2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Мижоз Банк булими Бош банк
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
Мижоз
Банк булими Бош банк Пахта банк Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг Тошкент Ҳисоб-китоб маркази Банк бўлими 82 a) Bank rahbari bilan amaldagi mehnat shartnomasiga muvofiq to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma tuzilgan xodimga; b) Bosh buxgalterga (bosh buxgalter bo’lmagan hollarda, uning o’rinbosariga). HTV ga texnik xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan shaxslar hamda HTVdan foydalanuvchilar “O’zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to’g’risida”gi yo’riqnoma, texnik vositalarini ishlatish buyicha yuriqnomalar, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish tartibini belgilovchi boshqa me’yoriy xujjatlarni o’rganib chiqqach, ularning bilimi tekshirib ko’rilgandan keyingina ishga qo’yiladi. HTV shovqindan to’silgan, tashqaridan begonalarni kuzatishi mumkin bo’lmagan, ishonchli himoyalangan xonalarda o’rnatiladi. Ushbu xonalar quyidagi jihozlanish talablariga javob berishi shart: a) Mustahkam devorlar va ishonchli to’siqlarga ega bo’lishi; b) Maxsus kodli qulflar yoki boshqa ishonchli qulflar o’rnatilgan mustahkam eshiklar bilan jihozlanishi; v) Derazalar xonaga kirishdan himoya qilish vositalariga ega bo’lishi, shuningdek begona shaxslarning ko’z yoki maxsus qurilmalar bilan kuzatishidan himoya qiluvchi deraza pardalari, zarur hollarda, Ichki Ishlar organlari qo’riqlash bo’linmalari bilan bog’langan ogohlantirish qo’rilmalari bilan jihozlangan bo’lishi; d) g’ng’in xavfsizligi talablariga javob berishi. HTV o’rnatilgan xonalarga radio nuqtalar, elektr soatlar va boshqa kam quvvatli qurilmalarni o’rnatish, hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. HTV o’rnatiladigan xonalar axborotni ishonchli muhofazalash zarurligini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Aloqa texnologik uchastkalar bir – biridan ajratiladi. Har bir xonada faqat unga kirish huquqiga ega bo’lgan kishilargina ishlashlari zarur. Bank siri ma’lumotlari yozilgan tashqi magnit tashuvchilarni (disketlar, CD disklari, strimmer lentalari va h.k) saqlashga mo’ljallangan xonalar esa maxsus metall shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Ish faoliyati HTV bilan bog’liq bo’lgan rahbarlar tegishli mutaxasislar va yuridik xizmat xodimlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlashlari zarur: a) Tegishli bankka yoki uning bo’linmasiga taa’luqli bo’lgan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro’yxatini aniqlash; b) Zarur hollarda, etkazilgan zararni qoplash maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, ko’rsatilgan axborotlarga ega bo’lgan har bir xodim bilan «Bank siri» va boshqa xizmat ma’lumotlarini sir saqlash buyicha majburiyatnomani imzolash; v) Bank siri axborotlari HTV dan chiqib ketishi, bunday ma’lumotlar oshkor qilinishini hamda HTVlarni yuqolishi yoki o’g’irlanishining oldini olish, qushimcha nurlanish va kuzatishlar bo’lmasligi choralarini ko’rish. g) HTV da ishlaydigan shaxslar sonini cheklash choralarini ko’rish, bank siri axborotlaridan foydalanish uchun belgilangan tartibga rioya qilish; d) HTVni “viruslar” dan himoya qilish maqsadida kompyuter tashkil 83 etuvchi qismlarni va dasturlarni ruxsatsiz o’zgartirishga, ekspert tasdig’idan o’tmagan va foydalanishga tavsiya etilmagan dasturlarni, shuningdek, kompyuter o’yinlarini o’rnatishga yo’l ko’ymaslik; e) O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning HTV larni ishlatish jarayonida axborotlarni muhofazalash bo’yicha me’yoriy xujjatlari talablariga rioya qilishni nazorat etish; j) Muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling