’shish qulay va yetmish to’rt hosil bo’ladi. 4. Hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish bosqichi Bu bosqichda mashqlar sonini oshirish nazarda tutiladi. Qolgan barcha hisoblash usullari ma’lum sxema asosida bajariladi. Ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo’shish va ayirish 2-sinfda bolalar har qanday ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo’shish va ayrishni tez bajarishni o’rganishlari kerak. Bu usula quyidagicha bajarilishi mumkin: 1) ikki xonali sonni xonadan o’tmasdan qo’shish (45 + 23); 2) ikki xonali sonni xonadan o’tmasdan ayirish (57 - 26); 3) ikki xonali sonni xonadan o’tibqo’shish (37 + 48); 4) ikki xonali sonni xonadan o’tib ayrish (52 - 24). Ustun shaklida qo’shish yig’indiga yig’indini qo’shish qoidasiga asosan bajariladi. Shuning uchun sanoq cho’plaridan foydalanib bajarish ma’qul. Ta’lim jarayonida arifmetika va arifmetik bilim va tushunchalar n7ng òrni juda muhim ekanligini anglagan holda uni tòģri va samarali yoshlar aqliga singdirish hozirgi zamonning eng asosiy maqsadidir . Matematik bulimlar egallash uchun òquvchilarni ushbu fanga qiziqtira olish òqituvchining dastlabki maqsadi sanaladi .Shu sababli boshlanģich sinflarda har bir òqìtuvchi har bir darsi uchun alphida ahamiyat berishi lozim . Arifmetik amallar raqamlar va sonlar ustida hisoblash ishlarini olib borishda , asosan , òqituvchi quyidagi materiallardan foydalaniladi :
-jonli predmetlar , haqiqiy buyumlar ,
-predmer maketlari va yasama buyumlar ,
-rasmlar va jadvallar
-audiolar va ovozli yozuvlar ,
-videolar,
-animatsiyalar. Mana shunday materiallar orqali dars jarayonini yaxshilash va samaradorligini oshirish mumkin . Ammo , asosiy batijaga erishish albatta òqituvchi mahoratiga boģliq.

Shu kabi kòrgazmalar orqali dars sifatini oshirish mumkin bòlib ular dars sifatini yaxshilashga xizmat qiladi .

Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga ta'lim va tarbiya berishga hamda matematika fanini o’qitishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 7-maydagi ‘’ Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-4708-sonli qarorida ‘’O‘zbekiston Respublikasining 2030- yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Konsepsiya doirasida, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajalarini xalqaro bPISA VA PIRLSS kabi baholash tizimida qatnashib yimuqori òrinlarni okishkari darkordir ‘’[2]. Shu jumladan birinchi prezidentimiz Islom Karimov ham Yoshlar bilim olishi va òsib unishiga atab shunday deydilar ‘’Biz xalqimi olģa boshlashimiz uchun ,avvalo , yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasiga e’tibor berishimiz kerak . Zero , Òzbekiston kelajagi yoshlar qòlidadir ‘’ [3] Ular yurt farovonligi ,kelajagi uchun har tomonlama qayģurganligini shu sòzlari orqali ham bilish mumkin. Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
‘’ Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan’’- dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida. Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir. Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi. Yurtimizdagi har bir imso farzandining h ayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiradi.. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak. Maʼlumki, mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmonlari uzluksiz loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qoʻyilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.
Ushbu farmonlarda taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.
Jumladan, jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.
Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan oʻzgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda.
Davlatimiz rahbari , avvalo , maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi.
Bu borada find tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri bòlganligi uchun tanlab olindi. Bu esa ta’limda qisqa burilish ,ammo katta òzgarishga sabab bòldi.
Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan 490 mingdan ziyod pedagoglarning 4 foizi oliy, 15 foizi birinchi toifaga ega. 4 bosqichdan iborat amaldagi attestatsiya tizimida qogʻozbozlik hanuzgacha saqlanib qolgan.
Shu bois mutasaddilarga toifa berish tartibini soddalashtirish, pedagoglar bilimini yil davomida baholash imkonini beruvchi 2 bosqichli tizimga oʻtish boʻyicha koʻrsatma berildi.


Download 263.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling