2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


§. Vakillik hisobvaraqlari orqali banklarning munosabatlari


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/92
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1128346
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf

2§. Vakillik hisobvaraqlari orqali banklarning munosabatlari. 
Hozirgi paytda tijorat banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Markaziy 
bank orqali o’tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi hisob-kitob markazi 
tashkil etilgan.
Tijorat banklari o’zlarining banklararo munosabatlarini olib borish uchun 
hisob-kitob markazida vakillik hisob-varag’ini ochishlari lozim.
Tijorat bankining vakillik hisobvarag’i ikki xil yo’l bilan ochilishi mumkin. 
- Hududiy boshqarma tijorat banklarining barcha bo’limlari uchun markaziy 
bank hududiy bosh boshqarmasida mintaqa bo’yicha yagona vakillik hisobvarag’i 
ochadi. Har bir bo’limga esa alohida subhisobvaraqalari ochiladi; 
- Tijorat bankining har bir bo’limi uchun alohida Markaziy bankning hududiy 
bosh boshqarmasida vakillik varag’i ochiladi.
Vakillik hisob varag’i ochilayotganda Markaziy bankning xududiy bosh 
boshqarmasi o’rtasida vakillik munosabatlari to’g’risida shartnoma tuziladi. Tijorat 
banki vakillik hisob varag’i ochilishini rasmiylashtirish uchun hududiy boshqarmaga 
hisob varaq ochish to’g’risidagi ariza, bank ustavining notarial tasdiqangan nusxasi, 
imzolar va muxr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlagan nusxasi va bosh 
bank arizasi yoki iltimosnomasi taqdim etiladi.
Vakillik hisobvarag’i Markaziy bank farmoyishiga ko’ra ochiladi. Vakillik 
hisob varaqalari nomerini va bank kodini bank depozitlari Milliy Axborot Bazasi 
(BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisob varag’i ochish to’g’risidagi farmoyish tijorat 
banki hududiy boshqarmasi va bo’limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy 
bankning tegishli xududiy bosh boshqarmasiga jo’natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisob varag’i bu-tijorat bankiga O’zbyokiston 
Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalarining hisob - kitob 
markazlarida ochilgan hisobvarak bo’lib, u banklararo hisob-kitoblarini o’tkazishga 
mo’jallangandir. 
Vakillik hisobvarag’i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 razryaddan iborat. 
Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijoart banklariga hamda hisob kassa 
markazlariga ochiladi. Boshka banklarga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302- 
balans hisob raqami bo’yicha, hisob kassa markazlariga ochilgan vakillik 
hisobvaraqlari 21304 - balans hisob raqami orqali olib boriladi. Masalan:

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling