2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
§. Davlat byudjetining xarajatlari bo’yicha kassa ijrosining tashkil etilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
3§. Davlat byudjetining xarajatlari bo’yicha kassa ijrosining tashkil etilishi
Respublika byudjeti xarajatlariga sog’liqni saqlash, maorif, fan-texnika, fizkultura va sport, madaniyat, mudofaa, ijtimoiy ta’minot, davlat apparatini saqlab turish bilan bog’liq xarajatlar kiritiladi. Respublika byudjeti hisobidan qilinadigan barcha operatsiyalar bo’yicha xarajatlar Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi. Xarajatlar Respublika byudjeti daromadlari hisobvarag’idagi qoldiq doirasida, Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402 "Respublika byudjeti mablag’lari" hisobvarag’i orqali amalga oshiriladi. Moliya vazirligining 23402 “Respublika byudjeti mablag’lari” hisobvarag’ida xarajatlarni amalga oshirish uchun mablag’lar etarli bo’lmaganda, o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatga qisqa muddatli kredit ajratishi mumkin. Lekin 2003 yildan e’tiboran bu operatsiya vaqtincha tqxtatilgan. Respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan vazirliklar, muassasalar va boshqa xo’jalik sub’ektlarining hisobvaraqlariga o’tkaziladigan mablag’lar Moliya vazirligi to’lov topshiriqnomalariga asosan o’tkaziladi. To’lov topshiriqnomalari "to’lov maqsadi"da xarajatlarning bo’limi, paragrafi va turi, hisobi va analitik hisobi ko’rsatilishi lozim. Vazirliklar va muassasalar o’zlarining qaramog’idagi korxonalar va tashkilotlarga, byudjet mablag’larini o’tkazish uchun taqdim etgan to’lov topshiriqnomalarida, to’lov maqsadi va ma’lumotnoma bo’yicha byudjet bo’linmalarini ko’rsatishlari lozim. Respublika qaramog’idagi korxonalar va tashkilotlarga byudjet mablag’larini hisobga olish uchun banklar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, 2001 yil 6 oktyabrida ro’yxatga olingan "O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqalari to’g’risidagi" yo’riqnomasiga asosan alohida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalarini ochadilar. Hisobvaraqlarning tartib raqami O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 16-noyabrda ro’yxatga olingan 533-sonli, "O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisobotlari to’g’risida"gi yo’riqnomaning 5-ilovasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1993 yil 2 fevraldagi 11-sonli "O’zbekiston Respublikasi byudjeti daromadlari va xarajatlari tasniflagichi"da ko’rsatilgan tartibda ochiladi. Byudjet tashkilotlari talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalaridan qilinadigan xarajatlar hisobvaraqlaridagi qoldiq summa doirasida amalga oshiradilar. Debetorlik qarzlarini, hisobdor shaxslarning qarzlarini undirish uchun va byudjet mablag’larini tasarruf ettiruvchilar tomonidan tovar – moddiy boyliklarini sotishdan kelib tushgan mablag’lar hisobdor shaxslarga va debetorlik qarzlari qachon vujudga kelganligidan hamda tovar moddiy boyliklar qachon sotib olinganidan qat’iy 99 nazar byudjet muassasalarining banklardagi tegishli byudjet hisobvaraqalariga o’tkaziladi. ■ Pul hisob-kitob hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 2002 yil 12 yanvardagi 60-sonli “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizomga asosan banklarga taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda holatlar Vazirligi va Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa vazirligining harbiy qismlari pul hisob-kitob hujjatlarida to’lov maqsadlarini ko’rsatmaydilar. Respublika byudjeti qaramog’idagi tashkilotlar va muassasalarga ish xaqi to’lash uchun mablag’lar, Moliya vazirligi yoki tegishli moliya bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazilgan xodimlar ro’yxati jadvali va xarajatlar smetasiga asosan belgilangan muddatlarda beriladi. Ish haqi berish uchun pul mablag’lari berilganda banklar o’rnatilgan tartibda ishchi va xizmatchilarning ushlab qolingan soliqlarini byudjetga shuningdek, pensiya fondiga badal summalarini va boshqa to’lovlarni o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalarini talab qiladilar. Tashkilot va muassasalarning 23404 "Reepublika qaramog’idagi byudjet muassasalarining mablag’lari" hisobvaraqlardan byudjet mablag’larini ularning byudjetdan tashqari talab : qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga o’tkazishga ruxsat etilmaydi. Byudjet muassasalarining bir hisobvaraqlaridan ularning ikkinchi hisobvaraqariga mablag’lar o’tkazish har bir holatda bosh buxgalterning yoki uning o’rinbosarining ruxsati bo’yicha amalga oshiriladi va to’lov topshiriqnomalari ularning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Xarajatlarning smetalarida ko’rsatilgan moddalar bo’yicha mablag’larning maqsadli ishlatilishi uchun byudjet muassasasi rahbarlari javobgardirlar. Bank xodimlari taqdim etilgan to’lov topshiriqnomalarida barcha rekvizitlar to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib hisobvaraqlarida mablag’lari bo’lgan holda ijroga qabul etadilar. ■ Byudjet mablag’larini tasarruf etuvchilar ya’ni vazirliklar muassasalar, boshqarmalar byudjet mablag’lari hisobidan markaziy boshqaruv apparatini saqlash, markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar qilishga shuningdek, Moliya Vazirligi tomonidan o’tkazilgan mablag’larni quyi pog’onadagi byudjet mablag’larini tasarruf etuvchilar o’rtasida taqsimlash huquqi berilgan. Quyi pog’onadagi byudjet mablag’larini tasarruf etuvchilar ularga berilgan huquq doirasiga qarab bo’linishi mumkin. Moliya Vazirligi O’zdavlatzahirasini Respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiradi va mablag’lar 23416 "Maxsus maqsadlar fondi" balans hisobvarag’iga korxonalar va tashkilotlar bilan tovar-moddiy boyliklari uchun hisob- kitob qilish va safarbar etilgan zahiralarni to’ldirish uchun o’tkaziladi. O’zdavlatzahirasi mavjud mablag’lar doirasida javobgar saqlovchilar bilan hisob- kitob qiladi. O’zdavlatzahirasi javobgar saqlovchilar bilan hisob-kitob qilish uchun har bir javobgar saqlovchilarga 23416 "Maxsus maqsadlar fondi" balans hisobvarag’ida alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Ssudalar rasmiylashtirish uchun 17515 "Respublika byudjetining maxsus xarajatlari" hisobvarag’idan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling