Banklararo hisob-kitoblarning o’tish texnologiyasi
Yuqoridagi sxemada turli banklarning mijozlari o’rtasidagi hisob-kitoblarning
2 bosh bank orqali o’tishi mujassamlashgan turli banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar
sxemada ko’rib turganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Toshkent shahar hisob-kitob markazi orqali tashkil etiladi.
7§. O’zbekistonda elektron axborotlarni muhofaza qilishni tashkil etish.
Elektron to’lov tizimi buyicha hisob-kitoblar doimiy ravishda bir bank vakillik
hisobvarag’idan ikkinchi bank vakillik hisobvarag’iga o’tkaziladi, ya’ni bir bank
mijozining pul mablag’lari kamayib, ushbu summa boshqa bank mijozining
hisobvarag’iga o’tkaziladi. Bunday pul o’tkazish elektron axborot ko’rinishida bo’lib,
maxsus dastur yordamida aloqa kanallari orqali bajariladi. Lekin mana shu axborotlar
muhofazasi eng dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda ham bank elektron
axborotlarini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Elektron
axborotlarni muhofazasini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan “O’zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron
axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to’g’risida”gi yuriqnoma ishlab chiqildi va
amaliyotga tadbiq etildi.
Ushbu yo’riqnoma banklar o’rtasida elektron to’lov tizimi orqali o’tadigan
axborotlarni muhofazalashning asosiy yunalishlari va ularni joriy etish tartibini
belgilab beradi. Mazkur yuriqnomaga banklarda elektron to’lov tizimida hisoblash
texnika vositalari (keyingi o’rinlarda HTV) bilan xujjatlarni tayyorlashda rioya
etilishi shart.
Bank muassasalarida elektron to’lov tizimi orqali qabul qilinadigan va
uzatiladigan axborotlar bilan ishlash uchun ruxsat quyidagi shaxslarga beriladi:
Мижоз
Банк бўлими
Бош банк
Саноатқурилишбанк
Ш
а
Р
Т
н
о
м
а
Узбекистон Республикаси Марказий банкининг
Тошкент Хисоб-китоб маркази
Do'stlaringiz bilan baham: |